Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


Modal so‘z, undov va taqlid so‘zlar, ularning turlari ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə211/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

Modal so‘z, undov va taqlid so‘zlar, ularning turlari ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
292-mashq. O‘qing. Yuklama va modal so‘zlarni topib, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni izohlang.
1. Odam qo‘ligina odamga abadiy haykal qo‘yishiga ana o‘shanda ishonganman. (S. Ahm.) 2. Aftidan, eshelon bu yerda to‘xtamaydi. (I. R.) 3. Xuddi shu payt salomxona eshigi ohista ochilib, ustod ko‘rindi. (O. Yo.) 4. Hali xabaring yo‘qmi? Asrora opam kasalxonadalar-ku. (S. Ahm.) 5. Baxtimga, qizillar o‘z vaqtida yetib kelib qolishdi-yu, men tirik qoldim, faqat shu bir yoq ko‘zimdan ayrildim. (Ivan Le.) 6. Bizning faryodimiz hatto ota-onalarimizning ham qulog‘iga kirmas edi! (A. Q.) 7. Mana, nihoyat, Dildorning qorasi ko‘rindi. (S. Ahm.)
293-mashq. O‘qing, yuklama va modal so‘zlarni topib, alohida-alohida ko‘chiring, turlarini qavs ichida ko‘rsating.

1. Toshkentdan kelgan har xil mutaxassislar proektni tuzish uchun ertagayoq cho‘lga safar qilishadi. (O.) 2. Darhaqiqat, bugungi sayr umrbod esda qoladigan bo‘ldi. (J. Abd.) 3. Nomini unutmas xalqlar, zamonlar, Jonajon shoirning baxti ham shu-da. (U.) 4. Balki shu turishda dunyoga keladigan yangi-yangi dalalarni, bog‘larni, yaylovlarni ko‘z oldiga keltirayotgandir? (J. Abd.) 5. Tiq etgan ovoz eshitilmas, faqat shamolda tebrangan terak barglarigina shitirlardi. (L. Batь.) 6. Giyoh unmagan joylarda kichik-kichik gulzorlar, shinam-shinam xiyobonlar, ikki qavatli uylar, hatto ko‘chalar ham paydo bo‘lgan. (J. Abd.) 7. Nima, men o‘zim uchun ishlayotibmanmi, rais buva? Boshqalarning ishiga aloqam yo‘qmi? (H. N.) 8. Nihoyat, quyosh bulut orasini yorib chiqdi. (S. B.)



294-mashq. Yuklamalar ishtirok etgan gaplarni ko‘chirib, yuklamalarning tagiga chizing, turlari va ma’no xususiyatini izohlang.
1. Xuddi binoga yaqin joyda bir guruh odamlar doira qurib, o‘yinga tusha boshladilar. (J. Abd.) 2. Voy, ilm uvol emasmi, nega ishlamaysiz? Hozirgi zamonda sichqon tutmaydigan mushuk ham odamning ko‘ziga xunuk ko‘rinadi-ya! (A. Q.) 3. Topdi-yu, shu ondayoq qayta yo‘qotdi. (S.Anorboev) 4. Ammo tabiatida bir xil kiborlik ham mavjudki, bu, shubhasiz, hammaga yoqavermas, hatto, kishida bir oz hayiqish ham uyg‘otadi. (J. Abd.) 5. Axir har bir davr o‘z romantikasini yaratadi-ku! (J. Abd.) 6. SHu jaziramada....o‘z dalasiga o‘g‘it tashiganlari uchunoq men ordenlarimni hammasiga bitta-bitta taqib qo‘ygim kelyapti hozir. (O.)

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin