SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 6
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1841
O’QUV MASHG’ULOTLARIDA DIDAKTIK TALABLARDAN VA
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Baxor Xazratkulovna Kurbanova
Samarqand viloyati Jomboy tumani 20-son umumta’lim maktabi
ANNOTATSIYA
Maqolada umumta’lim maktablarida matematika fanidan o’quv mashg’ulotlarini
tashkil etishda didaktik talablardan va yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish
bo’yicha ayrim mulohazalar keltirilgan. Darsga qo’yiladigan didaktik talablar bayon
qilingan. Yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali erishish mumkin bo’lgan
natijalar sanab o’tilgan.
Kalit so’zlar: matematika, didaktik talablar, pedagogik texnologiyalar.
USE OF DIDACTIC REQUIREMENTS AND PEDAGOGICAL
TECHNOLOGIES IN LEARNING CLASSES
ABSTRACT
The article provides some feedback on the use of didactic requirements and new
pedagogical technologies in the organization of mathematics
lessons in secondary
schools. The didactic reuirements in learning classes are described. The results that can
be achieved through the use of new pedagogical technologies are listed.
Keywords: mathematics, didactic requirements, pedagogical technologies.
DASTLABKI MA’LUMOTLAR
XX asrning oxirgi XXI asrning boshida jamiyatimizning
mustaqillikka
erishganligi bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlatning shakllanishi,
milliy
istiqlol mafkurasining vujudga kelishi, o’z tilimiz
va madaniyatimizdagi tiklanish,
axborotlar hajmining keskin ko’payishi, fan va texnika taraqqiyoti bu ta’limini, uning
asosiy halqasi bo’lgan darsni mazmunan isloh qilishni
taqozo qiluvchi zaruriy
omillardandir. Metodik adabiyotlarda “Standart dars”,”Nostandart dars”, “Zamonaviy
dars” degan iboralarni ko’proq uchratamiz. Zamonaviy dars haqida ba’zi olimlarning
fikrlarini keldiramiz. M.A.Daminov “Zamonaviy dars o’quv jarayonini faolashtirishdir”
deb hisoblaydi. B.B.Shatalov esa “Zamonaviy dars har bir o’quvchini
va hammani
o’qitish” deb hisoblaydi.
O’zbekistondagi pedagogik olimlar ham o’z taqiqotlari davomida zamonaviy dars
muamolariga e’tiborni qaratib “Zamonaviy dars eng avvalo, o’quvchi shaxsini ta’lim
olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o’rgatuvchi usullar majmui” deb
ko’rsatishadi. O’qituvchi darsda o’zi “So’rab”, o’zi “Gapirib beruvchi” bo’lib