Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


-ilova.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə264/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

2-ilova.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

343-mashq. Ajratilgan qaratqich aniqlovchisini topib, qaysi so’zni izohlayotganini ayting; ularni qaralmish bilan birga ko’chiring.

1. Biz, ana shu sinalgan kuchning vakillari, do’stligimizning tarixiy izlaridan kelib, uning veteranlari, yangi avlodlari bilan tanishdik. (As.M.) 2. O’rik gulini eslatuvchi laylak qor girdobidan qutulmoqchi bo’lgandek elayotgan suvoriyning — Farg`ona yigitining — bor diqqati ilon izidek o’rmalagan yo’lda. (S. Azimov.) 3. Aftidan, mayorning fyurerga yaqinligi haqidagi ovozalar bu erdagilarnpng — gospitaldagilarning ham qulog`iga etgan ko’rinardi. (A. CHakovskiy.) 4. Lekin har ikkovi ham bir narsani — Gavharning endigi taqdirini o’ylar edilar. (O’.H.)
358-mashq. Ajratilgan hollarni topib, holning qaysi turi ajratilganini tushuntiring.

1. Tepalikda, quyuq daraxtlar ostida, gilamchalarda to’p-to’p o’tirib, katta sopol laganlarga uyum-uyum suzilgan palovni zo’r ishtaha bilan bir-biriga qiziqib oshayotgan... oshxo’rlar orasidan o’tib, pastga tusharkan, O’ktamning yuragi birdan “shig`” etib ketdi. (O.) 2. Temur Malik otdan tushib, ikki-uch navkari bilan yuqoriga – qorovulxonaga ko’tarildi. (Mirm.) 3. Ana, jadvallarning yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug`bekning olti jildlik tarixiy asarlari yonida uning — Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! (O. YO.) 4. Lekin xuddi shu payt, oldinda borayotgan shahzoda handaqqa yaqinlashib qolganida, o’ng qo’ldagi tepalikda bir guruh suvoriylar paydo bo’ldi. (O. YO.) 5. Pastlikdan, Qichqiriq tomondan, esayotgan salqin shamol eshigimiz oldidagi azim tup o’rikning tilla rang barglarini chitir-chitir uzib uchiradi. (H. G`.)


359-mashq. Ko’chiring. Ravishdosh o’ram shaklida ajratilgan hollarning tagiga chizib, ma`no munosabatini ayting.

1. Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib, yurt tuprog`iga chuqur tomir yoydirmog`imiz va undan mo’l hosil olmog`imiz kerak. (O.) 2. YOshlar avtobusdan tushishlari bilan, xuddi otasidan suyunchi olgani chopgan bolalarday, yugurganlaricha Kallaquladi tepaligiga chiqib olishdi. (J. Abd.) 3. Tong saharda cho’l parrandalarining betinim qo’shiqlari sizni uyg`otib yuboradi. Ko’zingizni ochib qarasangiz, tevarak-atrofingizda shudring tushgan gullar va maysalarni ko’rasiz. (A. Kolbintsev.) 4. Xalq, kuchli el bilan chayqalgan dengiz kabi, birdan qo’zg`aldi. (O.) 5. Mashinamiz turli-tuman ranglarga g`arq bo’lib, cho’g`day tovlanardiki, ehtimol u o’nlab kilometr naridan ko’zga tashlanib turgan bo’lsa kerak. (CH. Ayt.) 6. Yigit, Alida uning ortidan qarab turganini sezsa-da, jo’rttaga orqasiga qaramay ketaverdi. (J. Koup.)


361- mashq. O’qing. Gaplarni gap bo’laklari jihatidan tahlil qiling.

1. Bu xalq jahonga ne-ne mashhur olimlar, me`morlar, ustalar va mutafakkirlarni etishtirib bermagan, axir! (K. Moiseeva. 2. Kishining kuchi—uning ongi, dunyoqarashi, tushunchasi, ishonchi, ruhi, yashashga qobiliyati, niyati va intilishida, xullas, uning irodasida. (I. R.) 3. Ko’l bo’yida erta saharda ayniqsa manzara go’zal bo’ladi. Ilk quyosh nurlari tog`larning dovonlaridan mo’ralab moviy osmon ostida tovlanib turgan ko’l suviga yuzini yuvadi. Ko’l bo’yida kechqurun o’tirib orom olish naqadar yoqimli. (A. Kolbintsev.) 4. Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin. (O.)


362- mashq. O’qing. Gap bo’laklari normal holatda kelgan va gap bo’laklarining normativ tartibi o’zgargan gaplarni aniqlab, inversiyaga uchragan gaplarni ko’chiring, ulardagi gap bo’laklarining tartibi qanday o’zgarganligini tushuntiring.

1. Palovga sabzini nechog`liq tekis va mayin to’g`ralsa, osh shuncha shirin bo’ladi. (O.) 2. Ishqilib umid uchqunlari o’chmay, uzoqdan bo’lsa ham yilt-yilt ko’zga tashlanib turganidan mamnun u. (J. Abd.) 3. Turistlar dastlabki besh kun davomida Samarqandda bo’lib, uning me`morchilik yodgorliklari va diqqatga sazovor boshqa joylarini tomosha qiladilar, shaharliklarning sevib dam oladigan joylariga boradilar. (A. Kolbintsev.) 4. Hatto ayrim jihatdan Komiljondan ham ustunrok tomonlari bor edi uning. (J. Abd.) 5. Institutga kirib olish esa hayotida eng katta mukofot hisoblanardi unga. (J. Abd.) 6. Bu kiyimida u qandaydir juda kamtar, ayni mahalda burungisidan ham jozibali bo’lib ko’rindi menga. (O. YO.) 7. Haqiqat shunday bir narsaki, u suvga tushsa cho’kmaydi, o’tga tushsa yonmaydi. (I. R.) 8. Mohidilxon biz bilan bayram qiladi bugun. (J. Abd.) 9. Mard kurashda, do’st tashvishda, dono g`azabda sinalar. (Mirm.) 10. YUzlaridan sharbat tomizib YOtar bunda do’ndiq handalak. (Mirm.)

364-mashq. O’qing, gapning qaysi bo’lagi uyushib kelganini aniqlang. Uyushiq egali to’rtta gapni ko’chirib, uyushiq bo’laklar tagiga chizing va ular qanday ifodalanganini tushuntiring.

1. Olmalar, anoru anjirlar, shaftoli, behilar, giloslar g`aynolilar, noklar kamolga etdi. (H. G`.) 2. Hamma o’z qarindosh-urug`, oshna-og`ayni va yaqinlari bilan ko’rishmoqda yoki xayrlashmoqda. (M. Muhamedov.) 3. Qanchadan-qancha ajoyib yigitlar, qizlar jasorat ko’rsatishyapti! (H. G`.) 4. Erining xotirasi, bolalarining tarbiyasi, tinimsiz mehnati, yurt g`amidan boshqa tashvishi yo’q u muhtaramaning! (H. G`.) 5. Bo’rilarning etni jimirlashtiradigan ulishi, to’ng`izlarning ko’ksov yo’talidek yoqimsiz tovushi, echkemarlarning sovuq boqishi, ilon po’stlarining ojiz yiltirashi, cho’l burgutlarining viqorli boqishi bu ikki yo’lovchining yuragiga vahm sololmasdi. (S. Ahm.) 6. Muzaffar navkarlarga, ularning changga belangan, toliqqan, ammo kuchli otlariga tikilib, sukut qildi. (L. Bat.)

7. Mevazorlar gulda-chechakda, Tol, chinorlar tugal kurtakda. (O.)

372-mashq. O’qing. Gapning ajratilgan va uyushiq bo’laklarini aniqlang, ular orasidagi farqni ayting.

1. Yigirma kun deganda Nizomjon qorayib, ozib qirdan qaytib keldi. (S.Ahm.) 2. “Og`aynilar, — dedi Yo’ldoshboy xaloyiqqa o’girilib, — bu erda hurriyat, ozodlik to’g`risida gapirildi...” (H. Nu`mon, A. SHorahmedov.) 3. YOzilayotgan risolalar, qanchadan-qancha ilmiy tadqiqotlar chetga surib qo’yildi. (J. Abd.) 4. Janob professor, men kim, kapitan Nemo, bugun, 1868 yilning yigirma birinchi martida, Janubiy qutbga... etdim va er sharining ana shu qismiga egalik qila boshladim. (J. Vern.) 5. ...Osib qo’yilgan inqilobiy shiorlar kishilarni yangi hayotga — baxtiyor, ozod hayotga, da`vat qilardi. (J.Ikromiy.) 6. G`alabamiz uchun bu imkoniyatdan qay darajada foydalana bilish bizlarga, harbiylarga, bog`liq. (YU. Semyonov.) 7. Lutfinisa inqillab, harsillab qizini olib jo’nashga kirishdi. (O.) 8. Bundan bir oy oldin, olmazor bog`lar nafis pushti rang gulga burkangan iliq bahor kunlaridan birida, ikki otliq qishloqdan chiqib, toqqa qarab yo’l oldi. (O. YO.)


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin