Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XULOSA 
Bolada nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har bir ota-ona, 
Maxsus ta‘limtarbiya muassasalarida tarbiyachilar, maktabda esa o`qituvchilar bilishlari 
zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan tarkib 
topgan formasidir. Shuningdek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan 
iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining 
turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo`ladi. Shuning uchun nutq 
tovushlarini vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning 
faoliyatini o`rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to`g‘ri 
va ravon talaffuzni ta‘minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin 
shakllanadi, bola o`sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqning o`sib borishidagi hal 
qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo`lgan davrga to`g‘ri keladi. Bu 
davrda bolaning nutqi muayyan sur‘atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda 
xilma-xil o`sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator 
kamchiliklar uchraydi va ma‘lum bir sababga bog‘liq bo`ladiMamlakatimizda fan-
texnika yuksak sur‘at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi 


mas‘uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo`lgan bilimning hajmi yil sayin 
oshmoqda. 
Tadqiqotlarga asoslanib biz nutq nuqsonlarini bartaraf etishda turli logopedik ta‘sir
metodlardan foydalansak ko`zlagan maqsadga erishamiz. Logopedik ishda: amaliy, 
ko`rgazmali va og‘zaki metodlardan foydalanilsa yoki nutqiy nuqsonlar korreksiyasi 
yaxshi natija beradi. Logopedik ish jarayonda quyidagi metodlarni qo`llasak ishimiz 
sermahzulligi oshib boradi. 
Mashqlar - bu berilgan amaliy va aqliy harakatlarning ma‘lum ketma-ketlikda bola 
tomonidan takrorlanishidir. Artikulyasion mashqlarni sistemali ravishda bajarib turish, 
tovushni nutqka qo`yish va to`g‘ri talaffuz etish uchun zamin tayyorlaydi. Mashqlar 
taqlidiy-bajariluvchi, konstruktiv va ijodiy turlarga bo`linadi. 
O`yin metodi o`yin faoliyatini boshqa usullar: namoyish qilish, tushuntirish, 
savollar bilan birgalikda olib borishni nazarda tutiladi. 
Maxsus ta‘limyoshdagi bolalar bilan turli xil o`yinlar olib boriladi: ashulali, 
didaktik, harakatli, ijodiy, saxnalashtirilgan va x.k. Modellashtirish - bu modellarni 
yaratish, kullash va obektlarin tuzilishi haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga 
mo`ljallangan jarayondir. 
Ko`rgazmali metodlar - bu bilim ko`nikma va malakalarni egallashda kurgazmali 
kurollar va texnik vositalar yordamida beriladigan ma‘lumotlardir. 
Kurgazmali metodlarga kuzatish, rasmlarni ko`rish, maketlar, diafilm, 
kinofilmlarni ko`rish, plastinka, magnitafonlarni eshitish, hamda topshirik namunasini, 
harakat usulini kursatish kabilar kiradi. 
Logopedik ishda og‘zaki metodlardan bolaning yosh xususiyatlari, nutqiy nuqson 
tuzilishi, korreksion ta‘sirning maqsadi, vazifasi, bosqichini xisobga olgan holda 
foydalaniladi. 
Logopedik ta‘sir quyidagi shakllarda amalga oshirilganda: frontal, guruxli, 
individual mashg‘ulotlar va dars natija ko`ngildagidek bo`ladi.. 
Xulosa 
qilib 
aytadigan 
bo`lsak 
nutq 
kamchiliklarini 
bartaraf 
etishda 
differensiallashga metodlardan foydalanishning axamiyati katta ekan. Biz bo`lg‘usi 
defektolog – logopedlar sifatida hamda barkamol avlod tarbiyachisi sifatida buni yaxshi 


bilmog‘imiz va tarbiyaviy ish jarayonini va o`qitishni shu asosda tashkil etishni 
o`rganmog‘miz lozim.
Bundan tashqari ota –onalar bilan ishlash, mustaxkam aloqa o`rnatish, logoped 
tomonidan berilgan topshiriqlarni uyda takrorlanishiga e‘tibor qaratish ishlari ham 
to`g‘ri tashkillashtirilishi kerak. Logoped ish faoliyatida didaktik o`yinlar, harakatli 
o`yinlar, so`z o`yinlaridan unumli foydalanish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini ish 
faoliyatimizda unumli qo`llash ham bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf 
etishga yordam beradi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin