TAQLID SO‘ZLARNI O‘QITISH USULLARI
2.1. Taqlid so‘zlarni o‘qitishda o‘yin-topshiriqlardan foydalanish
Taqlidiy so‘zlar va undovlarni o‘rganish. Tilimizda mustaqil so‘z turkumlariga ham, yordamchii so‘z turkumlariga ham kirmaydigan talaygina taqlidiy so‘zlar va undovlar bo‘lib, o‘quvchilarni bu so‘zlar olamiga olib kirish ularning nutqiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Ma’lumki, taqlidiy so‘zlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: a) tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar; b) holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar.
O‘quvchilar lug‘atini tovushga taqlidni bildiradigan so‘zlar bilan boyitish maqsadida bеrilgan so‘zlarni (inga-inga, gumbur-gumbur, pix-pix, viz-viz, vish- vish, vaq-vaq, miyov-miyov, bildir-bildir, hov-hov v.h.) inson tovushiga taqlid so‘zlar, hayvon, qush, Xasharotlar chiqaradigan tovushga taqlid so‘zlar, tabiat hodisalari chiqargan tovushlarga taqlid so‘zlarga ajratib va bu so‘zlar guruhini mustaqil davom ettirish, tovushga taqlid so‘zlarni to‘liq takrorlagan (gumbur- gumbur, guldur-guldur) va tovushlar takrori (mas., taq-tuq, shaq-shuq) kabi guruhlarga ajratish, ular yordamida gaplar qurish, matn yaratish, taqlid so‘zlarda ma’noning torayishi (shaqshaqa, tartarak, sharshara), ularning qo‘llanilashi va imlosi ustida ishlashga oid amaliy ishlar bajariladi.
Holatga taqlid
|
Tovushga taqlid
|
1.
|
|
2.
|
|
3.
|
|
4.
|
|
5.
|
|
Dostları ilə paylaş: |