12-seminar mashg’ulot: Pedagogika fanida nazariya va amaliyotning birligi. Pedagogik faoliyat.
Davlatimiz istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog’liq. Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan bir qator qarorlar ana shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimini, kadrlar tayyorlashni yangilash vazifalarini ta’lim - tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni jadal kiritish, auditoriyada, sinfda, darsdan tashqarida o’quv tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’quvchilarning faolligini oshirishga erishish orqaligina bajarish mumkin.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan - kunga kuchayib boromoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anvaiy ta’limda o’quvchi - talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi - talaba asosiy figuraga aylanadi.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar etarli. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi pedagogik texnologining asl moxiyatini aniqlashga yo’l ochadi. Fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiya pedagogika fanining alohida tarmogi sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini makbullashtirishga yunaltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu soxadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Shunday qilib, o'qitish metodi o'qituvchi va o'quvchilar vazifasi nazariy va amaliy bilish faoliyatini talimiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo'ldir. Unga quydagi muyyan talablar qo'yiladi.
O'quv metodlarini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li fikrlashning dialektik materialistik usuli, mustaqil qarashlar, irodaviy hususiyatlari va quloqning shakllanishiga olib kelishi kerak. Ana shu talab nuqtaiy nazaridan metod tarbiyaviy tusda bo'lishi lozim.
O'qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo'lmasligini ko’ra oladi.
O'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llashi, o'quv metodlarini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyatiga bog'liq bo'lishi lozim.
O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy tadbir.
Bilimlarning puxtaligi va asosiyligi.
O'qitish metodikasi nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tutiladi, va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishini unga erishish bo'yicha faoliyat uning obektini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni berishini taqazo etadi. Har qanday faoliyat uning obektini talab qiladi. Nihoyat metod maqsadga olib borishi kerak, aks holda u qo'yilgan maqsad uchun yaroqsizlikni, yoki bo'lmasa bu xolatda uning umuman noto'g'ri qo'llanilganligini etirof etish lozim. Shunday qilib har qanday uni qo'llashdan ko'zlanadigan maqsadni, shu maqsadni amalga oshirish faoliyatini va faoliyatini bajarish vositalarini talab qiladi. Bu vazifalar faoliyat obekti to'g'risidagi predmetli yoki aqliy bilimlar qo'yilgan maqsadga albatta erishishdan iborat bo'lishi mumkin. Bularning hammasi har qanday metodga nisbatan maqsadga muvofiqdir. Lekin o'qitish metodi uchun yetarli emas.
Metod strukturasiga o'qish usullari turadi. Lekin metod mazkur usullar majmuyidan iborat emas. Usul o'qituvchi yoki o'quvchilar aqliy yoki amaliy ishning alohida operatsiyalari bo'lib, ular mazkur metodda tavsiya etilgan materialni o'zlashtirish shaklini to'ldiradi. Masalan: O'qituvchi eslab qolish usulini beradi. Usul, metoddan ajraladi, o'zining bilimlarini o'zlashtirishdagi va ko'nikmalar hamda malakalarni shakllantirishdagi ahamiyatini yo'qotadi.
O'qitish usullarini quydagilarga bo'lish mumkin:
-tafakkur, xotira, diqqat va xayolning alohida operatsiyalarini tarkib toptiradigan va faollashtiradigan usullar.
-fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarini vujudga keltiradigan usullar.
-o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish bilan bog'liq kechinmalarni va hissiyotlarni faollashtiradigan usullar.
-nazorat va o'quvchilarni o'zini-o'zi nazorat qilish usullari.
-o'qitish jarayonida o'quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o'zaro munosabatlarini boshqarish usullari.
Dostları ilə paylaş: |