O’qituvchilar orasida shundaylari ham borki,
ularning ovozlari tabiatan
to’g’ri qurilgan. Lekin bunday holatlar kam uchraydi.
Ha , yahshi ovoz ham, agar mahsus mashqlar qo’llab turilmasa,
yillar
davomida buzilishi, eskirishi mumkin. Umuman, aytish mumikinki, har bir kishida
kuchli, egiluvchan, jarangdor bo’lishi mumkin bo’lgan o’ziga hos ovoz mavjud.
Ovoz nafas olish jarayonida havoning kekirdak orqali o’tib, tovush
paychalarining cho’zilishi va qisqarishi natijasida hosil bo’ladi. O’qituvchi
ovozining o’ziga hos tomonlari nimada? Avvalo
ovoz kuchi.
U nutq apparatidagi
barcha organlarning faol ishlashiga bog’liq. CHiqarilayotgan
havoning nutq
organlariga nisbatan bosimi qancha kuchli bo’lsa, ovoz kuchi ham shuncha yuqori
bo’ladi.
Ovoz parvozi.
Ovoz eshitilishining muhim sharti sanaladi. Bu ibora orqali
mutahassislar ovozni masafoga uzata olish va uni boshqarib turish ko’nikmalarini
aniqlaydilar.
Dostları ilə paylaş: