www.scientificprogress.uz Page 1847
muhim sanaladi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi mavzudan chetga chiqib ketishiga yo’l
qo’ymasligi kerak. O’quvchilar berilgan topshiriqlar ustida ishlashlari, javoblarni
ifodalashda ham aniq javob berishga o’rgatib borilishi kerak. Shundagina ham
maqsadga erishiladi, ham darsdan samaradorligi ortadi. Shuningdek, hatto javob
berishga ham muayyan vaqtga qilinishi o’quvchilarda vaqtni “his qilish” u bilan
“hisoblashish” ko’nikmalarini tarbiyalash. 3) darsda o’quvchilarning alohida faollik
ko’rsatishlariga imkon berish. Turli bosqichlarida zaruriyat tug’ilganda o’quvchilarning
faoliyatlarini yo’naltirib borish, maslahatlar berish, yo’l-yo’riq ko’rsatish samarali
pedagogik chora, hisoblansa biroq bu holatlar obektivda faqat o’qituvchi bo’lib
qolishiga olib kelmasligi kerak bunda asosiy e’tibor kimning nima bilan bandligini
nazorat qilishga qaratilishi mumkin. Darsdan yoki topshiriqni bajarishdan “chekingan”
o’quvchilarni ularga tanbeh bermagan holda “Qani Sardor nimalarni uddalay oldi
ekan?” yoki “Meni nazarimda, Ra’no topshiriqni birinchi bo’lib bajargan ko’rinsdi”
mazmunidagi murojatlar bilan ularning diqqatlarini asosi vazifaga tortish muhim. 4)
darsni samarali yakunlash. O’quvchilar darsni ko’tarinki ruh va darsda o’zlashtirgan
bilimlarni amaliyotga qo’llay olishlariga qat’iy ishonch bilan yakunlashlari kerak.
Dars yakunida o’qituvchi o’quvchilarning faol ishtiroklari qayd etishga e’tiborni
qaratishi “o’ylaymanki bugungi o’rgangan bilimlaringiz hayotingizda qo’l keladi!”
mazmunida tilak bildirishi ularda ko’tarinki kayfiyatni yuzaga keltiradi. O’quvchilarga
bilim berishni maqsad qilib qo’ygan standart darslarni mazmunan hamda shaklan
o’zlashtirish zarurati paydo bo’ldi. Bu zarurat nostandart darslarni o’tishga olib keladi.
Nostandart darslarning asosiy maqsadi o’quvchilarni asosiy maqsadi o’quvchilarni
mustaqil bilim olish mexanizmiga asoslanganligidadir. Nostandart darsda tanlangan
dars mavzusi bo’yicha o’quvchi o’z nuqtai nazarida bayon etadi, garchi xato bo’lsa ham
o’quvchining fikri oxirigacha tinglanadi. Maktabda matematika fanidan darslarni tashkil
qilishda interfaol metodlardan mavzuga mosini tanlay bilishi muhim hisoblanadi.
O’qituvchi interfaol metodlardan avvalo oddiydan murakkabga o’tish nazariyasiga amal
qilgan holda foydalanishi talab qilinadi. Ushbu nazariyaga asosan matematika darslarida
qo’llaniladigan oddiy metodlarga quyidagilarni kiritish mumkin: kichik guruhlarda
ishlash, juftliklarda ishlash, jamoa bilan ishlash, Aqliy hujum, klaster usullari.
Murakkab metodlar qatoriga BBB, matnni tahlil qilish, zigzag, Ven diagrammasi,
rezyume kabilarni kiritish mumkin.
XULOSA o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, ilg’or pedagogik texnologiya asosida
tashkil qilingan matematika darslari o’quvchilarning fan bo’yicha bilimlarining yaxlit
o’zlashtirilishiga xizmat qiladi. O’quvchi tafakkurini o’stiradi, mustaqil, ijodiy
fikrlashga o’rgatadi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy-ma’rifiy
taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir.