2-vaziyat. Biz ko‘pincha onalarning o‘z bolalari bilan muloqotda ularning imkoniyatlarini turlicha baholashlarining guvohi bo‘lamiz. Ba’zi onalar: “Sen men qilolmagan ishlarni bajara olasan! Sen to‘g‘ri aytayapsan, barakalla!” kabi jumlalardan foydalanadilar.
Boshqa onalar esa: “Sen hali yoshsan, kattalar aytganlariga quloq sol! Sen nimani ham bilar eding, o‘rganib olgandan keyin tushunasan!” kabi jumlalardan foydalanadilar.
Keysga savol- vazifa:
Turli onalarning o‘z bolalari bilan muloqotidagi tubdan farq nimada?
Yechim. Bir xil onalar bolalarida o‘ziga ishonchni shakllantiradilar (“Agar onam meni maqtasa, demak, men nimagadir qodirman!”). Ular bolaning kamol topishiga imkoniyat beradilar, unda hayotiy faollikni yaratadilar va to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradilar.
Boshqa onalar, aksincha, bolada o‘ziga ishonmaslikni shakllantiradilar, unda xavotirlanish hissini paydo qiladilar, faolligini pasaytiradilar, kelajakka ishonchsizlik tug‘diradilar (“Agar onam meni urishsa, demak, men hech nimaga qodir emasman, men yomonman!”).
3-vaziyat. “Mening Alisher o‘g‘lim 7 yosh, - deb yozadi ona. - Lekin o‘z guruhidagi bolalar oldida jim turadi (indamas). Men buni qandaydir sabablar: charchagan, uyga shoshilmoqda va hokazolar bilan oqlashga harakat qildim. U uydaligida hamma narsa o‘z joyida. Odamlar orasida esa, “odamovi” bo‘lib qoladi. Nima qilay? Maslahat bering”.
Keysga savol- vazifa:
Onaga maslahat bering.
Yechim. Alisherga, uyatchanlik ko‘pincha g‘arazgo‘ylik sifatida qabul qilinishini va insonlarga yoqish uchun dilkash bo‘lish lozimligini tushuntirish kerak.
MAVZU: OILANING TURLARI. ZAMONAVIY OILALAR RIVOJINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Amaliy mashg’ulotlari maqsadi: Oila tarbiyasi yaxlit tizim sifatida, oilada axloqiy tarbiya, oilada bolalarni estetik ruhda tarbiyalash, oilada jism oniy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, oilaning bolalarning iqtisodiy savodxonligini oshirishdagi o‘rni haqidagi ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.
Reja.
Oilaning tarixiy turlari.
Hozirgi vaqtda oilalarning xilm a-xil shakllari.
O‘zaro munosabatlar xarakteri bo‘yicha oilalarning turlari.
Adabiyotlar:
Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g‘urur (o‘quv qo‘llanma).- T . , 1999.
Hasanboeva O. va boshqalar. Oila pedagogikasi (darslik). - T., 2007 u.
Kulikova T.A . Semeynaya pedagogika i domashnee vospitanie: (uchebnoe posobie). M., 2000-232 s.
Hoshimov K , Nishonova S. va boshqalar. “Pedagogika tarixi” (darslik) -T „ 1996 y.
Hoshimov K Ochilv S. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (darslik) -T , 1995 y.
Abdurauf Fitrat. “Oila yoki uni boshqarish tartiblari” (o‘quv qo‘llanm a) -T., 2000 u.
Musurmonova O. O‘quvchilarning m a'naviy madaniyatini shakllantirish (o ‘quv qo‘llanm a) - T., 1993 u.
Karimova O. Oilaning xuquqiy asoslari (o‘quv qo‘llanm a) - T. 2003 y.
Sodiqova T. O‘g ‘lim senga aytaman, qizlarga atalgan so‘zlar (metodik qo‘llanm a). - T., 2005 u.
Xidirova F. Oilada qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash (metodik qo‘llanm a) - T., 2007y.
“Oilaning turlari. Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusiga doir blits-so‘rov savollari
O ilaning tarixiy turlarini ayting.
Hozirgi vaqtda oilalarning qanday xilm a-xil shakllari mavjud?
O‘zaro munosabatlar xarakteri bo‘yicha oilalarning qanday turlari mavjud?
Dostları ilə paylaş: |