Pedagogik texnologiyalardan foydalanish


www.scientificprogress.uz



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix20.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish

www.scientificprogress.uz
Page 1845
9. 
Dars mavzusini boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligini ta’minlash. 
10. 
O’quvchilarni yaxlit ilmiy dunyo qarashni shakllantirish. 
11. 
O’quvchilarda dars mavzusini mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik 
madaniyatini tarkib taptirish. 
12. 
Darsda davlat ta’lim satandartlariga o’quvchilarning bilim, ko’nikma va 
malakalariga qo’yilgan talablarni to’liq bajarishga erishish. 
Zamonaviy darsni tashkil etish bilan bog’liq bu talablar mazmunidan shunday 
xulosa qilish mumkinki, maktab amaliyotda mustahkam o’rnashib qolgan standart 
darslarda ushbu talablarni bajarish imkoniyati yo’q. 
DARS JARAYONIDA MATEMATIKANI O’RGANISH BOSQICHLARI 
Dars jarayonida o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. 
Dars jarayonida matematikani o’rganish bosqichlari, uning metodik izchilligi va amaliy 
ishni qanday boshlash hamda qanday tugatish haqidagi ko’rgazmali materiallaridan 
foydalanilmog’i lozim. Bulardan tashqari 1.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkuraviy 
tizimga ega bo’lishi, o’qituvchi undan tarbiyaviy, maqsadda foydalanmog’i lozim. 2. 
Har bir dars ijtimoiy imkoniyatlatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanishi, 
ko’rgazmali vositalar bilan jihozlanishi kerak. 3. Mashg’ulotlar o’ziga mos zamonaviy 
uslub, vosita va texnologiyalardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi kerak. 4. 
Dars uchun ajratilgan soatlardan samaraviy foydalanish nazarda tutilishi lozim. 5. Dars 
jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro faol munosabatda bo’lishi, mashg’ulotlarda 
esa o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 6. Mashg’ulotlar davomida 
xalqimizning boy ma’naviy merosidan, ma’naviy qadriyatlaridan unumli foydalangan 
holda yurtimizdagi bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan o’quvchilarni boxabar qilish 
maqsadga muvofiqdir. Xususan dars davomida keltiriladigan matematik tushunchaga 
qaysi olim asos solganligi va aynan o’sha olimning matematika fani rivojiga qo’shgan 
hissasi haqida qisqa, lo’nda ma’lumot berish o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan 
qiziqishlarni orttiradi. Bunday ma’lumotlarni o’qituvchi darsga kirishdan oldin turli 
adaboyotlardan va internet manbalaridan shakllantirishi mumkin bo’ladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin