Kompleks mashg'ulotlar- bu mashg'ulot bolalar bog'chasi tajribasida keng tarqalgan bo'lib, bunday mashg'ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi.
Kuzatish-atrof olam predmetlari va xodisalarini maqsadga muvofiq rejali idrok etishdir. Kuzatish murakkab bilim faoliyati bo'lib unda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etadi. Barqaror diqqat talab etiladi. Kuzatilayotgan xodisani tushuntirishda bolaning tajribasi, bilimi va malakalari muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Ko'nikma- insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Ko'nikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qo'llay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko'nikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Ko'nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko'nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy ko'nikmalar bilim olishga, uni o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ko'nikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik to'g'ri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. Ko'nikmalar esa ko'proq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi Maktabga umumiy tayyorgarlik-bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharaoitlariga va o'quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik -bola maktab ta'limiga o'tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlattalablari- Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi "Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari" orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim-tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo'lib u davlat hujjati sifatida e'tirof etiladi.