Pedagogika g'oyalari tarixi: Pedagogika g'oyalari, ta'limning o'zgaruvchan rivojlanishi tarixini ifodalovchi maqoladagi ilmiy asarlar va ilmiy tashkilotlar tarixi o'rganiladi


HAR TOMONLAMA RIVOJLANGAN INSON TARBIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI



Yüklə 48,29 Kb.
səhifə3/6
tarix22.10.2023
ölçüsü48,29 Kb.
#159840
1   2   3   4   5   6
Psixologiya1m

HAR TOMONLAMA RIVOJLANGAN INSON TARBIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Tarbiyaning maqsadi. 'Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritganda, uning aniq maqsadga yo‘naltirilgan hodisa ekanligi ta’kidlanadi. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillami tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o‘rinda turar ekanjHaqli savol tug'iladi: tarbiyaning maqsadi nima? Uning maqsadini kim va nima belgilab beradi? Tarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to‘g‘ri javob topishga bog‘liq. Ya’ni birinchi navbatda, ^tarbiya bilan shug‘ullanadigan har bir tarbiyachi, awalo, o‘z faoliyatini va unda ko‘zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. [Demak^qanday odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo‘lishi kerak, degan savollami awaldan tasavvur etish zarur ekan. Bu maqsad jamiyatning barkamol inson shaxsini tarbiyalashdek masalasini ko‘ndalang qo‘yadi.
Tarbiyaning vazifalari keng va ko‘p qirralidir. Та’limning asosiy vazifasi o'qituvchilami bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish bo'lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan 12 odob-axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, axloqiy malaka va ko‘nikmalami, ehtiyoj va intilishlami tarkib toptirishdan iborafe-7 Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy gulis-ton yoxud axloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning o‘rnini alohida ta’kidlab, shunday degan edi: «Janobi Haq insonlaming asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zarami, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlami qiladigan nodon, johil, bir rasvoyi odam bo‘lib chiqadi». Axloqimiz binosining go‘zal va chiroyli boMishida tarbiyaning ta’siri kattadir. Yuqorida biz, tarbiyadan maqsad - barkamol insonni tarbiyalash, degan edik. Xo‘sh, barkamol inson deganda kimlami tushunmoq kerak? Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy axloq qoidalari asosida tarkib topib borgani tarixdan ma’lum. Qur’oni Karim oyatlari, Payg‘ambar alayhissalom hadislari, ulamo va hukamolarimizning kitoblari tarbiyamizning manbayi bo‘lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Islomiy tarbiya bolani yetti jihatdan tarbiyalashni maslahat beradi. Bular: sog‘liq va badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya, vijdoniy-nafsoniy tarbiya, diniy-ruhiy tarbiyadir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, tarbiyasini, odobini ham yaxshilanglar!», deganlar. Shu bilan birga, «Hech bir ota o‘z farzandiga xulq-odobdan yaxshiroq meros qoldirolmaydi», deb tarbiyada ota-onaning rolini belgilab o‘tganlar. Islomiy (sharqona) tarbiya barcha mo‘min-u musulmonlami nihoyatda xush xulqli, shirin so‘zli, oliyjanob boiishga da’vat etadi. Bir rivoyatda yaxshi tarbiya ko‘rganning o‘nta nishonasi sanab o'tiladi:
1.Xalq to‘g‘ri deb topgan narsaganoto‘g‘ri deb qaramaslik.
2 .0 ‘z nafsiga insof berishni so‘ rash.
3.Boshqalardan ayb qidirmaslik.
4.Birovda yomonlik sodir bo‘lsa, uni yaxshilikka yo'yish.
5.Agar gunohkor uzr so‘rasa, uning uzrini qabul qilish.
Turli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham, xususiyati ham o‘zgarib boradi. Buni ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm va kapitalizm formatsiyalari misolida ham ko'rish mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiyaning maqsadi oddiy bo‘lib, shunchaki insonning hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilgan. Quldorlik tuzumida quldorlar va qullarning paydo bo'lishi tarbiyaning xususiyati va maqsadini ham o‘zgartirdi. Quldorlaming bolalari hukmron bo‘lishga intildilar, bosqinchilik urushlari olib borish uchun harbiy san’atni o‘rganib bordilar. Qullarning bolalari oddiy qora ishni bajarish, mehnat jarayonida ishtirok etishga o‘rgatildi. Feodalizm tuzumiga kelib tarbiya keskin tabaqalana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoj topa borishi ta’lim mazmunini o‘zgartirib yubordi, ta’lim sekin-asta ilmiy xarakter kasb eta boshladi, bu, o‘z navbatida umumiy ta’lim kurtaklarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Endi feodal bolalariga ilmiy bilimlar berish, ularni maxsus maktablarda tarbiyalash zarurati tug‘ildi. Kapitalizmga kelib tarbiyaning tabaqalanish xususiyati yana kuchliroq sezila boshladi. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivoj lanishi, ishlab chiqarish korxonalarida ishlash, dastgohlarni boshqarish, ish unumdorligini oshirish ishchilardan savodxonlikni, ilmli bo‘lishni talab etdi. Bu davrga kelib ishchilaming bolalariga ham birmuncha ilm berish, o‘qish davrida ularga shaxsiy mulkni muqaddas ekanligini uqtirib borish tarbiyaning asosiy maqsadi bo‘lib qoldi. Aqliy tarbiya. Inson hamisha odamlar qurshovida yashaydi, ijtimoiy muhit sharoitida uning aqliy rivoj lanishi, fikrlash qobiliyati amalga osha boradi. Bunda insonning normal jismoniy rivojlanishi uchun sharoitlar bo'lishi kerak. Insonning aqliy rivojlanishi sotsial muloqot va tarbiya ta’sirida intensiv rivojlanib boradi. Agar tarbiyachi o‘z vaqti va o‘mida rejali ravishda uning bilish faoliyatiga ta’sir ko'rsata borsagina aqliy rivojlanish muvaffaqiyatli ko‘chadi. Demak, aqliy tarbiya deganda tarbiyachining o‘quvchilar aqliy kuchini va tafakkurini rivojlantirish, unda aqliy mehnat madaniyatini tarkib toptirishga qaratilgan maqsad yo‘lidagi faoliyati tushuniladi. 14 Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiya tizimining bir qismi boiib, uning mazmuni barcha fanlar bo'yicha bilimlar sistemasini bilib olishni va shu asosda yoshlarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish, tafakkur va nutq qobiliyatini o‘stirishdan iboratdir. Aqliy tarbiya barcha fanlardan umumiy ma’lumot berish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilarga maktab dasturlari asosida bilim berilib, ularga xotira, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish kabi xislatlar taraqqiy ettiriladi. Abu Nasr Forobiy inson aql-zakovati xususida fikr yuritib, bunday deydi: «Barcha masalani: muhokama va mulohazani tezda tushuna oladigan, uning ma’nosini anglaydigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin. 1. Xotirasi juda baquwat bo‘lsin, ko'rgan-eshitgan, sezgan narsalarining birontasini ham esidan chiqarmay, yodda saqlab qoladigan bo‘lsin. 2. Zehni shu daraja tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishini tezda bilib olsin. 3. So‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo'lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin. 4. Bilim va o‘qishga muhabbati bo'lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o'zlashtira olsin»1. Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama kamol topishining asosini tashkil etadi. U mehnat unumdorligini oshiradi va mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptiradi. Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi tartib-qoidalarining yig'indisi sifatida gavdalanadi. Xulosa qilib aytganda, insonning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarga bo'lgan munosabatidan uning axloqi namoyon bo'ladi. Xalqimiz axloqiy fazilatlami qadim zamonlardan beri boy it lb kelgan. Axloq-odobga oid fikrlar «Avesto» kitobida, qadlmgi bltiklarda, pandnomalarda va boshqa yozma manbalarda o'z Ifodaiinl topgan. 0 ‘tmllhdagl ulug‘ allomalaming axloq haqidagi koâ€
Yüklə 48,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




VerilÉ™nlÉ™r bazası müəlliflik hüququ ilÉ™ müdafiÉ™ olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana sÉ™hifÉ™


yükləyin