Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/35
tarix11.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#111096
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
portal.guldu.uz-BITIRUV MALAKAVIY ISHI (1)

―Jonli so`zlar ‖ o`yini. 


O`yin guruh Bilan o`ynashga mo`ljallangan bo`lib, tarbiyachi dastlab doskaga uchta 
bolani chiqaradi va o`yin qoidasini tushuntiradi: 
Hozir siz bilan ―Jonli so`zlar ‖ o`yinini o`ynaymiz. Bu bolalar so`z bo`ladilar. 
Demak, uch so`zdan iborat bo`lgan gap tuzamiz. Bolalar gap tuzadilar. Masalan, Lola - 
―bog‘da‖, Jasur -― pishdi‖, Aziz - ―mevalar‖ degan so`zni ifodalaydilar. Keyin 
tarbiyachi bolalarni chapdan o`ngga qarata ketma - ket joylashtirib, gap ―yozishlarini ‖ 
taklif qiladi. Vazifa bajarib bo`lingach, jonli so`zlar o`z so`zlarini aytadilar, bolalar esa 
aytilgan gapni eshitadilar. 
O`yin gap va ―Jonli so`zlar ‖ni almashtirish orqali davom etadi. 
O`yinning 2 – turi 
O`yinning ikkinchi turi ham birinchi turga o`xshab, bolalar Bilan bigalikda avval 
gap tuziladi, so`ngra bolalarga gapning so`zlarini bo`lib beriladi. ―Jonli so`zlar ‖ o`z 
so`zlarini bilib olganlaridan so`ng tarbiyachi
―jonli so`zlarga‖ murojaat qiladi: 

Hozir siz o`z joylaringizni aniqlab, ketma – ket turgan holda aytilgan gapni 
―yozasiz‖, qolgan bolalar sizlarni kuzatib turadilar, - deydi.
Bolalar tezda ketma – ket turib aytilgan gapni yozishlari kerak, so`ngra har bir bola 
o`z so`zini ovoz Bilan aytib, gap hosil qiladilar. 
O`yin shu tarzda bolalarni va gapni almashtirish orqali davom ettiriladi. O`yinda o`z 
qatorini adashtirmay to`g‘ri topib turgan holda so`zni aniq talaffuz qilgan bola g‘olib 
sanaladi va rag‘batlantiriladi. 
―Sehrli qalamchalar‖ o`yini 
 
O`yin uchun bir necha rangli qalamchalar va ular yordamida chizilgan turli narsa 
va buyumlar rasmi kerak bo`lib, ular doskaning o`rtasiga joylashtiriladi. O`yinni yakka 
holda yoki guruh bilan o`ynash mumkin.
Tarbiyachi bolalar diqqatini doskaga qo`yilgan jihozga qaratib : 
- Bolalar, siz ko`rayotgan mana bu qalamchalar oddiy qalamchalar emas, balki 
ular ―sehrli‖ qalamchalardir. Ular mana bu rasmni bir zumda chiza oladilar. Keling, 
hozir ular nimalarning rasmini chizganliklarini aniqlaymiz. 


Tarbiyachi birin – ketin ko`rsatadi, bolalar esa ularni nomlaydilar. Tarbiyachi 
bolalar diqqatini maqsadda ko`zlagan bir tovushlarning (masalan s, b, rva h.k.) o`rnini 
so`z boshida, o`rtasida, oxirida) aniqlashga qaratadi. Tarbiyachi:
- Bolalar, endi har bir qalamcha qaysi rasmni chizganini aniqlaymiz. 
Hozir har biringiz o`zingizga yoqqan rangdagi qalamchani tanlab olasiz. 
Qalamchangiz qaysi rasmni chizganini ular qoldirgan izdan yurib aniqlaysiz va 
nomlaysiz. Agar siz rasmda nima aks ettirilganini to`g‘ri topsangiz uni aniq, ravon 
talaffuz qilsangiz rasmni o`zingizga olishingiz mumkin. Shu tartibda bolalar 
qalamchalar chizgan rasmlarni aniqlaydilar. O`yin doskadagi jihozni almashtirish orqali 
davom ettirilishi mumkin. O`yinda kim ko`p rasm to`play olsa, o`sha bola g‘olib 
sanaladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin