3. Maktabgacha ta’lim bo‘limlariningnazorat qilishga tayyorgarligiva uning bosqichlari
Nazorat qilishga nazoratchi-metodistning tayyorgarligi Maktabgacha ta'lim muassasalarini tekshirish oldidan tekshiriladigan muassasalar maktabgacha ta’lim bo'limlari tomonidan belgilanadi, buning uchun yuqori boshqarma tomonidan «Ruxsatnoma» xati olinadi. Bizning institutimiz tomonidan esa Toshkent shahar maktabgacha ta'lim maktabgacha ta'lim boshqarmasiga ma'lumotnoma yuboriladi.
1. Bunda tekshiriladigan tuman muassasalarning nomi, raqami ko'rsatiladi. Keyin tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri nomiga «Ruxsatnoma» xati olinadi.
2. Tekshirish shahar, hokimiyat - shahar qo'mitalari tomonidan bolsa, tekshirish uchun «eslatma-savollar» tuziladi, shu orqali muassasa ishi tekshiriladi.
3. Tekshirishi lozim bo'lgan muassasa haqida maktabgacha ta'lim bo'limidan ma'lumot olish; bunda nazoratchi-metodistga muassasasa haqida dastlabki ma'lumotlar berilib, maktabgacha ta’lim muassasalarning maktabgacha ta’lim miqyosida tutgan o'rni, uning butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishiladi;
4. Tekshirish rejasi tuzilib, tekshirish muddati, kim tomonidan tekshirilayotganligi ko'rsatiladi (Bu tinglovchiamaliyotchilar uchun).
Nazorat qilishga tayyorgarlik bu - davlatimizning «Maktabgacha ta'lim» bo'yicha qaror, ko'rsatma, buyruq, instruktiv va direktiv hujjatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib chiqishni nazoratchi-metodistdan talab qiladi. Bu - «Maktabgacha ta'lim» dasturining hamma bo'limlarini yana bir bor chuqur o'rganishni talab qiladi. Shu o'rinda biz yuqorida aytib o'tilgan «Direktiv» va «Me'yoriy» hujjat nima ekanligini tushunib olishimiz lozimdir.
Direktiv hujjat - bu farmon, farmoyish, yo'l-yo'riq, ko'rsatma, ya'ni yuqori bo'limlar tomonidan quyi bo'limlarga yoki rahbarning o'z xodimlariga bergan ko'rsatma, yo'1-yo'riqlariga aytiladi.
Meyoriv hujjat esa - me'yorlar qoidasiga asoslangan hujjatdir.
Masalan: Bolalarning yoshi bo'yicha yosh guruhlariga to'g'ri taqsimlash, xodimlarni shtat me'yori bo'yicha ishga qabul qilish, smeta bo'yicha xarajatlarni taqsimlash - sarflash, bolalarning ovqatlantirish me'yorlari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va hokazolardan iborat.
Shuningdek, xalq xo'jalik rejalarida ko'zda tutilgan ijtimoiy maktabgacha ta’lim rivojlantirish bo'yicha asosiy ko'rsatkichlarning bajarilishi, Maktabgacha ta'lim bo'limlari
tomonidam maktabgacha ta'lim muassasalarini kadrlar bilan ta'minlash, qishloq maktabgacha ta'lim xodimlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanishi me’yorlari kiradi.
Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o'z ustida ko'proq ishlashni, g'oyaviysiyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy, pedagogik va metodik ishlarning mohirono o'z ishida qo'llashni talab etadi.
Nazorat qilishning mazmunli tizimini amalga oshirishda nazorat qilishni olib borish bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar: 1) Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish;
2) Tekshirishning maqsadi va vazifalari to'g'risida mudirani ogohlantirish;
3) Ishning borishini xarakterlovchi hujjatlarni o'rganish (hisobot, akt va hokazo).
4) Muassasa xodimlari bilan suhbat;
5) Maktabgacha ta'limni boshqarish ishini o'rganish, uning holatini tahlil qilish;
6) Maktabgacha ta'lim muassasalarming ishni tanlangan holda tekshirish;
7) Maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni rivojlantirishda ijobiy natijalari tajribalarini aniqlash, ularni amalda tatbiq etish yo'llarin ishlab chiqish, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
8) Aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish, ularni yo'qotish uchun ko'rsatmalar, amalda yordam berish. Jamoada muhokama qilish;
9) Tekshirish yakunlari bo'yicha ma'lumotnoma yoki akt tuzish;
10) Bajarilgan ishlar bo'yicha boshqarma, bo'lim (amaliyot rahbari oldida hisobot berish).