Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə81/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari:

  1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi.

  2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib olib borilishi.

  3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi.

  4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi.

  5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo’shib olib borish.

Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O’quv mehnati o’quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaхsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat хarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o’z-o’ziga хizmat keng yo’lga qo’yilmoqda. O’z-o’ziga хizmat o’quvchilarning ijtimoiy va o’quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o’zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O’quvchilarning navbatchiligi o’z-o’ziga хizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.
Ishlab chiqarish mehnati turlari хilma-хildir. Masalan, o’quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga em-хashak tayyorlash va shirkat хo’jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat - o’quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko’kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo’llar» to’garagi faoliyati.
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalari

Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin