Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

TEZ AYTIShLAR. 
Tubsiz dengiz dengizmi? 
Dengiz tengsiz dedingizmi? 
Novvoy non yopar, 
Nonni novvot deb sotar. 
G‘ani g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi, 
G‘ildirakni G‘ani g‘ildiratib g‘izillatdi. 
Qo`sh qo`lqop 
Qo`shog‘i ham bo`sh qulqop 
Qurilishda burilish, 
Burilishda qurilish. 
Olma shoxida olmaxon, 
Olmaxonni olma Olimaxon. 
SANAMALAR 
Dadamu oyim, 
Bor ikkita singlim 
Bohodir Dildor, 
Bog‘chaga ketar, 
Sanab ko`r chavdon, 
Bizlar necha jon, 
Hil-hil pishib 
Oq shaftoli, 
Shoxda turar, 


Toq shaftoli 
Usmon to`rtta ebdi kecha. 
Oyim menga 
Berdi beshta. 
Qani top-chi, 
Bari nechta? 
ChORLAShMALAR 
Tokchaga bug‘doy sepuvdim, 
Undimikin-o, undimikin, 
Mashrabboy uydan chiqmaydi, 
Yotdimikan-o, yotdimikan? 
Tomda tovuq yotarmi, 
Oyog‘ingdan tortarmi? 
O`yin yoqmas bolalar 
Nomozshomda qotarmi? 
Bizlar o`ynayapmiz, 
Davra qurayapmiz. 
Davraga kelinglar, 
Sizlar ham qo`shilinglar, 
Bu davrani qurgan 
Gulnorani ko`ringlar. 
AYTIShUVLAR 
«Ashula, shula-shula», 
- Ashula shula-shula, 
- Chinni tovoqda shovla, 
- Shovlani kimga berding? 
- Katta xolamga berdim. 
- Xolang nima tug‘ibdi? 
- Egizaklar tug‘ibdi 


- Otini nima qo`yibdi? 
- Tohir, Zuhra qo`yibdi. 
ChEKLAShMAChOQLAR. 
- Ona, ona, kim ona? 
- Men ona (biz ona). 
- Sizga osmondagi oy kerakmi? 
Kishnab turgan toy kerakmi? 
Kishnab turgan toy menman. 
O`t, bizdan ekansan! 
Biz ikki gulu-lola, 
Kimga gul, kimga lola? 
Kimga olma, kimga nok? 
Kimga ot, kimga arava? 
Kimga oftob, kimga yulduz? 
Daraxtmi, gul? Olchami, gilos? 
TOPIShMOQLAR. 
Bir parcha patir. Olamga tatir 
(Oy) 
To`rtdir uning oyog‘i, 
Temir mixli tuyog‘i, 
Manzilga etishtirar, 
Toshdan qattiq tuyog‘i. 
(Ot) 
Kelib og‘zin ochar, tishlab qochar. 
(Ombir) 
G‘it-g‘it deydi, ishlaydi, 
Yerga kukun tashlaydi. 
(Arra) 
Ish jarayonida xalq ohzaki ijodidan namunali foydalansak, biz bolalarda 
uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etishimiz yanada qulay kechadi. Logopedik 
mashg‘ulotning farqlash (differensasiya) va mustahkamlash (avtomatizasiya) davrlarida 


bolalarga ular talaffuz va nutq kamchiliklari turlariga qarab tez aytishlardan, 
topishmoqlardan, kundalik bola hayotida tanish sanama va aytishmachoqlarni o`rgatib 
borsak, maqsadimizga erishamiz.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin