Pedagogika instituti tarix kafedrasi tarix fanining nazariy asoslari



Yüklə 340,57 Kb.
səhifə2/14
tarix21.10.2023
ölçüsü340,57 Kb.
#159395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Pedagogika instituti tarix kafedrasi tarix fanining nazariy asos-fayllar.org

Adabiyotlar ro’yhati:
  1. Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” –T: . 1997 •


  2. Ilhomov. Z. A “Tarix fani metadologiyasi”-T: . 2012 •


  3. Atadjanov Sh, Ilhomov Z, Ishquvatov V, Allaeva N. o’zbek xonliklari tarixshunosligi –T: . 2011 •


  4. Jo’rayev N. “Tarix falsafasi” –T: . T 1999 •


  5. Ковальченю И. Д. Методы исторического и а тедования М. . 1987.


  6. Ilhomov Z. A. Tarix fani tadqiqotlarida manbalar bilan ishlashning metadologiyasi (ilmy maqolalar to’plami)). Т 2012


  7. Ilhomov Z. A. Tarix fani tadqiqotlarida manbashunoslik masalalari. –T: . 2012




2-m a’ruza. Tarix fani predmeti va tarixiy bilishning o‘ziga xosligi
Reja:
  1. Tarix fani predmeti


  2. Tarixiy bilishning o‘ziga xosligi




Tarix ilmiy bilim sifatida Maqsad: Tarix obyekti va predmeti, uning maqsad va vazifalarini, tarix nazariya haqidagi qarashlami, XX asrda tarix fanining rivojlanish xususiyatlarini talabalarga tushuntirish. Tayanch so‘z va iboralar: “Tarix” atamasi, “Istorika”, muarrix, Sitseron, Gerodot, Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy, ibn Xaldun, N.M.Karamzin, M.Blok, L.Fevr, F.Brodel, A.Toynbi, tarix fanining obyekti, fan metodologiyasi. Tarix obyekti va predmeti, uning maqsad va vazifalari “Tarix” atamasi yunoncha “Istorika” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘tmish voqealari haqidagi hikoya”, “tadqiq qilinganlami bayon qilish” degan ma’nolami anglatadi. Tarix ilmiy atama sifatida ikki xil ma’noni bildiradi. Birinchisi - tarix jamiyatning rivojlanish jarayoni sifatida bo‘lsa, ikkinchisi tarix jamiyatning rivojlanishi haqidagi fan sifatida, ya’ni bu holatda fan obyekti va fanning o‘zi bitta atamani anglatadi. Ma’lumki, har bir fan obyektiv voqelikning muayyan kesimini tadqiq etadi. Tarix fanining obyekti insoniyat jamiyatining o‘tmishi, uning rivojlanishi va o‘zgarishidir. Tarix fan sifatida o‘tmishga aylangan va aylanayotgan ijtimoiy borliqni o‘rganadi. Bunda tarixchi o‘zidan ming yillar uzoqda bo‘lgan tadqiqot obyektini kuzatish imkoniyatidan mahrumdir. Shu sababli ham tarix fanida tarixiy tadqiqot natijalarining haqqoniyligini aniqlash muhimdir2. Tarix bu inson haqidagi, jamiyatni inson faoliyati mahsuli sifatida o‘rganadigan fandir. Shundan kelib chiqqan holda tarix fanining vazifasi tarixiy jarayonni to‘liq o‘rganish, bayon qilishdan iboratdir. tarix fanining obyekti sifatida “subyekt (ya’ni tarixchi) bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan voqelik”ni, predmet sifatida bilish jarayoniga jalb etilgan obyektning bir qismini ta’riflagan va tarixiy tadqiqot jarayoni rivojlanishi mobaynida “bilish predmeti kengayib boradi”, deb ta’kidlagan. I.D. Kovalchenkoning fikriga ko‘ra, bilish obyekti “ichki tabiati, asosiy belgilari va qonuniyatlari bo‘yicha boshqa obyektlardan farq qiluvchi ma’lum bir voqelik va jarayonlar yig‘indisidir”. Predmet esa, uning ta’kidlashicha, “o‘rganilayotgan bilish obyektining o‘ziga xos xususiyatlari va belgilarining ma’lum bir yig‘indisidir”4. Boshqacha qilib aytganda, obyekt va predmet “bir butun - xususiy”, ya’ni predmet tadqiqotchi tomonidan o‘rganish uchun tanlangan obyektning bir qismidir. XX asrming oxirgi choragida tadqiqot paradigmasida tarix obyekti va predmeti to‘g‘risida yangi qarashlar vujudga keldi hamda unda o‘tmish haqida haqqoniylik mavjud emasligi ta’kidlandi5. Tarixchilar uchun faqat matn tushunarli bo‘lganligi tufayli va matn sifatida o‘tmishning moddiy ko‘rinishi sifatida saqlanib qolgan yozma yoki og‘zaki manbalar, bir so‘z bilan aytganda, insoniyat madaniyatining har qanday izi (qoldig‘i) tushunilgan6. Ta’kidlash joizki, ingliz tilidagi tarixiy tadqiqotlaming aksariyatida “tadqiqot obyekti” ajratib ko‘rsatilmaydi. “Subject matter of the study” - tadqiqot predmetida tadqiqotning umumiy mavzusi nazarda tutiladi, shuningdek, “Scope of the study” - tadqiqot doirasida tadqiqotning aniq jihatlari ko‘rsatiladi. “object of study” - tadqiqot obyekti tushunchasi ingliz tildagi tadqiqotda deyarli ishlatilmaydi.
Ko‘pchilik tarixchilar jarayon subyekti inson deb hisoblashadi. Ammo boshqacha fikrlar ham mavjud. Masalan, A.Toynbi tarixning haqiqiy yaratuvchisi xudo deb hisoblaydi. Tarix nazariyasi va metodologiyasi Tarix jamiyatning ajralmas bir qismidir. Tarix fanining jamiyatdagi o‘mi haqida mashhur mutafakkirlar fikr bildirib o‘tganlar va ushbu mulohazalami bilish muhimdir. Jumladan, Sitseron: “Tarix hayot murabbiysi” deb ta’kidlagan bo‘lsa, Leonardo da Vinchi: “o‘tmishni va dunyo mamlakatlarini anglash inson zakovatining bezagidir” deb fikr bildiradi8. N.M.Karamzin tarixning jamiyatdagi roli va o‘rni muammosi haqida quyidagi fikrlarni ta’kidlagan: “Tarix xalqlarning muqaddas, asosiy, zarur kitobidir; borliq va faoliyat oynasi, kashfiyotlar va qoidalar lavhasi, ajdodlaming avlodlarga vasiyati, hozirgi kunni tushuntirish va kelajak uchun namuna hisoblanadi”9. Umuman, ko‘pchilik tarixchilar ajdodlar hayotini o'rganmasdan turib, inson o‘zligini anglay olmasligi, dunyoga inson niftia uchun kelganligi, nima uchun va qanday yashash kerakligi, nimaga va qanday qilib intilishni bila olmasligi to‘g‘risida fikr bildirganlar. Bu kabi fikrlarda mutafakkirlar yakdil emas edi. Ulaming ba’zilari tarix fanining foydali ekanligiga shubha bilan qarashgan. Masalan, Gegel va Nitsshe, Volter va Dekart, Jan-Jak Russo va Pol Valeri kabi mutafakkirlar shular jumlasidandir. Xususan, Pol Valeri yozgan edi: “tarix aqliy faoliyatning eng xavfli mahsuli hisoblanadi. U millatlarni zaharxanda, takabbur, chidab bo‘lmaydigan va bema’ni qilib qo‘yadi”. Bundan xulosa qilish mumkinki tarixning roli va o‘rni haqida turli ziddiyatli fikrlar mavjuddir. Shunga qaramasdan hozirgi kunda tarix fani boshqa fanlar orasida o‘z mavqeiga ega bo‘lib, tarix fani rivojlanib bormoqda va bunda turli tadqiqot usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Usui bu bilimga erishish yo‘li, olimning ma’lum tarzda tartibga solingan, ongli va izchil faoliyatidir. Yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimada “metod” biror narsaga olib boradigan yo‘lni anglatadi. Metod bilish usuli sifatida o‘rganilayotgan obyektning jihatlari va xossalarini laboratoriyada, ilmiy tadqiqot moslamasida, tajriba maydonida, shuningdek, tadqiqotchining miyasida aks ettirish usulidir. Ilmiy bilishning epistemologiyasi va metodologiyasi ilmiy bilishning zarur sharti sifatida ilmiy asoslangan metodlardan tadqiqotchilik faoliyatida ongli ravishda foydalanishga xizmat qiladi. Metodologiya yun. metodos bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot va logos - so‘z) - tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limotdir. Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi umumiy bilish metodi, deb ham ta’riflanadi. Metodologiya umumiy voqelikka qanday yondashish yo‘lini o‘rgatadi. Masalan, voqelikning muayyan qismini, biror jihatini voqelikning chiziqli rivojlanishini metafizika, o‘zgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni dialektikani,.. voqelikda ro‘y beruvchi keskin, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini sinergetika metodologiyasi o‘rganadi. Metodologiyaning asoslari bo‘lib, ijtimoiy tarixiy, ijtimoiy ilmiy, insoniy, shaxsiy, madaniy zaminlar xizmat qiladi. Inson faoliyatining o‘zgarishi, yangilanishi metodologiyaning shartliligi va o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadin. Ierarxik nuqtayi nazardan, metodologiyani tasniflashda uning uch darajasi ajratilishi mumkin: falsafiy daraja; umumilmiy daraja; xususiy ilmiy darajalarga ajratish mumkin. Tarix fanining rivojlanishi Tarix fan sifatida Yevropada qadimiy davr mualliflari - “tarix otasi” Gerodot, Polibiy, Plutarx, Tatsit va boshqalar tomonidan vujudga keltirildi. Ular o‘z davri haqida ma’lumotlami to‘plab, yozib qoldirdilar. Yunon olimi £rerodotning mashhur “Tarix” kitobi bizgacha yetib kelgan eng qadimiy tarixiy manbadir. Gerodot Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya hududida) sohilidagi Galikamas shahrida tug‘ilgani uchun, uning ijodiga Sharq ta’siri kuchli bo‘lganligi tabiiydir. Sitseron zamondoshlari (milodning I asri) Gerodotni “Tarix otasi” deb atashgan. Aslida Gerodotning bu asari oxiriga yetkazilmagan (miloddan avvalgi 470 yilgacha bo‘lgan voqealar bilan tugallanadi) va uni hozirgi ma’noda ilmiy tadqiqot deb bo‘lmaydi. Shunga qaramay, uning kitobi voqealar va dalillar ko‘lami jihatidan hamda badiiy qiymati jihatidan o‘zidan avvalgi salafdoshlaridan anchagina yuqori turadi. Masalan, Gerodot o‘z kitobida Kaspiy dengiziga chegaradosh yerlarda bo‘lgan janglarni tasvirlaydi. Shundan so‘ng Kaspiy ortidagi vohalar, ularda yashagan masoxatlar (massagetlar) haqida yozadi. Gerodot birinchi bo‘lib, Kaspiy dengizining nomi Kaspiy xalqlari nomi bilan bog‘liq ekanligi haqida fikr yuritadi. Muarrixning buyuk shaxs ekanligini uning quyidagi xolis so‘zlaridan ham bilish mumkin: “Men o‘zim eshitgan narsalarni hikoya qilyapman, ammo ulaming hammasiga ishonishim shart emas. Ushbu xulosa yangi asarimga ham taalluqlidir”12. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashagan Fukididning Peloponnes urushlari haqidagi asari dunyoda birinchi ilmiy tarixiy asar sifatida e’tirof etilgan. Bu asar o‘sha davr tarixiy voqealarining ishonchli va haqqoniy tasvirlangani bilan ajralib turadi. Gerodot asariga nisbatan Fukidid asari olg‘a tashlangan qadam edi. Fukidid kitobida hayotiy voqealar tasviriga olimp “xudo”lari aralashtirilmaydi. Fukidid asarida voqealar guvohlarining aytganlari taqqoslanadi va bevosita o‘sha voqealar qatnashchilarining hikoyalaridan foydalaniladi. Fukidid asotirlar, miflardan foydalangan holda tarixiy rivojlanishga iqtisodiy omillaming ta’siriga asosiy e’tiborni qaratadi. Tarixiy dalillami aniq bayon qilish va haqiqatni aniqlashga intilish Fukidid asarining asosiy yutuqli jihatidir. Tarixiy voqealami haqiqatga yaqin qilib ilmiy bayon etgan muarrixlardan yana biri miloddan avvalgi II asrda yashagan Polibiydir. U o‘zining “Umumjahon tarixi” asarida miloddan avvalgi 220-146-yillardagi voqealami ellinlar (elladaliklar) nuqtayi nazaridan tasvirlaydi. Ushbu asar o‘rta Yer dengizi atrofidagi barcha eng muhim davlatlar tarixini o‘zaro bog‘liqlikda tasvirlagan birinchi asardir. Muarrix xulosasiga ko‘ra har bir davlat tirik vujud kabi tabiat qonuniyatiga asosan o‘sadi, rivojlanadi va inqirozga uchraydi. Polibiyda birinchi marta “pragmatik (amaliy) tarix” degan ibora uchraydi. Asaming 2-qismida voqealar nima sababdan, qanday maqsadda yuz berganligi aniqlanadi, ya’ni muayyan voqealar kelib chiqishi sabablarining ketma-ketligi va oqibatlari bayon qilinadi. Fukidid va Polibiy asarlari antik, ya’ni qadimgi davr tarixshunosligining cho‘qqisini tashkil etadi. Keyingi yunon (grek) muarrixlarining deyarli barchasi ular izidan bordilar. Rimliklar tarixshunoslikda va boshqa fanlar sohasida, shuningdek, san’atda yunonlaming shogirdlaridir. Musulmon tarixshunosligi shariat va islom aqidalari bilan bevosita bog‘liqdir. Musulmon olimlari tarixiy voqealami islom aqidalari, Allohning qudrati va qazoi taqdir bilan bog‘laydilar. Qur’oni karimda aytilishicha, inson tirik ekan, u Allohning irodasi bilan ish ko‘radi. Tarixchi esa jamiyatda yuz beradigan voqealaming sabablarini shariat qoidalari bilan uyg‘unlashtirishi zarur edi. Chunki har qanday mantiqiy fikrlash voqealaming sababini aniqlashni taqozo etadi. Musulmon tarixchilari bu murakkab vaziyatda o‘ziga xos yo‘l topdilar. Ular voqealaming kelib chiqish sabablarini bayon etib, bu sabablar ham Allohning irodasi ekanligini e’tirof etdilar. Musulmon tarixchilari ko‘p o‘rinlarda Qur’on suralari va oyatlarga asoslanadilar. Islom ta’limoti tarqalishi tarix fanining sezilarli darajada rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Ana shu davrda (VII asrdan boshlab) arablar, forslar, turkiy mutafakkirlar (Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy (783-85o y.), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048-y.), Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (839-923-y.), Ibn Xaldun va boshqalar) Sharq tarixchiligiga asos soldilar. Jumladan, Beruniy “osorul-boqiya anil-qurunil-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Juijonda yoza boshlagan va 10oo yilda tamomlagan. “osorul-boqiya” Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko‘rg&tdi. Bundan tashqari, Beruniy Juijonda astronomiya, metrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy tomonidan Tarix at-Tabariy. “Tarix al шпат val-muluk” (“Xalqlar va malik (podsho)lar tarixi”) asari yozilgan va bu asarda odam alayhissalomdan o‘zi yashagan asrgacha bo'lgan tarixni isbotlari bilan keltiradi, bu asar yetti yilda yozilgan. Ibn Xaldunning asosiy tarixiy-etnografik asari “Muqaddima”ning “Kirish” qismi nazariy ahamiyatga egadir. Ibn Xaldun fikrining orginalligi uning tarix predmeti va vazifasini tushunishda ko‘rinadi. Ibn Xaldun tarixning ikki jihatini ajratib ko‘rsatadi. Tashqi tomondan qaraganda tarix rivoyat, ajdodlar haqidagi xabar bo‘lsa, ichki tomondan qaraganda tarix - bu “haqiqatni tiklash, borliqning asosi va boshini aniqlash, voqealar qanday va nima sababdan yuz berganligi haqidagi chuqur bilim”13. Ibn Xaldun keng tarqalgan birinchi fikrdan ancha uzoq bo‘lib, ikkinchi nuqtayi nazar tarafdori edi. Tarixning vazifasi barcha ijtimoiy voqeliklar mohiyatini aniqlashdan iborat bo‘lganligi sababli tarix falsafiy fanlarga kiritilishi kerak, deb hisoblaydi. Ibn Xaldun nafaqat tarixni fanga aylantirishga, balki tarix nazariyasini yaratishga harakat qiladi. Ta’kidlash joizki, mazkur arab mutaffakkirining qarashlari Gegel g‘oyalariga o‘xshab ketadi. Shu bilan birga tarix predmetini talqin qilishda Ibn Xaldun Volterga va XVIII asr fransuz materialistlariga yaqin edi. Ular singari tarixchi axloqning, oilaviy va qabilaviy ruhning ijtimoiy holatini, aholi qatlami o‘rtasidagi farqlami, bir xalqni ikkinchi xalqdan ajratib turadigan jihatlarini o‘rganish va tushuntirish bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim edi. XIV asr uchun tarix predmeti va vazifasini bu tarzda talqin qilish butunlay yangicha konseptual fikr edi. Ibn Xaldun “Men kitob yozishda hali yurilmagan so‘qmoqni va hali aniq bo‘lmagan yo‘lni tanladim... Men ijtimoiy hayotning va shahar turmushining turli holatini va shahar jamiyatining muhim belgilarini tushuntirdim”14. “Bu fan, - deb tushuntiradi Ibn Xaldun, — ...o‘zining maxsus obyektiga ega bo‘lib, u sivilizatsiya va insoniyat jamiyatidir, bundan tashqari, u jamiyat mohiyati bilan bog‘liq ma’lumotlami tushuntirishgaxizmat qiladi... Bizning fikrimiz originalligi bilan, shuningdek, ulkan foyda keltirishi nuqtayi nazaridan yangi fanni ochib berdi. Biz uni kashf qildik”15. Ibn Xaldun sivilizatsiya tushunchasini ilmiy muomalaga kiritgan dastlabki olim bo‘lishi mumkin. U sivilizatsiyaning vujudga kelishi va mavjudligini shahar bilan bog‘laydi. G‘arbiy Yevropa adabiyotida “sivilizatsiya” tushunchasi XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelgan (Tyurgo, 1752; Mirabo, 1757; Fergyuson, 1759)16. Yevropa mutafakkirlari ham sivilizatsiyani shahar madaniyati fenomeni bilan bog‘lab ko‘rsatgan. Ibn Xaldun tarixiy jarayonga sivilizatsiya nuqtayi nazaridan qaragan va shuning uchun tarixning vazifasi faqat jamiyatdagi avlodlar almashinuvini bayon qilish, balki turli xalqlaming sivilizatsiya xususiyatlarini tushuntirishdan iborat, degan fikmi ilgari surgan. Yangi fanning xususiyatlari haqida gapirar ekan, Ibn Xaldun sivilizatsiya tarixini tushuntirish jamiyatdagi ma’lumotlardan kelib chiqadi, deb hisoblaydi. Shuning uchun O’QUVchi o‘tmish davr va xalqlar tarixi bilan tanishib, “kelajakda bo‘ladigan voqealami oldindan ko‘ra oladi” 17, tarixning foydali jihati shu bilan bog‘liq. Uning nuqtayi nazaridan dunyodagi barcha holatlaming sababi mavjud. Barcha narsa .ma’lum bir tartib va qonuniyatga egadir radigan murakkab jismlar - minerallar, o‘simliklar, hayvonot olami, inson ketma-ketligidan iborat. Inson - dunyoning eng yuqori darajasi bo‘lib, u hayvonot olamidan qonuniy ravishda vujudga kelgan va undan yuqori pog‘onani egallagan. Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, inson aql va ongli faoliyati bilan ajralib turadi. U yashash uchun manba topish uchjm mehnat asosiy o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ibn Xaldun asalari va chigirtka ham mehnat qilishi, lekin ular faoliyati fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lmasdan “hisobotsiz istak” natijasida ro‘y berayotganligini ko‘rsatadi. Inson faoliyati esa ongli, aniq bir maqsadga qaratilgan, degan fikmi ilgari suradi. Fikrlash qobiliyati va mehnat qilish qobiliyati evaziga insonlar hayvonot olamidan ajralib turadi, fan va hunarmandchilikning vujudga keladi. Ibn Xaldun fikriga ko‘ra, inson hayotida turli faoliyatning roli turlichadir. Inson doimiy ravishda yashash manbaiga ehtiyoj sezadi va Alloh ulami ishlab topish yo‘llarini ko‘rsatadi. Shuning uchun mehnat faoliyati “zaruriyat va tabiiy” bo‘lganligi sababli ilmiy bilimlardan ko‘ra muhimroqdir. Muallif nima sababdan uning kitobida yashash manbai haqidagi bob ilm to‘g‘risidagi qismdan oldin berilganligini tushuntirgan. Musulmon mamlakatlaridagi xalqlaming turli-tumanligi g‘oyalaming ham g‘aroyib tarzda aralashib birikib ketishiga olib keldi. Islomdan avval turkiy xalqlaming asosiy e’tiqodi shomonizm bilan bog‘liq bo‘lib, hatto Baqtriya markazi Balx shahrida buddaviylaming yirik diniy qasri - ehromi bor edi. o‘rta Osiyoda yana zardushtiylar va manixeylar - moniylar yonma-yon yashar edilar. Arablar o‘rta Osiyoga yangi diniy ta’limot - islom ta’limoti bilan birga yangi yozuvni ham olib keldilar. Arab yozuvi asta-sekin butun Eron va Turonga yoyilib, Abbosiylar hukmronligining ikkinchi asriga (ya’ni X asrga) kelib, murakkab o‘rta forsiy-paxlaviy yozuvini siqib chiqardi. Musulmonlaming muqaddas kitobi Qur’oni karim arab yozuvida bitilgani, shuningdek arab alifbosi nisbatan ilg‘orligi, 3 larga asoslangani, ya’ni har bir fonema - tovushga alohida belgi-harf borligi ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, VIII asrdan XX asrning boshlariga qadar bo‘lgan o‘rta Osiyo tarixi tarixshunosligiga doir nodir qo‘lyozma asarlar mavjud. o‘rta asrlarda yaratilgan bazi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston”, Abu Bakir Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafamoma”, Bobuming “Bobumoma”, Muhammad Yusufbek Bayoniyning “Tarixiy Xorazm”, “Shajarai Xorazmshoxiy”, Ahmad Donishning “Buxoro amirligining tarjimai hollari” va boshqalarda muayyan ma’lumotlami umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida tahliliy yondashuvga bo‘lgan harakatlar kuzatiladi. Abulg‘ozi Bahodirxon yetuk tarixchi olim sifatida e’tiborga sazovordir. Uning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari o‘rta Osiyo xalqlari tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. “Shajarayi tarokima”da turklaming afsonaviy podshosi o ‘g‘uzxon, avlodi va ulaming zamonida yuz bergan voqealar qisqacha bayon etilib, turkman urug‘lari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi asar asosan Chingizxon va uning avlodlari, xususan Xorazmda 1512-yildan hukmronlik qilgan Shayboniylar haqidadir. Abulg‘ozixonning bu asarlari rus, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib chop etilgan21. “Jome’ ut-tavorix” (Solnomalar majmuasi) qomusiy olim Rashiddin Fazlulloh ibn Imomuddavla Abulxayr tomonidan 13o2-1311-yillarda yozilgan. Uch qismdan iborat. Birinchi qism (“Tarixi G‘oziy”) da turk-mo‘g‘ul xalqlarining Chingizxongacha bo‘lgan tarixi, Chingizxon tuzgan yirik feodal davlat, Chingizxonning yurishlari, unga qaram bo‘lgan mamlakatlar tarixi, XII-XIII asrlarda Shimoliy-Sharqiy Osiyoda ko‘chib yurgan turk va mo‘g‘ul qabilalarining kelib chiqishi va ulaming ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘mi keng sharhlanib, G‘ozonxon (1295-13o4) o‘tkazgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar batafsil yoritilgan. Asaming ikkinchi qismi Sulton o ‘ljoyturkon (13o4-1317) ning topshirig‘i bilan elxoniylar saroyida istiqomat qilib turgan chet ellik olimlar (kashmirlik baxshi Kamalashri, xitoylik Li Da-chji, fransiyalikbir monax, ikkita fors olimi vah. k.) ishtirokida yozilgan. Asarda mo‘g‘ul istilosiga qadar musulmon olamining tarixi, shuningdek yahudiylar, Yevropa, Vizantiya, Rim, Xitoy va Hindiston tarixi bayon etilgan. Uchinchi qism jo ‘g‘rofiy asar bo‘lib, “Yetti iqlim”, ya’nj olamning inson istiqomat qilib turgan to‘rtdan bir qismi tavsifiga bag‘ishlangan. Bu qism bizgacha yetib kelmagan22. Rashiddinning “Jome’ ut-tavorix” asari Sharq va G‘arb olimlarining e’tiborini ko‘pdan beri jalb etib kelyapti. XV asrda Eronning yirik tarixchilaridan biri “Jome’ ut-tavorix”ning davomini yozib, Eron tarixini 1371-yilgacha davom ettirgan. Hofizi Abruning bu asari “Zayli jom e’ ut-tavorix” (“Jome’ ut-tavorix”ga qo‘shimcha”) nomi bilan mashhur23. o‘rta asrlarda Yevropa tarixchilari orasida xristian dini g‘oyalari hukmronlik qildi. XVIII asrda Yevropa m a’rifatparvarlari - Volter, Monteske, Golbax, Russo va boshqalar - tarix qonuniyatlari haqidagi masalani ko‘tarib chiqishdi. XVIII va XIX asrlar chegarasida tarix bilim sohasi sifatida fanga aylana boshladi. Keyinchalik Gegel tarixda erkinlik va zaruriyat muammosini ko‘tarib chiqdi. K.Marks tarixning materialistik konsepsiyasini yaratdi. XVIII va XIX asrlarda tarixning rivojlanishiga usulidan foydalanishni ilgari surdilar24. Tarixiy tadqiqotlar markaziga inson, uning tasawurlari, qo‘rquvlari, umidlari, qabul qilish stereotiplari va o‘zini tutish modeli qo‘yila boshladi. Yangi yondashuvning yana bir yangi jihati bayon qilishdan voz kechib, muammolar qo‘yish va farazlar ishlab chiqishga, tadqiqot obyektiga munosabatni o‘zgartirishga qaratilgan. o‘tmishda yashagan insonlami o‘rganish asnosida tarixchilar ular bilan dialogga kirishadi, tarixiy tadqiqotga ulaming qadriyatlarini va fikrlashlarining boshqa jihatlari bilan birga tarixchining ham qadriyatlarini jalb qiladi. Mazkur dialogda tarixchiga faol rol beriladi, uning bilish imkoniyatlari, ijodiy jasorati yuqori baholanadi. Pozitiv metodologiyada tarixiy tadqiqotlarda obyektlarga ustun o‘rin berilgan bo‘lsa, endi o‘rganayotgan subyektga ustun o‘rin beriladi. Fransuz tarixchilari M.Blok va L.Fevr antropologiyaga yo‘naltirilgan tarix fanidagi muammolami ishlab chiqdi, ulaming tarix fani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi “Kopemik to‘ntarishi” deb baholanadi26. “Yangi tarix fani” vakillari nafaqat maxsus tarixiy tadqiqot usullaridan foydalanishgan, balki tadqiqotlarida boshqa ijtimoiy gumanitar fanlarning tadqiqot usullarini ham qo‘llashgan, ya’ni fanlararo yondashuvdan foydalanishgan. Bu borada L. Fevr yozishicha, “Tarix matnlardan foydalanishi kunday ravshan. Lekin ular nafaqat matndan, balki kelib chiqishi turlicha bo‘lgan har xil manbalardan foydalanadi. Awaldan qo‘llanib kelingan manbalardan tashqari, yangi fanlar rivojlanishi, ayniqsa, statistika, demografiya, lingvistika, psixologiya kabi fanlar manbalaridan ham foydalanadi. Tarix fani yakkalik va o‘zi bilan chegaralanishdan voz kechish uchun bir-biridan uzoq hamda yaqin fanlar orasida aloqaning yangi shakllarini doimiy ravishda o‘matishi, turli fanlaming e’tiborini bir xil obyektda jamlashi tezkorlik bilan qilinadigan va o‘z samarasini beradigan vazifadir. Gap faqat tushunchalami o‘zlashtirish haqida ketmaydi. Hirinchi navbatda tadqiqot usullari va ruhini o‘zlashtirish lozim”27. “Annallar maktabi” asoschilari M.Blok va L.Fevrning eski, voqeaviy tarix, ayniqsa, siyosiy va diplomatiya tarixi tarafdorlari bilan tortishuvida XX asrning 5o-yillarida G‘arb tarixshunosligida "yangi tarix”''- “uzoq muddatlilik” tizimi tarixi, iqtisodiy va ijtimoiy tarix yengib chiqdi. Tarix fanida “ommaviy tarix” konsepsiyasi qaror topdi, A.Ya.Gurevich ta’biri bilan aytganda, tarixiy hayotning turli darajalari to‘g‘risida yaqqol tasavvur qilish imkonini berdi28. “ommaviy tarix” tushunchasi antropolog Marsel Moss (1872-1950 ; “Tana texnikasi”, “Qobiliyat haqida lavhalar” asarlari) ilgari surgan “ommaviy ijtimoiy fakt” nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyatda insonning har tomonlama faoliyatining turli jihatlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi alohida ta’kidlanadi. “Ijtimoiy ommaviy tizim”lar to‘g‘risida yozgan fransuz sotsiologi Jorj Gurvichning g‘oyalari F.Brodelning qarashlal iga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi29. Aynan L.Fevr o‘limidan so‘ng 1956- yilda jumalni boshqargan “Annallar” maktabining ikkinchi avlodi vakili F.Brodel ijodida tizimlar tarixini yoritishga alohida e’tibor berildi. B.G.Mogilnitskiyning bahosiga ko‘ra, uzoq davriy chegarani o‘z ichiga olgan va tarixni bir butunlikda o‘rganishga asoslab yozilgan “Moddiy sivilizatsiya, iqtisod va kapitalizm, XV-XVIII asrlar” fundamental asarini yaratgan F.Brodel bu yuz yillikda insoniyat ommaviy tarixini yaratgan muallif sifatida XX asr tarixiy lafakkuri tarixiga kirdi3o. Ushbu asar o‘zida fanlararo g‘oyani mujassamlashtirgan va muallifning “faqat tarix fani inson haqidagi barcha fanlarni birlashtirish imkoniyatiga ega, u boshqa fanlaming tushuntirishlarini bir-biriga bog‘laydi va fanlararo ijtimoiy fanbo‘la oladi”1.

  1. Тойнби А. Постижение истории. - М., 1996. - С. 5o4.


  2. Вяземский Е.Е., Стрелова О.Ю. Методика преподавания истории в школе. - М., 2001. - С. 16-17


  3. Карамзин Н.М. История государства Российского. Том 1. - Спб, 1816. - С.З.


  4. Вяземский Е.Е., Стрелова О.Ю. Методика преподавания истории в школе. - М., 2001. - С. 16-17. 7





Yüklə 340,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin