Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ILOVA 
―K‖ TOVUSHINI NUTQQA KIRITISH YO`LLARI 
Bolalar nutqidagi tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlarning nutqda yo`qligi, 
ularni buzib talaffuz etish va bir-biri bilan almashtirish hollari bilan namoyon bo`ladi. 
Shuning uchun ham ―arra‖ so`zi o`rniga ―ayya‖, ―lagan‖ so`zi o`rniga ―agan‖, ―sumka‖ 
so`zi o`rniga ―fumka‖, ―sholg‘om‖ so`zi o`rniga, ―solg‘om‖, ―choynak‖ so`zi o`rniga 
―toynak‖, ―kabutar‖ so`zi o`rniga ―abutar‖, ―gul‖ so`zi o`rniga ―dul‖ deb noto`g‘ri 
talaffuz etish hollari ko`plab uchrab turadi. Ayniqsa til orqa va chuqur til orqa 
tovushlaridan ―K‖ tovushini to`g‘ri talaffuz qila olmaslik ko`p kuzatiladi. Bolalar 
nutqidagi bu nuqson kappatsizm deb ataladi.Boladagi bu nuqsonni o`z vaqtida bartaraf 
etishdan avval ularning nutq apparati – lab, til, tishlar tuzilishi va jag‘lar harakatchanligi 
holati tekshirib ko`riladi. So`ngra tovushlarni talaffuz etish holatlari tekshirilib, bola 
talaffuz etolmagan tovushlar aniqlanadi. Shuningdek, bolani ko`rish darajasi va eshitish 
holati ham o`rganiladi. Mavjud kamchiliklar ma‘lum bo`lgach, u bilan olib boriladigan 
mashg‘ulot rejasi tuziladi. Har qanday nutq nuqsonni bartaraf qilish artikulyatsiya 
mashqlaridan boshlansa maqsadga muvofiqdir. Negaki tovushlarning to`g‘ri talaffuz 


qilinishi artikulyatsiyaning harakatchanligiga bog‘liq. Shuning uchun ham birinchi 
mashg‘ulotni artikulyatsion mashqlardan boshlaymiz. 
Lab mashqlari. Yuqori labni ―tarash‖ mashqida lab imkoni boricha ikki yonga 
tortilgan holda ichkariga qaytariladi, jag‘ biroz oldinga harakat qilib pastki tishlar qatori 
bilan yuqoriga ―taray‖ boshlanadi, so`ngra labni og‘iz atrofida o`ng va chap tomonga 10 
martadan aylantirib yalash kerak, bu mashqlar bir necha marta takrorlanadi. 
Til mashqlari. Tilni aylantirish mashqida lablar yumuq holda bo`lib, til uchi tishlar 
bo`ylab avval bir tomonga, so`ngra qarama-qarshi tomonga harakat qildiriladi. Bu 
mashqda tishni tozalash holati bajariladi. Tilni tishlash mashqida tilni tepa va pastki 
tishlar orasiga olib, uni bir necha bor tishlanadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin