1-topshiriq. Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, oiladagi axlo q-odob va oila tarbiyasi masalalariga oid qator g‘oya va qarashlarni ko‘rish mumkin. “Avesto”dagi oila tarbiyasi masalalariga oid qarashlarni ayting va izohlang.
2-topshiriq.Qur’oni Karim, hadisi SHariflarda oila va oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud. Musulmon oilalarida oila qurish va undagi munosabatlar masalasiga qanday qaralgan?
3-topshiriq. SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad qoshg‘ariy, YUsuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axlo qiy tarbiyalash masalalari o‘rtaga qo‘yilgan va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. SHufikrlarni izohlang...