Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Kichik guruhlarda ishlashga doir topshiriqlar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə44/93
tarix20.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145825
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pe-hozir.org (1)

Kichik guruhlarda ishlashga doir topshiriqlar

1-topshiriq. Oilaning tuzilishi harakteriskalarini ta’riflab bering...

2-topshiriq. Oila a’zolarining individual xususiyatlariga nimalar kiradi va ularni izohlang...

3-topshiriq. Oilaning qanday tipologiyalari mavjud va ularga ta’rif bering...

4-topshiriq. Oilaning tarixiy turlarini sharhlang

5-topshiriq.Hozirgi vaqtda oilalarning qanday xilma-xil shakllari mavjud?

6-topshiriq. O‘zaro munosabatlar xarakteri bo‘yicha oilalarning qanday turlari mavjud?

7-topshiriq. Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlarini klaster usuli yordamida tarmoqlang va tahlil qiling.

Keys topshiriqlari

1-vaziyat. Ota-onalar bolalari bilan muloqot paytida ko‘pincha ularni boshqa bolalar bilan taqqoslaydilar.
SHirinning onasi, o‘z qizining xulqidan xursand, ko‘pincha u: “Sen borgan sari aqlli bo‘layapsan. Sen hammadan ham yaxshisan”, “Sen eng chiroylisan”, -deydi.
Dilnozaning onasi esa qiziga “Hamma bolalar ham bola, faqat sen mening tentagimsan”, “Qaragin, Dilfuza qanday aqlli qiz. U hamma ishni eplaydi, senda esa, hech nima chiqmaydi”, kabi jumlalarni ishlatadi.

Keys bo‘yicha savol va- vazifalar:

1. Ikkala ona ham o‘z bolalariga yaxshilik istaydilar, lekin ularning qaysinisi tarbiyada yaxshiroq natijaga ega bo‘ladi?

2. Bolalarning xulqini “loyihalash” yo‘nalishi onalarning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liqmi?

Yechim. Ikkala ona ham o‘zlarining qizlarini boshqa bolalar bilan taqqoslaydilar, lekin birinchi ona ijobiy taqqoslashlardan, ikkinchi ona esa salbiy taqqoslashlardan foydalanadi. SHu bilan birga, SHirin va Dilnozalarning xulqlarini “loyihalash” turlichadir.
Agar ona, o‘ziga ishongan inson bo‘lsa, u holda, odatda, u o‘zining bolasini maqtaydi va uni boshqa bolalardan ijobiy tarzda ajratadi. Bu bolaning ijtimoiy mavqei o‘sishiga va o‘zining tengqurlari bilan o‘zaro munosabatidagi tizimda yaxshi o‘rin egallashiga imkon beradi.
Agar ona, o‘ziga ishonmagan inson bo‘lsa, o‘zini boshqa insonlarga nisbatan nima bilandir yomonroq sezsa, u holda o‘zining ishonchsizligini uzatgan holda, bolasiga nisbatan ham shunday munosabatda bo‘ladi. Bunday onaning bolasi past ijtimoiy mavqega ega bo‘ladi.
Umuman, bolalarning xulqini kecha, avval bo‘lgan o‘zining shaxsiy xulqi bilan taqqoslash maqsadga muvofiq.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin