Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


- MAVZU: NAZORAT QILISHNING USUL VA USLUBLARI



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə24/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

8- MAVZU: NAZORAT QILISHNING USUL VA USLUBLARI
Reja:
1.Nazorat va uning funktsiyalari
2 .Nazorat qilishning maqsadi, vazifalari va unga qo'yiladigan talablar
3. Maktabgacha ta’lim bo‘limlariningnazorat qilishga tayyorgarligi va uning bosqichlari
4. Nazorat qilishning usul va uslublari
5. Maktabgacha ta'lim muassasalarini frontal уalpi tekshirishning asosiy yo'llari
6. Maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan MTT ni tematik tekshirishning maqsad va vazifalari
Tayanch tushunchalar: patronaj, dolzarb, istiqbol reja,frontal-yalpi, tematik
tekshirish, hisobot
1. Nazorat va uning funktsiyalari.
Nazorat — boshqaruvning muhim vositasi, u yuzaga chiqadigan muammolarni ular hali jiddiylashib ulgurmasidanoq aniqlash va hal etishi uchun zarurdir.
Muntazam nazorat — "rahbar — jamoa" tizimidagi o’ziga xos "qaytar aloqa". U avtomatik boshqaruv sistemalaridagi qayta aloqa singari umuman jamoa yoki uning ayrim a’zosining muayyan vazifani hal etishdan olganligini o’z vaqtida aniqlashi kerak. SHundan keyin rahbar faoliyatning amaldagi ahvolini rejalashtirilgani ("taqqoslash qurilmasi") bilan "qiyoslaydi va boshqarish uchun qanday harakat qilishni belgilaydi. Bu nazorat funktsiyasini "mexanik" tasavvur etishdir. Amalda esa nazorat tufayli faqat faoliyatdagi chetga chiqishlikgina emas, balki bunday chetga chiqishlikni sababi, ularni bartaraf etish yo’llari belgilanadi.
Nazorat yuqorida qayd etilgan funktsiyalarni amalga oshira olishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Strategik yo’nalish — tashkilot yoki uning bo’linmalari ustuvorligi va maqsadlarini aks ettiradi, ularni qo’llab-quvvatlashni bildiradi. Mayda-chuyda narsalar ustidan nazoratni o’rnatish maqsadga muvofiq emas.
2. Natijalarni mo’ljallash — tashkilot oldidagi aniq maqsad va vazifalarni hal etish.
3. Nazoratning o’z mohiyatiga muvofiqligi — tashkilot ishi muhim ko’rsatkichlarini ob’ektiv o’lchash va haqqoniy baholash.
4. O’z vaqtidagi nazorat — tashkilot faoliyatini tekshirishning vaqt oralig’i natijaviyligi nuqtai nazaridan samaradorligini belgilash.
5. Nazoratning moslashuvchanligi — tashkilot faoliyatidagi sodir bo’layotgan muhim o’zgarishlarga moslasha olishlik.
6. Nazoratning soddaligi — nazoratni tekshiriluvchilar va tekshiruvchilar tomonidan tushunilishi MTTdagi muntazam nazorat uning xodimlar tarkibining o’quv-tarbiyaviy jarayonkabi faoliyat turlarini o’z ichiga olishi lozim.
O’quv-tarbiyaviy jarayon nazoratining o’ziga xos tomoni bo’lib, uni rejalashtirish va o’quv-uslubiy ta’minlash hisoblanadi.
Nazorat qilish deganda - Davlat nazorati, maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan rahbarlikning tekshirish shakllariga aytiladi.
Bu - Mustaqil Davlatimizning qaror, hukumat, ko'rsatma, yo'l-yo'riqlarini, «Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, maktabgacha ta'lim yoki tashkilotlar tomonidan, maktabgacha ta'lim ahvolini tekshirish, shuningdek, maktabgacha ta'lim bilan bog'liq bo'lgan ariza, imkoniyat, iltimoslarni tekshirishdir. Bu - «Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom», «Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi», «Ilkqadam» davlat dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratdir.
Bu - har bir maktabgacha ta'lim muassasi ishidagi kamchiliklarni yo'qotish choralarini ko'ruvchi, pedagogik ta'limtarbiya, pedagogik ish sifatini o'stirishda aniq amaliy yordam ko'rsatuvchi tekshirish shaklidir.Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini - O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Maktabgacha ta'lim Konsepsiya»sida ko'rsatib berilgan ilmiy jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi tamoyillariga asoslanadi. Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshira borib, maktabgacha ta'lim bo'limlarida nazorat ishlarini amalga oshirishda asosiy negiz bo'lib xizmat qiladi. «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amxo'rlik qiladi» deyiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida.Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo'lishi talab etiladi.
Ulug' bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: «Qasrda qonun hukmronlikqilsa, shuyerda erkinlikbo'ladi». Maktabgacha ta'lim bo'limlarida nazorat amalga oshiradi.
Nazoratchi-metodist - bu ma'liim sohaga tegishli qonunqoidalarning to'g'ri bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs.
Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon - uning ishini tashkil qila bilish qobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq farovonligi yo'lida g'amxo'rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak qo'yuvchi rahbar, deya olsin».
Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o'ylangan tizimini ishlab chiqish, o'tmishni mas'uliyat bilan tahlil etish -kelajak yo'lini talab borishini, o'tkir muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki ro'yi-rost ochib tashlash kerakligi uqtiriladi.
«Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz Iozim». «Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon va insof, so'z va ish birligi insonparvarlik - biz qurayotgan jamiyatimizning tamal toshlaridan biridir» - deb uqtiradi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «O'zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlari» asarida (1992-yil).
Bu vazifalarni to'g'ri, o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin