Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə26/93
tarix20.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145825
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pe-hozir.org (1)

MAVZU: OILA TARBIYASI VOSITALARI.

Reja.
  1. Tarbiya vositalari va oila.


  2. Oilada bolalarni tarbiyalash vositalari.




Tayanch tushuncha: oila, tarbiya vositasi, vatanparvarlik, xalq og‘zaki ijodi, milliy meros, an’analar.
Oilada bolalarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘laniladigan eng xarakterli usullardan biri, xalq donishmandlarining axloq va odob yuzasidan aytiladigan hikmatli so‘zlari, maqollari, u yoki bu ertak orqali halqilinishi kerak bo‘lgan muammo sifatida ishlatilishidir. Aniqrog‘i axloq-odob masalalariga bag‘ishlangan xalq maqollarining naqadar hayotiy ekanligini ma’lum ertak orqali aytib berilishidir.
Ko‘pchilik ertak, dostonlarda ota-ona va keksalarning turmush tajribalarini ifodalash bilan birga yoshlarni unga bevosita amalqilishlariga undaydigan maslahat va pand-nasihatlar ham asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Masalan: “Qorasoch pari” ertagida ona o‘z o‘g‘li Nodirni safarga jo‘natishdan oldin shunday deydi: “Mening uch nasihatimni esingdan chiqarma, birichisi – birovga xiyonatqilma, ikkinchisi – birovning dilini og‘ritma, uchinchisi –qaysi shaharga borma, eng avval o‘sha shaharningqariyalari bilan suhbatlashib ishqil”. Mazmunida nasihatqiladi. Nihoyat ona nasihatiga amalqilgan farzand bir umrga murod-maqsadiga etib yashaydi.
Xalq og‘zaki ijodiyotining barcha janrlarida bolani atrofidagi kishilarga yordamlashish, hamdardlikqilish ruhida tarbiyalash g‘oyalari o‘rtaga tashlanganini ko‘ramiz. o‘zbek xalqi o‘rtasida kundalik ehtiyojga aylangan amaliy san’at turlaridan o‘ymakorlik- yog‘och, ganch va mis o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, kulolchilik, milliy liboslarni tikish kabilar o‘zbek oilalarida birinchidan, moddiy ehtiyojniqondirish bo‘lsa, ikkinchidan, farzandlarni mehnatga o‘rgatishda, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishni tarbiyalashda muhim tarbiya vositasi sifatida foydalanib kelingan. Tajribadan ma’lumki, bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy musiqa,qo‘shiqlar muhim o‘rinni egallaydi. CHunki barchaga ayonki, musiqa tarbiya manbaidir. Masalan: Alla o‘zbek xalqiningqadimiy, muhim tarbiyaviy harakterga ega bo‘lganqo‘shiq turlaridan biridir. Ona allasidan bahramand bo‘lmagan bolaqalbida ota-onaga, Vatanga nisbatan mehr-muhabbat hissi bo‘lishiqiyin. Alla aytmagan yoki alla eshitib katta bo‘lmaganqiz bola bo‘lmasa kerak. Alla tinglab katta bo‘lgan boladan ota-onaga nisbatan o‘zgacha muhabbat, hurmat hissi shakllanadi. Keksalarning aytishicha, san’at insonlarni yovuzlikdan saqlabqolar ekan.
Ota-bobolarimizdan meros qolgan chiroyli va ramziy ma’noga ega bo‘lgan urf-odatlarni bilish, bevosita ularda ishtirok etish va aynan ana shu urf odatlarning o‘tkazish tartibini bilish yoshlarni ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Bunday malaka va ko‘nikmalarni yoshlarda tarkib toptirish vazifasi avvalo ota-onaga oilaga yuklatiladi. Oilada ota-onalar farzandlariga mehmonnavozlik malakalarini o‘rgatish bilan birga, bevosita mehmonda o‘ziniqanday tutish, ovqatlanish, so‘zlashuv odoblarini ham o‘rgatib boradilar. Ayniqsa ovqatlanish odobini o‘rgatishlari juda muhimdirki, bu birinchidan, bolaning salomatligini ta’minlasa, ikkinsidan me’yorgaqarab ovqatlanishga o‘rgatadi, uchinchidan badnafslikdanqaytaradi, to‘rtinchidan tejamkorlikga o‘rgatadi. SHu bilan birga insonlarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi.
Xalqimizda bolalarni axloqiy tarbiyalashda dasturxon atrofi engqulay joy sanalgan. Bu erda katta yoshlilar farzandlariga pand-nasihatlar qilganlar. Nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligi tushuntirilgan. An’anaga ko‘ra ota-ona nasihatlarina bajarmaslik katta gunoh hisoblangan. Otaga tik boqma, oxirating kuyib ketadi, ota-onani roziqilish kerak, deb bolani ongiga singdirib borilgan. Oxirgi o‘n, o‘n besh yillar ichida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosabat buzila boshladi, keksalarni, ota-onalarni hurmatqilish zarurligi haqidagaqadriyatlarimizga e’tibor berilmayqo‘ydi. Ayrim bolalar ota-onalaridan moddiy yordam ko‘rayotganligi uchun “hurmat”qiladigan bo‘libqolishdi. Ota-onalarga nisbatan axloqsizlikqilish, ularni xo‘rlash,qarovsizqoldirish hollari ham uchrab turibdi. o‘zbek oilalarida bolani to‘g‘ri tarbiyalashda ularga axloq-odobqoidalarini tushuntirishda ota-onalar oldiga avloddan-avlodga o‘tibqator talablar qo‘yilgan:
  • bolani hech kimga yomonlikqilmaslikgaqo‘lidan kelgancha yaxshilikqilishga ko‘niktirish, uning ko‘ngliga muruvvat tuyg‘ularini solishga intilishni kuchli bo‘lishi;


  • bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib, o‘zlari ham shu yo‘ldan ketishlari; ota-onaning yaxshi odob, xulq egasi ekanligi, har bir xatti-harakatidan ko‘rinib turishi, bolalarga namuna sifatida xizmatqilishi;


  • yaxshi deb bilgan ishni o‘zlari ishlab ko‘rsatishlari va bu ishning yaxshiligiga bolani ishlantirishlari;


  • bolani tarbiyaqiladigan ota-onaning o‘zi to‘g‘ri so‘zli bo‘lishi;


  • bolaningqilayotgan yaxshi ishlarigaqarab, o‘z darajasiga loyiq mukofatlash, xatoga yo‘lqo‘ysa tanbeh berish;


  • bolalar ota-onasining yuzlaridagi norozilik alomatlarini ko‘rib, uni jazo ekanligini bilsin, rag‘batlantirish me’yorida bo‘lishi kerak;


  • bolaning oldida odillik bilan, ustozlarcha ish olib borish axloqiy tarbiyaning eng muhim asoslaridan hisoblanadi.


Umuman, oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda milliy an’analarni ota-onalar to‘g‘ri tushunib olishlari,qaysi an’analarqanday maqsad uchun hurmatqilishini yaxshi anglab etishlari juda muhim. CHunki talqin etilgan an’analar, urf-odatlar mazmunini, avvalo ota-onalarning o‘zlari yaxshi o‘zlashtirib, kundalik xayotdaqo‘llay olsalargina, farzandlariga uni ta’siri samaraliroq bo‘ladi. Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog‘liq.


“An’ana” – tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq an’analari – uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy – ijodiy faoliyati asosida, atrof – muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq holda avloddan-avlodga o‘tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o‘ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqaqadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy–madaniy merosga aylangan.
Urf – odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidanqabulqilingan xulq-atvorqoidalari ko‘nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-xovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida keksaqariyalar, kasal ojiz,qiynalgan kishilar holidan xabar olish,qo‘ni-qo‘shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.
Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanibqolgan va kiyinchalik o‘z-o‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos xodisa sifatida juda keng doiraniqamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Marosim – inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashgaqaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatida o‘tadigan, tartib-qoidalarga amalqilinadigan tadbir sanaladi. Masalan: ismqo‘yish, nikohdan o‘tish, dafnqilish, xotiralash, urug‘qadash marosimlari.
Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo‘lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealarni rasmiylashtiradi. Marosimlarni o‘tkazishda avloddan-avlodga o‘tadigan ramziy va rasmiy an’analar,qoidalarga amalqilinadi. Marosimga bo‘layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yokiquvonchiga sherik bo‘lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlarqilishadi. har bir marosimning o‘ziga xos umumqabulqilingan tuzilishi bo‘ladi. Inson hayotida bo‘lib o‘tayotgan muhim voqealarni nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim ham mujassamlashadi.
Buniquyidagi bir misolda ko‘rish mumkin: yoshlar voyaga etganda yigitlar uylanadi,qizlar turmushga chiqadi. Bu avloddan-avlodga o‘tib keladigan an’ana sanaladi. Yigit vaqizning oilaqurishi uchun nikoh to‘yi o‘tkaziladi. Nikoh to‘yini o‘tkazish esa insoniyat hayotiga singib ketganqoidaga ega bo‘lgan urf-odat hisoblanadi. Nikoh to‘ylarining asosiy shartlaridan biri kuyov va kelinning nikohdan o‘tishidir. har bir davrda bu to‘y bilan bog‘liq o‘ziga xos urf-odatlar vujudga keladi. Masalan: hozirgi paytda maxsus bezatilgan mashinalarda ko‘chalarda yurish, guvohlar bilan baxt uyiga borish, kerakli hujjatlarga imzo chekish, nikoh uzuklarini almashish kabi odatlarga amalqilinadi. Bu rasmiy va tantanali ravishda o‘tadigan marosimdir.
“An’ana”, “urf-odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog‘liq hodisa sanaladi. SHu bois an’analarning tarkibiyqismi urf-odat, urf-odatning tarkibiyqismi esa marosim ham bo‘lishi mumkin.
Ba’zi holatlarda “an’ana”, “odat” va “marosim” tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi so‘zlarqo‘shilib, masalan “an’anaviy bayram”, “mukofotlash marosimi”, “to‘y marosimi”, “nafaqaga kuzatish marosimi” tarzidaqo‘llaniladi. Marosim so‘zi jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan katta tadbir ma’nosini bildiradi.
Engqadimiy odamlarning turmushi bilan bog‘liq an’analar: to‘da bo‘lib yashash udumlari; sardorlik, oqsoqolik uchun olishuvlar; bolalikdan o‘spirinlikga; o‘spirinliklan erkaklikga o‘tish marosimlari; turli ko‘rinishli dafn odatlari;qurbonlik marosimlari oila va to‘y marosimlarining poydevori bo‘lgan pomgam, egzogam, monogam odatlari kabilar ibtidoiy jamoa taraqqiyotida jiddiy rol o‘ynagan. Ular ibtidoiy odamlarning mashaqqatli hayotida erishilgan tajribalarni asrash va ko‘paytirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Qadimiy odatlarni o‘rganishda “Avesto” kitobi engqadimiy manbalardan biri hisoblanadi. Zardushtiylik diniga xos odatlar hozirgi paytgacha ham saqlanibqolgan. Ular ichida eng kattasi Navro‘z bayramidir. Kasallikni oldini olish yoki undan saqlanish uchun isiriq tutatish, tongda xovlini tozalash, yuvinish, o‘choqga olov yoqish kabilar zardushtiylardan o‘tib kelayotgan odatdr.
Oilaviy marosimlar oila paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. SHu bilan birga o‘zgargan rivoj topgan. Taraqqiyot, zamon talabiga javob bermagan odat marosimlar unitilgan. Ularning o‘rnini esa oila ehtiyojlarini qoniqtiradigan yangi marosimlar egallagan.
O‘zbek xalqining oilaviy marosimlari ham tarixiy zururiyat asosida vujudga kelgan va zamon chig‘iriqlaridan o‘tib, muhim ma’naviyqadriyat sifatida ravnaq topgan. SHo‘rolar davrida har bir kishi yaxshi yashay olmasa, butun jamiyat ham yaxshi yashay olmasligi uqturiladi. Bu davrda asosiy e’tibor umumdavlat ishlarigaqaratildi. SHaxs, oila ehtiyojlari esa diqqat markazidan tushibqoldi. Jumladan, katta davlat bayramlari birinchi darajali, oilaviy – maishiy bayramlar ikkinchi darajali bo‘libqoldi. Xalqning asrlarmobaynida to‘plangan bebaho boyligi – shaxs va oila hayoti bilan bog‘liq marosim va bayramlar unutila berdi.
Hozirgi paytda jamiyatimiz oldida shaxs, oila turmush tarzini yaxshilash va u bilan bog‘liq oilaviy an’analar, urf-odatlar, marosimlarga e’tiborqaratish muhim muammo bo‘lib turibdi. Xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan oilaviy marosimlari sho‘rolar davrida jiddiy to‘siqlarga uchragan bo‘lsa ham mustaqillikka erishilgandan so‘ng ularqayta tiklana boshladi. Bu an’ana, urf-odat va marosimlar to‘g‘risidaqator kitoblar chop etildi. Oilaviy marosimlar xalq ma’naviyatining tarkibiyqismi, muhim axloqiyqadriyati, ta’sirchan tarbiya vositasi sanaladi. Oilaviy marosimlar jarayonida namoyon bo‘ladigan axloq-odob, mehr-oqibat kabi xislatlar yoshlar ma’naviyati shakllanishida muhim ahamiyatga eag. Xalq an’analariqadrlanadigan oilalarda tarbiya topgan yoshlar ibratli axloqi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bunday oilalardan jinoyatchi, bezori kishilar chiqmaydi. SHu bois xalq an’analari va oilaviy urf-odatlar yordamida yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, jamiyat asosini oila va uning a’zolari tashkilqiladi. Jamiyatning taraqqiyoti oila, shaxs rivojlanishi bilan belgilanadi. Marosim va bayramlar inson hayotining uzviyqismi hisoblanadi. har bir kishining shaxsiy hayotida shunday muhim voqealar, bosqichlar mavjudki, ular alohida e’tiborni, xursandchilik taqozo etadi. Bu hodisalar o‘ziga xos tantana va bayram tarzida nishonlanadi.
Farzandning tug‘ilgan kuni, unga ismqo‘yish, bolaning ilkqadam bosishi, o‘g‘il-qizning birinchi bor maktabga borishi, maktabni bitirishi, nikoh to‘yi, kumush, oltin va olmos to‘ylari, nafaqaga kuzatish kabilarni tantanali tarzda nishonlash inson hayotida ijtimoiy harakterga ega bo‘lgan ko‘pgina hayajonli hodisalar ham yuz beradiki, ular ham bayramona yoki tantanali kayfiyat yaratadi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtiga kirib, talaba bo‘lish, uni tugatish, ishga kirish, 40, 50, 60, 70, 80 yoshini nishonlash marosimlari kishi hayotida shunday voqealar sirasiga kiradi.
Insonlarningquvonch vaqayg‘usini atrofdagi kishilarga ma’lumqilish insonlar o‘rtasida hamjihatlikqaror topishiga sabab bo‘ladi. Farzandning dunyoga kelishi har bir oila uchunquvonch bag‘ishlovchi holatlardan biridir. Oila a’zolari chaqaloq tug‘ilganiniqarindosh-urug‘lari, yoru-do‘stlariga xabarqilgani borishgan. Ular esa buquvonchli xabar uchun suyunchi berishgan. CHaqaloq ota-onasi,qarindosh-urug‘lari chiroyli ism tanlashadi. CHaqaloqni dunyoga kelishi tantanali vaquvonchli oilaviy bayram sifatida nishonlanadi. Nikoh to‘ylari kumush va oltin to‘ylar va boshqa oilaviy marosimlar oilaviy bayramlar sarasiga kiradi.
Oilaviy marosimlar kishilik jamiyati madaniyatining tarkibiyqismi sanaladi. SHu boisdan ularda insonlarga xos bo‘lgan axloq me’yorlari aks etadi. Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarziqaror topayotgani sari shaxs va oila hayoti bilan bog‘liq ilg‘or an’analar shakllanib, tabora takomillashib bormoqda. Oilaviy an’analarni, oila hayotidagi muhim bosqichlarni, voqea va sanalarni bayram tarzida nishonlash muhim ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, xalq turmush tarzini takomillashtiradigan vosita hisoblanadi.
Xalq an’analari kishilar dunyoqarashini shakllanishida ta’sir etuvchi muhim omildir. o‘zbek oilalarida chaqaloq tug‘ilganidan to voyaga etib, o‘zi yangi oilaqurgunchaquyidagi urf-odat va marosimlar o‘tkaziladi:

  1. Xomilador ayol va tug‘ilajak chaqaloqni asrash bilan bog‘liq urf-odat;


  2. CHaqaloqni dunyoga kelishi bilan bog‘liq urf-odatlar (suyunchi);


  3. CHaqaloq sog‘lig‘ini saqlashgaqaratilgan urf-odatlar (chilla davri);


  4. Ism berish urf-odatlari;


  5. CHaqoloqni beshikka solish marosimi (beshik to‘yi);


  6. Soch olish marosimi (soch to‘yi);


  7. Tish chiqishi bilan bog‘liq urf-odatlar (tish to‘yi);


  8. Bolaning birinchiqadamqo‘yishi bilan bog‘liq urf-odatlar (ilkqadam to‘yi);


  9. O‘qil farzandlarni sunnatqilish urf-odatlari.


  10. Bolani 12 yoshga to‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan urf-odatlar (muchal to‘yi);


  11. YAngi oilaqurish urf-odatlari (Nikoh to‘yi);


  12. Kumush, oltin va olmos to‘ylari;


  13. 50, 60, 70 yoshlarni nishonlash marosimlari.


Farzand tug‘ilmasdan avval qilinadigan urf-odatlar. Halqimiz homilador ayolni asrab avaylaydi. Bu ota-onalarimizdan bizgacha etib kelgan odat. homilador ayolga yomon gapirish,qo‘pollikqilish eng katta gunoh sanaladi. homilador ayollarning asabiylashishi, og‘ir yuk ko‘tarishi, zo‘riqishiga aslo yo‘lqo‘yish mumkin emas.


Qadimdan homilador ayolga murdani ko‘rish, axlat tashlangan joylardan yurish, mol so‘yilgan erlardan o‘tish, supurgi, tayoq, arqon, suv ustidan sakrab o‘tish taqiqlangan. homilador ayol amalqilishi kerak bo‘lganqadimiy o‘gitlarda katta ma’no bor. Ularni o‘ziga xos asosga ega ekanligini zamonaviy ilm-fan ham tasdiqlaydi. Xalqimizning barchaqadimiy odatlari homilador ayol va uning tug‘ilajak farzandining, jismoniy ruhiy xavfsizligini saqlash, chaqaloqning sog‘-omon tug‘ilishini ta’minlashgaqaratilgan. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi onaqornida boshlanishini usha zamonlardayoq tushunib etishgan.
SHunday ekan homilador ayol hayoti bilan xalq urf-odatlarini chuqur o‘rganish, tahlilqilish, ulardan unumli foydalanish millatning kelgusi bo‘g‘ini uchun jiddiy zamin yaratadi.
CHaqaloq va onasi uchun chilla davri. alqimizning urf-odatlari orasida farzandning dunyoga kelishi bilan bog‘liq marosimlar mavjud, ularning har biri yaxshi niyatlar bilan amalga oshiriladi. Bu chaqaloq tug‘ulganda yaqin kishilardan “suyunchi olish”, “kindik kesish”, bolani cho‘miltirish, chaqaloqga ismiqo‘yish,qulog‘iga azon aytish, kichik va katta chilla davrini o‘tkazish, chaqaloqni beshikka solish kabi tadbirlardan iborat.
o‘tmish odatlariga ko‘ra oan va chaqaloqni har tomonlama asrash taqozo etilgan. CHilla davri uchun harakterli xususiyatlar: ona va bolani yolg‘izqoldirmaslik, ular yashayotgan xonaga hech kimni kiritmaslik, chaqaloqni tuzli, tuproqli suvlarda tez-tez cho‘miltirish, onaga og‘ir yumushlarqildirmaslik, tunda tashqariga chiqmaslik, bolaniqorung‘u joyda saqlamaslik, ona-bola asobini buzmaslik,qo‘rqitmaslik ular salomatligini saqlash garovidir. SHarqdaqadimdan emizikli ayol toamnomasiga alohida ahamiyat berib kelingan. YOsh bo‘shangan ona sut keltiruvchi kuchli toamlar istemolqilishi, sutni sifatini buzmaslik uchun piyoz, sarimsoq, garimdori, spirtli ichimliklar iste’molqilmasligi zarur. Bular bola tanasi uchun – og‘irdir.
Toshkentda chilla davrida “aqiqa” degan marosim o‘tkaziladi. Ufarzand 7, 14, 21, 28 kunlik bo‘lgandaqo‘y so‘yib, osh damlab,qarindosh-urug‘,qo‘ni-qo‘shnilar ishtirokida tashkil etiladi. U ikki jon ona va bolaning eson-omon bo‘lishi niyatida, olloxga shukonalik ramzi sifatida o‘tkaziladi.
Xulosaqilib aytganda “chaqaloq chilla” davomida ona maxsus gigienaga rioyaqilgan, u o‘z bolasini kasallik, “yovuz kuchlar”dan, “yomon ko‘z”lardan asrab-avaylagan. U o‘z farzandini bu yorug‘ dunyoga moslashishi uchun zamin yaratgan. Tibbiyot xodimlari fikricha, chilla davrida kasal bo‘lmagan chaqaloq ulg‘ayganda ham sog‘lom bo‘ladi.
Ismqo‘yish odatlari. CHaqaloqga ismqo‘yish inson hayotidagi eng muhim voqealardan hisoblanadi.qadimdan bolaga ismqo‘yish ma’suliyatli ish sanalgan. Ism bola tabiatiga mos kelmasa, undan yaxshi inson chiqmaydi yoki u kasallikka chalinaveradi deyilgan. CHaqaloqqa ismqo‘yish vazifasini har – kimga ham ishonilmagan. Buning uchun maxsus marosim uyushtirilib, unga eng obro‘li donoqariyalar taklif etilgan. Ana shu marosimga yig‘ilganlar o‘zaro maslaxatlashib, bolaga ismqo‘yishgan. Islom diniga e’tiqodi baland kishilar mulla-eshon chaqirib, chaqaloqningqulog‘iga azon aytdirib, so‘ng unga ismqo‘ydirishgan.
Xalqda “ismi jismiga mos” degan ibora bor. Kishilar bolagaqo‘yilgan ism ulg‘ayishi jarayonida uning odobiga ta’sirqiladi, deyishgan. Kishining ismiga mos bo‘lishga intilishi uning ma’naviy ulg‘ayishiga samarali ta’sirqiladi.
Tug‘ilgan kun. Bolalarning tug‘ilgan kunini oilada nishonlash kichkintoylarning o‘zi uchun ham katta bayram hisoblanadi. Bunday tantanaga bolaga uning yoshiga mos keladigan sovg‘alar, shirinliklar, o‘yinchoqlar berilishi sabab bo‘ladi. Tug‘ilgan kunga bolaning o‘rtoqlari taklif etiladi. Bolalar uchun alohida dasturxon yozilib, ular mehmonqilinadi. SHu asosda bolalarning mehmon kutish va mezbonlik malakalari shakllana beradi. Bolalarning tug‘ilgan kunlarini nishonlashda turliqiziqarli o‘yinlar tashkilqilish muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bu o‘yinlarning asosiy mazmuni bolalarda ziyraklik, nutq madaniyati kabi ijodiy fazilatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilishi lozim.
qadimda kishilarning tug‘ilgan kunlarini nishonlash odati keng tarqalmagan. Ilgari ko‘p sharq xalqlarida, o‘zbeklarda ham “yil boshi” (navro‘z)da kishining umriga yoshqo‘shiladi deb hisoblangan. SHu sababli “Navro‘z” tabiatning yangilanish bayrami bo‘libqolmay, u barcha uchun “yosh oshdi” tantanasi hisoblangan. hozirgi paytda tug‘ilgan kun bilan tabriklash oilada, do‘stlar davrasida, ish joylarida ham odat tusiga kirdi. Ko‘pgina muassasalarda yubileylarni nishonlash yaxshi an’ana bo‘libqolmoqda. Tug‘ilgan kunni nishonlash o‘zbeklar uchun yangi odat. Ammo 12 yosh – muchal to‘yini, 63 yosh – “payg‘ambar yoshi”ni nishonlash an’anasiqadimdan mavjud.
Beshik to‘yi.qadim zamonlardan har bir oilada o‘tkazib kelingani tufayli, bu marosim xalq madaniy hayotining ajralmasqismiga aylanibqolgan. Beshik to‘yi haqida ma’lumot berishdan oldin beshikni o‘ziga ta’rif bersak o‘rinli bo‘lardi. Beshik insoniyat tarixida yaratilgan buyuk kashfiyotlardan biridir. Beshik bolaning 2-3 yoshgacha ulg‘ayishi uchun juda foydalidir. U kichik, ixcham bo‘lgani uchun istalgan joyga ko‘chirib olib brish mumkin. Beshik go‘dakni ovutish, erkalash, uxlatish uchun o‘taqulay tuzilishga ega. Beshik bolani tashqi ta’sirlardan himoyaqiladi (sovuqdan, issiqdan, zaxdan). Beshik bolani ho‘l-oyoq harakatlaridan bexos cho‘chimay, biror narsaga urilmay, yotgan joyida ag‘darilib ketmay,quruq osoyishta uxlashiga imkon beradi.
CHaqaloq tug‘ilgandan keyingi muhim tadbirlardan biri – bolani beshikka solish marosimi va beshik to‘yidir. Toshkentda farzand tug‘ilganiga 7 yoki 9 kun to‘lganda bolani beshikka solish marosimi o‘tkaziladi. Go‘dakning chillasi chiqgach,qudalarning kelishuvi asosida beshik to‘yini o‘tkazish odat tusiga kirgan. Beshik to‘yidan oldin kelinning onasi o‘z nabirasi uchun sarpolar tayyorlaydi.qarindosh urug‘lar ham yoshlik to‘yida chaqaloqqa atab sovg‘alar keltirishadi.
Bolaning ilk tishi chiqishi ham oiladaquvonchli voqeaga aylanadi. Bolaning ota-onasi,qarindoshlari buni katta xursandchilik bilan nishonlaganlar: bug‘doyqovurmoch tayyorlab, bolalarga tarqatishgan, kampirlarni chaqirishib guruchli taomlar bilan siylashgan.
O‘zbeklarda soch – to‘y bolanig sochini ilk bor olish ham ma’lum tartib asosida amalga oshirilgan. Bolaning sochini ilk bor buvisi yoki bobosi yaxshi niyatlar bildirib olganlar.
Birinchiqadam bayrami. o‘zbek xalqining farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor berishi bolaning ilk bor mustaqilqadamqo‘yishiga bag‘ishlangan marosimda ham o‘z aksini topgan. Ota – bobolarimiz bu marosimda “bolaning beli baquvvat bo‘lsin deb, beliga belbog‘ bog‘lashgan”, “to‘qlik bo‘lsin, bola ocharchilikni bilmasin!” deb mazali kulchalarni kichkintoylarga tarqatishgan, “suvdek serob bo‘lsin!” deb marosim o‘tkazilgan vaqtda bolaningqadam bosgan erlariga suv sepishgan, “bolaning hayoti shirin bo‘lsin!” deb bolaning boshidan shirinliklar sochishgan, “chiroyli bo‘lsin!” deb bola yura boshlaganda yo‘llariga gullar sochilgan, “boy bo‘lsin!” deb bolaning ustidan pullar sochilgan, “kasalga chalinmasin!” deb isiriq tutatishgan, “omon bo‘lsin!” deb duolar o‘qishgan. Bolani birinchiqadamqo‘yishini marosim sifatida nishonlashning o‘ziga xos ramziy ma’nosi ham bor. Birinchiqadam bolaning shunchaki oddiy harakati bo‘libqolmay, kelajakdaqilinadigan ko‘plab ishlarning debochasi deb hamqaralgan. o‘zbekistonning turli xududlarida “birinchiqadam” marosimi turlicha o‘tkazilib kelingan. Ayrim joylarda bu tadbir faqat ayollar va bolalar ishtirok etadigan kichik oilaviy marosim sifatida uyushtirilgan, unda erkaklarqatnashmagan. Tog‘liqishloqlarda esa “Birinchiqadam” katta anjumanga aylanib ketgan.
“Birinchiqadam” marosimi madaniyat uylari, bolalar bog‘chalari va oilalar bilan hamkorlikda keng doirada o‘tkazilsa, yanadaqiziqarli bo‘ladi.
Sunnat to‘yi. o‘qil bolalar hayotida eng muhim marosimlardan biri sunnat to‘yidir. Sunnat to‘yi turli joylarda turlicha – “xatna to‘yi”, “qo‘lni halollash”, “o‘g‘il to‘yi” kabi nomlar bilan yuritiladi. Sunnat islom dini paydo bo‘lishidan ham ilgari mavjud bo‘lgan. Sunnatqilishqadimiy zamonlarda o‘g‘il bolalarning bolalikdan o‘spirinlikka o‘tish davrida o‘tkazilgan. Xatna paydo bo‘lishi haqida “Injilda” shunday fikrlar bildirilgan: Olamning paydo bo‘lishi davrida Ibrohim payg‘ambarga xudodan vahiy kelgan. Unga ma’naviy poklanish ramzi sifatida xatnaqildirish buyurilgan ekan. 100 yoshli Ibrohim payg‘ambar o‘zini, uch yoshli o‘g‘li Ismoilni, shuningdekqul va xizmatkorlarni xatnaqildirgan. 50-70 yillarda xatna rasmiy doiralarda reaksion odat debqabulqilingan bo‘lsada, bu xususida norasmiy tortishuvlar yaqin yillargacha davom etdi. Faqat 1988 yildan boshlab xatna foydali deb tan olinib, o‘zbeksiton Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i bilan shifoxonalarning jarroxlik, urologiya bo‘limlari xodimlariga xatnaqilishga rasmiy ruxsat berildi. SHundan so‘ng xatnaqilish ochiqchasiga rasmiy o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Muchal yoshi. Xalqimizda muchal yoshini nishonlash an’anaviy marosimga aylangan. Muchal yoshini nishonlash umrning bir davridan ikkinchisiga o‘tish – bolalikdan o‘smirlikga o‘tish tantanasi sifatida bayramqilingan. CHunki bu davrdan so‘ng bola vujudida jiddiy tabiiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. U jisman va ma’naviy ulg‘ayadi.
Inson hayotiga kun, oy, fasl, yil hz ta’sirini ko‘rsatadi. Inson vujudida ham o‘n ikki yil ichida jiddiy o‘zgarish sodir bo‘ladi. 12 yil ichida yosh bola organizmida jiddiy o‘zgarish va rivojlanish sodir bo‘ladi. 13 yoshdan o‘g‘il bolalar organizmida erkaklik unsurlari,qizlarda esa ayollarga xos xususiyatlar faol rivojlana boshlaydi. Muchal yoshiga bag‘ishlangan marosim oilada ikkiquda ishtirokida karnay-surnay navolari, to‘y bolaga maxsus oq liboslar kiydirish, uning bo‘yi barobar oq mato o‘lchash, oq toam va shirinliklar ulashish, isriq tutatish, duolar o‘qish kabi an’analar asosida o‘tkazilgan.qadimda muchal yoshiga bag‘ishlangan marosim Navro‘z bayrami tadbirlarigaqo‘shib o‘tkazilgan. “Oq libosli” muchal yoshini nishonlayotgan yoshlar Navro‘z o‘tkazilayotgan joyga kirib kelishganida barcha ularniqutlashgan. Kichik yoshli bolalar ularga baxor gullarini taqdim etishgan. Muchal to‘yining yakunida 7-8 muchal yoshini yashaganqariyalar (taxminan 70 yoshdan oshgan) o‘smirlarni duoqilganlar.
Mustaqillikga erishilib, milliyqadriyatlar tiklana boshlagandan so‘ng “Muchal yoshi” nafaqat oila a’zolari davrasida, balki maktablarda ham ota-onalarning ishtirokida Navro‘z bayrami arafasida nishonlanmoqda. Bu kabi yangi tadbirlar ko‘pgina maktablarning an’anaviy bayramlariga aylanib bormoqda.
O‘zbek to‘ylari. To‘y – hayotning katta shodiyonasi, oila baxt saodati va farovon turmush ramzi, hayotning engquvonchli damlaridir. Xalqimizdaqadimdan “Beshik to‘yi”, “Nikoh to‘yi”, “Payg‘ambar yoshi to‘yi” kabilar bo‘lgani ma’lum. hozirda nikoh to‘ylarining yangicha, zamonaviy shakllariqaror topmoqda. To‘ylarni o‘ziga xos bayram tarzida tashkil etish, ularni tartibga solish, ixchamlashtirish ayniqsa badiiy jihatdan boyitish davr talabidir. YUrtboshimiz I.A. Karimovning 1998 yil 28 oktyabrdagi to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solishga bag‘ishlangan farmonlari ajdodlarimizning oilaviyqadriyatlarni tiklash, mazmun va mohiyatini bozor iqtisodi talablari darajasida shakllantirishda metodologik asos bo‘lib xizmatqiladi.
Nikoh to‘ylari. har bir kishining hayotida yangi sahifa ochadigan, muhim burilish yasaydigan eng muhim voqeaning tantanali nishonlanishidir. Nikoh to‘yi oilaviy marosimlar ichida eng yirigi bo‘lib, uni tashkilqilish va o‘tkazish uzoq muddatni o‘z ichiga oladi. Nikoh to‘yi bilan bog‘liq odatlar, irim, rasm-rusmlar ham juda ko‘pdir. o‘zbeksitonning turli shaharqishloqlarida o‘tkaziladigan nikoh to‘ylarining umumiy jihatlari bo‘lganidek, har bir xududdagi to‘ylarning o‘ziga xos tomonlari ham mavjuddir.
o‘zbek nikoh to‘ylari uch bosqichli jarayonni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich – kelin tanlash, unga sovchi yuborish, non sindirish fotihaqilish kabi marosimlardan iborat. Xalqmizning to‘y marosimi bilan bog‘liq “sovchilik” haqida ikki og‘iz so‘z.
Sovchilar ko‘pni ko‘rgan obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan kishilar bo‘ladilar. Sovchilar bulg‘usi kelinning ota-onasini, oilaviy hayotini, xovli-joyining ozodaligini, ota-onasining muomilasini kuzatadilar. Ayniqsa bo‘yiga etganqizning uyiga sovchi kelganda, sovchilar birinchi galda shu xonadonning oshxonasiga va hojatxonasiga e’tibor berganlar. Agar oshxona sarishta bo‘lsa, hojatxona ham toza bo‘lsa, sovchilar bu xonadonningqizi farosatli, mehnatsevar ekan degan tasavvurga ega bo‘lganlar. Ayniqsaqizning onasiga e’tibor berganlar, “Onasini ko‘rib,qizini ol” degan maqol shu ma’noda ishlatiladi. Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida shunday vasiyatqiladi: “o‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim” – deya farzandlarga juft tanlash masalasiga katta e’tibor bergan.
Ikkinchi bosqich – kelinni kuyovning uyiga olib kelish, nikohlash, to‘y-tomosha, bazim kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich – nikoh to‘yidan so‘ng o‘tadigan “yuz ochdi”, “kelin salom”, “kuyov chaqirdi” kabilardan iborat.
Nikoh to‘ylarida o‘zbek xalqining eng yaxshi ma’naviy fazilatlari namoyon bo‘ladi; to‘yga barcha oldindan tayyorlanadi, hamma o‘zining yaxshi ko‘rgan liboslarini kiyadi, barchada ko‘tarinki rux, xursandchilik xukum suradi.
hozirgi paytda nikoh to‘ylarida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi nikoh to‘ylarida yigit-qizning roziligi, o‘zaro muhabbati asosida o‘tkazilmoqda. Balog‘atga etmagan yoshlarni nikohdan o‘tkazish butunlay yo‘qoldi. “qalin”, “sut puli” kabi ortiqcha xarajat talabqiladiganqadimiy udumlar deyarli barham topdi. Ortiqcha xarajatlar butunlay yo‘q bo‘lmasada, ular o‘rnini yangi oila uchun zarur bo‘lgan jihozlarni olib berish an’anasi egalladi. Mustaqillik sharofati bilan yoshlarni nikoh oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. o‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasida ko‘zda tutilgan: “Nikohlanuvchi yoshlar tibbiy ko‘rikdan faqat ularning roziligi bilan o‘tkaziladi” – deganqoidadan ko‘tilgan maqsad muddao g‘oyatqutlug‘dir. Buqoida mohiyatan jamiyatda sog‘lom oilani shakllantirish, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va ularni barkamol bo‘lib tug‘ilishini ta’minlashgaqaratilgan an’anadir.
O‘zbek nikoh to‘ylari hozirgi paytda asosan uchta marosimdan iborat bo‘lmoqda:

  1. “Non sindirish” marosimi – kelin va kuyovning ota-onasi,qarindoshlarining nikoh to‘yini o‘tkazish rejasini tuzib olishlari uchun zurur bo‘lgan muloqot – kengash vazifasini o‘taydi;


  2. Kelin-kuyovning FHDE byurosi ro‘yhatidan o‘tishi. Bu an’ana oilaning huquq va majburiyatlariniqonunlashtirish vazifasini bajaradi;


  3. To‘y marosimi yosh yigit-qiz oilaqurganligini tantanali nishonlash uchun xizmatqiladi.


Oilaviy marosimlarni o‘tkazish jarayonida namoyon bo‘ladigan insonparvarlik, mehribonlik, mehmondo‘stlik kabi fazilatlar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Bu tadbirlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq odatlari, folklor janrlari, lapar, yor-yor, o‘lan marosimqo‘shiqlari, o‘yin-musobaqalar, duolardan foydalanish – yoshlarning ma’naviy kamol topishida katta ahamiyatga ega.


Kumush, oltin va olmos to‘ylar. hayotimiz farovonlashib bargani sari to‘ylarning yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Er-xotinning 25 yil, 50 yil, 75 yil birga oilaviy hayot kechirganiga bag‘ishlangan kumush, oltin va olmos to‘ylarini o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tantanali tadbirlar vujudga keldi. Xalqimizning yoshi kattalarni, ayniqsaqariyalarni hurmatqilish kabiqadimiy an’analari hamda o‘zbek oilalarining mustahkamligini ana shunday yubiley to‘ylarini o‘tkazish uchun asos bo‘ldi. SHuni alohida aytish joizki, bunday yubiley to‘ylarini, ayniqsa olmos to‘yini nishonlash hammaga ham nasib etavermaydi. SHuning uchun oltin to‘y kumush to‘yga nisbatan tantanaliroq, olmos to‘y oltin to‘ygaqaraganda yanada yuksak tayyorgarlik darajasida tashkilqilinishi kerak. Azaldan mustahkam an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek oilalari hayotiga 60-yillardan boshlab oltin, kumush va olmos to‘ylari kirib keldi.
80-yillar oxirida esa “oila bayrami” degan yangi to‘y shakli paydo bo‘ldi. Endigina nikohdan o‘tgan yosh kelin kuyovlar ham, kumush, oltin va olmos to‘y egalari ham birgalikda sharaflanadi. Ushbu to‘ylar endilikda o‘lkamizning turli shaharqishloqlarida ham o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ular oilalarni mustahkamlashga xizmatqiladi.
Diniy bayramlar. Dunyodagi barcha dinlar o‘ziga xos bayramlarga ega. Har bir dinning rivojlanib borishida bayramlarning ahamiyati kattadir.
Islom dinida ikki asosiy hayit “qurbon hayiti”, “Ro‘za hayiti” ko‘p asrlardan buyon nishonlab kelinmoqda. Ro‘za hayiti. Ramazon – hijriy yil hisobining 9-oyi bo‘lib, islom aqidalari bo‘yicha bu oyda Olloh Muhammad alayhis-salomgaqur’onni vahiyqilgan ekan. SHuning uchun ham islom dunyosida ramazon muqaddas hisoblanib, bu oyda musulmonlar ro‘za tutishadi. Ramazon yakunida esa islomning katta bayramlaridan biri – Ro‘za hayiti boshlanadi.qurbon hayiti. “qurbonlik” - “yaqinlik” ma’noni bildiradi. SHuningdekqurbonlik Ollohning rahm-shavqatiga sazovor bo‘lish, unga minnatdorchilik bildirishni ifodalovchi marosimdir. Islom dini taraqqiy etgan sariqurbon hayiti musulmonlar birlashadigan, hamdard bo‘ladigan kunga ham aylana borgan. SHuning uchun musulmonlarga farz bo‘lgan beshinchi rukun – hajni ado etadigan, yani Islomning muqaddas joylarini ziyorat etadigan asosiy kunga ham aylangan. Qurbon hayiti munosabati bilan 1990 yil O‘zbekiston Prezidenti Farmoni asosida ilk bor mamlakatimizdan 500 kishining Saudiya Arabistondagi Makka va Madinaga borib, hajqilish sharafiga muyassar bo‘lishdi. Islom odatiga ko‘ra, hajga borgan, ya’ni muqaddas Ka’bani ziyoratqilgan kishilar Vataniga xoji faxriy unvoniga ega bo‘libqaytishadi.
Islom hayitlarining bosh marosimi tong saharda namozgohlarda, masjidlarda o‘qiladigan “hayit namozi”dir. Musulmonlar hayit namoziga toza, chiroyli kiyimlar kiyib, xushbo‘y atir-upalarni sepib, yaxshi kayfiyat va ezgu niyatlar bilan chiqishadi. Avval “Bomdod namozi” o‘qiladi, so‘ng imom Xatiblar kishilarni ezgulikga davat etuvchi ma’ruzalar o‘tkazadilar. Undan keyin esa asosiy “hayit namozi” o‘qiladi.
Namoz o‘qish marosimidan keyin hamma bir-biri bilan ko‘rinib, hayit bilanqutlaydilar. hayit namozidan chiqqanlar yaxshi kayfiyatda uylariga berib, oila a’zolari, ota-onalari, farzandlarini hayit bilanqutlab, “hayitliklar” sovg‘aqilishadi. Bu ulug‘ ayyomda ustozlar ziyoratqilinadi, marxumlarni xotiralab, duolar o‘qiladi,qarindoshlar xolidan xabar olinadi, bemorlar, keksalar xolidan xabar olinadi. hayit kunlari odamlar orasidagi gina va arazlar unutiladi. hayit kunlari kambag‘al, beva-bechora, etim-esirlarga xayriya va sadaqa berish savob hisoblanadi.
Hayit kunlarida Toshkent shahrida Toshkent viloyatining ba’zi joylarida “kelin ko‘rish” yoki “kelin salom” deb nomlangan marosim o‘tkaziladi. Bu marosimquyidagicha o‘tkaziladi. YOlg‘on arafa kuni kelinning ota-onasiqizi kelin bo‘lib tushgan xonadanga yo‘qlov yuborishadi. Bu bilan ularqudalarni, kuyovniqizlarini muborak ayyom bilanqutlaydilar. o‘z navbatida kuyov xonadonidagilar ham o‘zlari pishirgan shirinliklardanqudalarinikiga berib yuborishadi. Toshkentda hayit kunlarida yangi kelinchak tushgan xonadonda dasturxon yuksak mahorat bilan bezatiladi.
Hayit kuni erta tong turgan kelinchak, yuvinib-taranib, eng chiroyli liboslarini kiyadi, boshiga harir mato yopib, xonadon a’zolariga salom beradi va dasturxonga taklif etadi. SHundan so‘ng kelin ko‘rish marosimi boshlanib ketadi.qarindosh urug‘lar, tanish-bilishlar,qo‘ni-qo‘shnilar birin-ketin “kelin ko‘rgani” kela boshlashadi.
Kelinchak ularning har biriga alohida salom beradi. Mehmonlar bu salomga javoban “Ko‘p yashang”, “Baxtli bo‘ling” deb aytishadi. Bu marosim ishtirokchilari xotin-qizlar hisoblanadi. Keluvchilarni soni ko‘p bhlgani uchun mehmonlar kelinqo‘lidan bir piyola choy ichib, yaxshi niyatlar aytib, fotiha qilishgach o‘rinlaridan turadilar. Turmushga chiqmaganqizlar bu marosimdan uy ichiniqanday bezatish, shirinliklar pishirish, kelinlarga xos uyatchanlik, xayolilik, muomila, kiyinish madaniyatini o‘rganadilar. Ayollarga esa kelinlik damlarini yodga olib, kelinchak bilan yaqindan tanishadilar. Oxirgi paytlarda bu marosimda ham kim o‘zarga tarzida “oshir-oshir” yo‘qlovlar rusumga aylanib bormoqda. Bu marosimdan ko‘zlangan maqsad, boylikni ko‘z-ko‘zqilish emas, balkiqizlarimizni turmushga tayyorlash, kelinchaklarni pazandalikga, uy tutishga, mehmon kutishga o‘rgatishdir.
SHo‘rolar davrida diniy odat va bayramlar ta’qiqlanib kelindi. Mustaqillik tufayligina jamiyatmizda ro‘y bergan mafkuraviy o‘zgarishlar bois yurtimizda diniy bayramlar hayit marosimlari ekin – ochiqchasiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1992 yil 27 martda o‘zbekiston Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lonqilish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lonqilindi. 1992 yildan boshlab, “Ro‘za hayiti” bilan birga “qurbon hayiti”ning birinchi kuni dam olish kuni deb e’lonqilindi.
Navro‘z yangilanish bayrami. Tabiatda tun va kunning teng bo‘lishi, bahorning kirib kelishi, dalalarda ish boshlanishidan darak beruvchi, xalq tomonidan keng nishonlanuvchi Navro‘z bayrami o‘tgan davrlarda to‘siqlarga duch kelsada, xalqning istagi bilanqayta tiklandi va 1990 yildan boshlab mamlakatimizda kattaquvonchlar bilan o‘tkaziladigan bayram sifatida nishonlanmoqda. YUrtboshimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: “navro‘z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvorqudrati va cheksiz saxovatining, shu bilan birga bizning necha ming yillik milliyqiyofamizning, urf-odatlarimizning mangulik ifodasi, tasdig‘idir”. “Navro‘z” so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “Nav”-yangi, “ro‘z”-kun – “YAngi kun” degan ma’nolarni anglatadi. 21 mart kecha va kunduzning tenglashgan kun – yangi yil – Navro‘z bayrami sifatida SHarq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. Navro‘z judaqadimiy bayramdir. Uning judaqadimiy bayram ekanligi buyuk mutafakkir, allomalarimiz ijodlarida namoyon bo‘lgan. Abu Rayxon Beruniyning “qadimgi xalqlardanqolgan yodgorliklar”, Umar hayyomning “Navro‘znoma”, Abulqosim Firdavsiyning “SHoxnoma”, Xoja Ali Termiziyning “Navro‘znoma”, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlari Navro‘z, uning paydo bo‘lish tarixi, u bilan bog‘liq urf-odatlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchiqimmatli manballardir.
Navro‘z mehr-muruvat, insonparvarlik, insonlarni uhan birlashtiruvchi bayramdir. Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatlararo urush-janjallar to‘xtatilgan, urushgan kishilar yarashgan, ota-onalar,qarindosh urug‘lar, keksalar sovg‘alar bilan yo‘qlangan. Turli tuman Navro‘z taomlari tayyorlangan, uy xovli, ko‘chalar supurib sidirilgan, katta-katta maydonlarda o‘yin-kulgular, askiyabozlik,qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, kurash, teatr tomoshalari tashkil etilgan. Odamlar bir-birlarinikiga mehmonga borishgan, erga birinchi urug‘qadash marosimlari o‘tkazilgan. Navro‘z yoshlarni barkamol insonqilib tarbiyalashda muhim vositadir. Navro‘z yosh avlod uchun tarbiya maktabidir. Navro‘z xotin-qizlarga alohida ko‘rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan xotin-qizlarqo‘llariga xina,qoshlariga o‘smaqo‘yadilar. Arg‘imchoqlarda uchishib, she’rxonlik kechalarini o‘tkazadilar.
Navro‘z – tan sihatlik bayramidir. CHunki bayram dasturxoni, taomnomasi inson tanasi uchun shifo manbaidir. Navro‘z munosabati bilan o‘ziga xos turli iaomlar, shirinliklar tayyorlanib bayram dasturxoni bezatilgan. YA’ni, sumalak, halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara navro‘z dasturxoni uchun asosiy taomlar hisoblangan.
Sumalak – Navro‘zning shox taomi bo‘lib, u ko‘klam darakchisi, to‘kin-sochinlik, ahillik, ezgulik timsolidir. “Sumalak sayli” o‘ziga xos tarzda uyushtiriladi. Bu asosan ayollar bazmi hisoblanadi. Sumalak tayyorlanayotgan doshqozonlar atrofida xotin-qizlar, bolalar o‘yin kulgi, aytishuv, askiya, lapar, latifalar aytishadi, childirma, dutor chalib raqsga tushishadi. Sumalak sayliga kelgan har bir inson yaxshi niyat bilanqozon kovlaydi. Balog‘at yoshidagi yigit-qizlarga baxtli-saodatli, farzand ko‘rmaganlarga farzandli bo‘lishlari niyatqildirib,qozon kovlatiladi. Sumalak bir kecha-kunduz davomida tayyor bo‘ladi. U har bir oilaning sonigaqarab taqsimlanadi. Bemorlar, yolg‘izqariyalar nogironlar sumalak bilan yo‘qlanadi. Sumalak bir oilada tayyorlansada, uni tayyorlash jarayonida butunqishloq yoki mahalla ahli,qarindoshlar urug‘lar hamjihatlik bilanqatnashadilar.
Navro‘z har bir kishini insonparvarlikga, mehr-muruvatga, bag‘ri kenglikga, sahovatga, go‘zallikga, ezgulikga da’vat etadi. Xalqni, jamiyatni pokolikga, mehnatga, yaxshilikga undovchi g‘oya abadiydir.
Oilaviy marosimlar tarixiy jarayonda xalq padagogikasi va donishmandligi bilan uyg‘unlashib ketib, asrlar davomida yoshlarni tarbiyalashdagi asosiy shakllardan biri bo‘lib kelgan. Ush sababli, hozirgi davrda ham xalq an’analariniqadrlagan, turli marosimlarni o‘tkazishda ma’noviy-estetik jihatlarga alohida e’tibor bergan oilalarda voyaga etgan yoshlar odob-axloqli bo‘lib voyaga etadi. Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlarini, axloq odobini o‘rganishga bag‘ishlagan ekan. o‘sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o‘rganibdi. YUrtiga borib: “Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o‘rgangan bilimlarimni 15 yoshli o‘zbekqizalog‘ining, o‘rnidan turib,qo‘lini ko‘ksigaqo‘ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga almashtirishga rozi edim”– degan edi.
Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga etkazish siz-u bizningqo‘limizdadir.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin