Jag’ mashqlari. Jag‘ni oldinga harakat qildirish mashqida jag‘ biroz pastga tushirilib
oldinga va orqaga qarab harakat qildiriladi. Jag‘ni ikki yonga harakat qildirish mashqida
yuqoridagi mashq holatida jag‘ni ikki yonga shoshilmay harakat qildirish lozim. Mashq
bir necha marta takrorlanadi.
Endi bolada ―K‖ tovushining to`g‘ri artikulyatsiya profili bilan tanishtiramiz.
Tilning orqa qismi yumshoq tanglay tomon yoysimon shaklda ko`tarilib, pastki
tishlarga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning o`rta qismi orasidagi masofa torayadi.
Shu masofadan siqilib, kuch bilan yorib chiqqan havo ―K‖ undosh tovushini hosil
qiladi.
Biz bolaning nutqida yo`q ―K‖ tovushini hosil qilishda bolaga ―ta-ta-ta‖
bo`g‘inini aytishni taklif etamiz, shu vaqtning o`zida maxsus zont yordamida tilning
uchi bosilib, orqaga biroz itariladi.Bunda logopedik zont va shpateldan foydalaniladi.
Bordiyu logopedik zont va shpatel bo`lmagan vaqtda gigienaga rioya qilgan holda qo`l
barmoqlari yoki paxta o`ralgan gugurt cho`pidan foydalanish mumkin.
Shpatel yordamida ―K‖ tovushini nutqqa kiritish usuli Bunda til orqa tomonga surilgan sari ―ka-ka-ka‖ bo`g‘ini eshitiladi. ―K‖ tovushi
artikulyatsiyasi aniq hosil bo`lgandan so`ng mexanik vositalar yordamisiz ―K‖ tovushini
talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo`g‘in, so`z, gaplar va she‘rlar ayttirish yordamida
mustahkamlab boriladi. ―K‖ tovushining aniq va to`g‘ri talaffuzi hosil bo`lganidan
so`ng ―K‖ tovushi ishtirok etgan bo`g‘inlar talaffuz ettiriladi.
―K‖ tovushi ishtirok etgan so`zlarni to`g’ri talaffuz etishga o`rgatish
Kir karam kamalak Ko`z ko-la ka-ma-lak Ko`r ko`rik kapalak ka-pa-lak Ko`za, kurtka, karam, maktab, choynak, kurtak, kapkir, ipak, kuchuk va hokazo.