Pedagogika fakulteti


Nutqdan tashqari bo`lgan motorikani tekshirish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

 
Nutqdan tashqari bo`lgan motorikani tekshirish 
Logoped bolaga so`z qoidalarini va taqlid bo`yicha quyidagi vazifalarni bajarishni 
taklif qiladi: 
- vazifa bo`yicha ikkala oyoqda yoki bir oyoqda yugurish, sakrash; 
- yurish, yugurish, sakrashda ogoxlantirish bo`yicha to`xtash; 
- bir oyoqda, so`ng ikkinchi oyoqda sanoq ostida turish; 
- logopedga koptokni otish va uni ilib olish; 
- polda yotgan «xalqa» ichiga ikkala oyoq uchida sakrab kirish va undan sakrab 
chiqish; 
- bayroqchalarni ushlagan holda qo`lni quyidagi buyruqlarga amal qilib 
harakatlantirish: oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga; 
- cho`kkalab o`tirgan holda polda koptokni u ko`ldan bu ko`lga yumalatish, 
so`ngra koptokni ko`tarib, o`rindan turish; 
- yugurish vaqtida koptokni otish va ilib olish; 
- lentani tugun qilib, so`ng « bantik» qilib bog‘lash va boshqalar. 
Bola motorikasini tekshirish natijasida logoped quyidagi ma‘lumotlarni oladi: 
oyoq, qo`llar muvofiqligi (to`g‘ri, noto`g‘ri, umuman yo`q); tana muvozanatini sezish, 
bolaning o`z gavdasini to`tishi, harakatlarni bajarish darajasi (to`liq, noto`liq); bir 
harakatdan ikkinchi harakatga o`tishi (o`z vaqtida, sekinlashgan, yo`q harakatlarni 


bajarish mustaqilligi (tuliu yoki logoped yordamida); chapaqaylik, yuz harakatlari 
me‘yorda, samimiy va yuz naylarining giperkineziyasi, sinkeziyasi, ya‘ni asosiy 
harakatlar bilan birga bajariladigan qo`shimcha harakatlar - bir oz yaqqol ifodalangan. 
Bolaning motor faolitini tekshirish natijalarini quyidagi parametrlar bo`yicha 
umumlashtiramiz. 
 
Bolalar nutqining grammatik tomonini o`rganish 
Buning uchun bolalarga quyidagi vazifalarni bajarish taklif etiladi: 
- syujetli rasmlar asosida gap tuzish; 
- narsalarga oid rasmlardan foydalangan holda birlikdagi otlardan ko`plikdagi 
otlarni hosil qilish (koptok-koptoklar, kalam-kalamlar, kitob-kitoblar va hokazo); 
- otlardan kichraytirish - erkalash shakllarini hosil qilish. Masalan: uy-uycha, 
stol-stolcha; 
- otlardan sifat yasash. 
Bunda asosiy diqqat bolalarning kay tarzda gap tuzishiga qaratiladi. Bolaga rasmlar 
yoki davomli rasmlar asosida hikoya qilish, oddiy va murakkab mazmunli matnlarni 
so`zlab berish taklif etiladi. Bunda so`zlarni bog‘lab, matn mazmunini kay darajada 
so`zlab berishi va undagi kamchiliklar hisobga olib boriladi. Bolaning nutq faolligi 
darajasi, monologik suhbatga oid nutqdan foydalanish imkoniyatlari belgilanadi.Bundan 
tashqari, bolaning nutqiy muomalada tashabbuskorligi, she‘r, ashula bilishi kabilar ham 
hisobga olib boriladi. 
Bolaning faqat nutqini emas, balki uning ruhiy xususiyatlarini, shaxsining e‘tibor 
talab tomonlari, aqliy holatini ham o`rganib boriladi. Logoped tekshirish jarayonida 
bolani faqat kuzatib, u bajargan vazifalarni baxolabgina kolmay, balki kerak bo`lganda 
bolaga yordam berishi lozim. Tekshirish jarayonida bola faoliyati, uning Qiziqishi, 
muvaffakiyat va muvaffakiyatsizlikka munosabati, qiyinchilikni qanday qabul qilishi va 
uni bartaraf etish usullari, yo`l quyilgan xatolarni to`g‘rilash kobiliyatini hisobga olish 
lozim. 
Bolani charchatib kuymaslik, shuningdek, bola harakatining faollik darajasini 
pasaytirmaslik uchun tekshirish vaqtida ish turlarini uzgartirib turiladi. 


Ish jarayonida bolaga va uning ota-onasiga bo`lgan munosabat, xushmuomalalik 
bilan tekshirish ruhiy-terapevtiv ta‘sir etish asosida bo`lishi kerak. Tekshirish usullari 
bir xillikka ega bo`lmay, balki hamma vaqt xususiy yo`nalishdadir.To`g‘ri tashkil 
etilgan tekshirish ishlari tabaqalashtirib aniqlash masalalarini hal etishga imkon beradi 
va shu qatorda tuzatishga qaratilgan ish uslublarini to`g‘ri tanlashda katta ahamiyatga 
egadir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin