Maktabgacha ta`limda boshqaruv va menejment fanidan Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni “Maktabgacha ta`limda boshqaruv va menejment” fani bo`yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o`rganish jarayonining tarkibiy qismi bo`lib, uslubiy va axborot resurslari bilan ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o`qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar.Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Undan tashqari ayrim mavzularni kengroq o`rganish maqsadida qo`shimcha adabiyotlarni o`qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo`yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo`shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o`rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish o`yllarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to`plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to`garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o`quv faoliyati samarali bo`lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o`qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o`zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o`qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Maktabgacha ta`limda boshqaruv va menejment”fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi katta mavzular ko`rinishida shakllantirilgan.
Talabalarga mustaqil ish bo`yicha tavsiyalar Talaba mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
‘Darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;
Tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruzalar qismini o`zlashtirish;
Maxsus adabiyotlar bo`yicha fan blimlari yoki mavzular ustida ishlash;
Talabaning o`quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo`lgan fanlar blimlari va mavzularni chuqur o`rganish;
Faol va muammoli o`qitish uslubidan foydalanadigan o`quv mashgulotlari.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o`quv dasturidagi muayyan masalalarni auditoriyadan tashqari mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar doirasini kengaytirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Kerakli ma'lumotlarni yig’ish, tasnif va tahlil qilish, ular bilan samarali ish usullari va vositalarini aniqlash;
-axborot bilan ishlash texnologiyasini o`rganish;
-an'anaviy va elektron o`quv adabiyotlari va ma'lumotlar majmuidan kerakli ma'lumotlarni ajratish, ular bilan ijodiy ishlash ko`nikmasi va malakasini hosil qilish;
-internet tarmog’idan maqsadli foydalanish, berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
-ish natijalarini matnini va elektron nusxasini tayyorlash va muhokamaga qo`yishga o`rgatish;
-mustaqil ish natijalari mutaxassislar jamoasida himoya qilish tartibi va madaniyatiga o`rgatish.