kechroq murojaat qilib shunday savolga duch kelib qolsangiz, bolangizning biror so`zni
o`zi tushungan holda talaffuz qilgan kunni belgilab qo`ying. Qandaydir bo`g‘inlar yoki
so`zlarni bilib-bilmay talaffuz qilganida, bu hali uning tili chiqqani emas. Yoki boladan
o`zingiz kabi to`liq gapirishni kutib, hali gapirishni bilmaydi, degan javobni bermang.
Deylik, u sizdan «buv bey», ya‘ni «suv ber» deya so`radimi, mana shu kun
bolangizning tili chiqqan kuni hisoblanadi.
Topishmoqlar
aytish, eshitish hamisha maktabgacha ta‘lim yoshidagi
kichkintoylarning ezgu niyatlari bilan hamohang bo`lgan.
Xar bir topilishi kerak
bo`lgan jumboq - bu davr bolalarini ham o`ylashga, fikr yuritishga, o`zlariga xos
yo`sinda izlanishga, sezgir, jiddiy, topqir bo`lishga nisbatan mayllarini uyg‘otgan.
Chunki ko`p predmetli topishmoqlar bog‘cha bolalari uchun yanada qiziqarli bo`lgan.
Bu holni butun mamlakatimiz bo`ylab bolalariga, nabiralariga, qo`shni bolakaylarga
alla-qo`shiq, ertak, maqol, topishmoq
aytib berib yurgan ota-onalar, buvi-bobolar,
mahalla ertakchilari huzurida bo`lganimizda aniq sezdik. Bu ish o`z-o`zidan yoki
birdaniga ko`ngildagidek chiqmaydi. Tinimsiz izlanish, bolakaylarni qiziqtirish, ularni
topqirlikda bir-birlariga o`rnak, ibrat qilib ko`rsatish tufayli erishiladi. Takrorlash,
takrorlashlardan keyin bola jumboqlarni echishga, bu haqda o`ylashga havasi keladigan
bo`ladi. Bu erda shu narsani ham ta‘kidlab o`tish lozimki,
bolalarga aytib beriladigan
topishmoqlarning mavzusi yoshlarning yoshiga, qiziqishlariga yaqin bo`lsa yana nur
ustiga a‘lo nur bo`ladi.
Bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarini bartaraf etishda biz ertak, topishmoq, tez
aytish, maqollardan unumli foydalansak maqsadga muvofiq bo`ladi. Shubhasiz, ular
bolalarga xushkayfiyat va tetiklik bag‘ishlaydi. Logopedik mashg‘ulotlar va o`yinlarda
tez aytish, topishmoq va she‘rlardan keng foydalanish natijasida, bolalarning nutqi
o`sadi, shu bilan birga nutqning ravon bo`lishida, to`g‘ri ohangning shakllanishida katta
ahamiyatga ega. Milliy adabiyotimiz namunalari bo`lishi sanama, chorlashma,
qiqillama, aytishuv, cheklashmachoq, aytishma o`yin va yarashtirgich kabi xalq og‘zaki
ijodi, nafaqat bolaning nutqini o`stirishda, balki ularni
milliy ruhda tarbiyalash, milliy
qadriyatlarimizni hurmat qilish va vatanparvarlik hissini uyg‘otishda asosiy omil bo`lib
xizmat qiladi. Quyida biz, o`zbek tilimizning xususiyatlaridan kelib chiqib, (bolalarni
to`g‘ri talaffuzga o`rgatishda logopedik o`yinlardan foydalanish yo`llarini
takomillashtirish borasida boy adabiy merosimizdan namunalar keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: