Pedagogika g'oyalari tarixi: Pedagogika g'oyalari, ta'limning o'zgaruvchan rivojlanishi tarixini ifodalovchi maqoladagi ilmiy asarlar va ilmiy tashkilotlar tarixi o'rganiladi


SHAXS RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR



Yüklə 48,29 Kb.
səhifə4/6
tarix22.10.2023
ölçüsü48,29 Kb.
#159840
1   2   3   4   5   6
Psixologiya1m

SHAXS RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR
Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta’sir etadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda, ota21 onalarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba’zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochining, ko‘zining, terisining rangi, bo'yi-basti va boshqalar) ega bo'lgan holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug'tna o'tadi. Bu fiziologik xususiyat hisoblanadi. Akademik I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra bola bir qator tug‘ma xususiyat va instinktlarga ega holda tug‘iladi va bular shartsiz reflekslar guruhini tashkil etadi. Bular orasida oshqozon refleksi (so‘lak ajratish), muhofaza refleksi (issiqdan qo‘lni tortish, yorug‘dan ko‘zini qisish) kabilar alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo bu xususiyatlar insonga ham, hayvonga ham taalluqlidir. Ayni vaqtda insonlarga xos bo‘lgan xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan o‘tadi. Masalan, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati - bular tug‘ma imkoniyatlar bo‘lib, ulaming rivojlanishi uchun inson bolasi odamlar orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi darkor. Bu ruhiy imkoniyatlaming chindan ham rivojlanmog‘i, ro‘yobga chiqmog‘i uchun bola faqat o‘sibgina qolmay, balki shu o‘sish jarayonida insonlar orasida yashamog‘i, ulg‘aymog‘i va ijtimoiy hayotda ishtirok etmog‘i kerak. Chunki inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi. Bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqat’i borligi namoyon bo‘ladi. Fiziologiya va psixologiya fanining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi. Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda bo‘lib, uning uyg'onishi - rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.

Yüklə 48,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin