Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


MUSTAQIL TA`LIM MASHG`ULOTLARI ……………..…….…



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə2/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

MUSTAQIL TA`LIM MASHG`ULOTLARI ……………..…….…...

  • KURS ISHI LOYIHASI ……………………………………………...

  • GLOSSARIY ………………………………………………………….

  • ILOVALAR …………………………………………………........

    1. Umumiy pedagogika fani bo`yicha fan dasturi ……........................

    2. Umumiy pedagogika fani bo`yicha ishchi o`quv dasturi…………...

    3. Tarqatma materiallar ………………………………………………

    4. Testlar ……………………………………………………………….

    5. Nazorat savollari ……………………………………………………

    6. Umumiy pedagogika fani bo`yich baholash mezonlari …………...

    7. Qo`shimcha manbalar ………………………………………………




    1. O`QUV MATERIALLARI

    MA`RUZALAR MATNI


    I-QISM
    1-Modul. “Pedagogika nazariyasi” kursining mazmuni va mohiyati
    Ta`lim nazariyasi


    1-Mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI.
    Mavzu rejasi:
    1.1.O‘zbekiston Respublikasningi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637-son, 2020 yil 23-sentabr).
    1.2.O‘zbekiston Respublikasi 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyalari: Maktabgacha ta’lim tizimi (PQ-4312 2019-yil 8-may), Xalq ta’limi tizimini (2019-yil 29-aprel, PF-5712-son), Oliy ta’lim tizimi (2019-yil 8-oktabr, PF-5847-son)
    1.3.Ta’lim tizimi va turlari.
    Tayanch so`z va iboralar: Maktabgacha ta’lim, uzluksiz ta’lim, pedagogik texnologiya, Xalq ta’limi, o‘quv-ishlab chiqarish, ta’lim tizimin, kasbiy ta’lim, usta-shogird.
    Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar.
    O‘zbekiston Respublikasningi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilindi va Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. Ushbu qonun 11 bob 75 moddadan tashkil topgan. 1-bob 1-5-modda, 2-bob 6-22-modda, 3-bob 23-28-modda, 4-bob 29-43-modda, 5-bob 44-46-modda, 6-bob 47-51-modda, 7-bob 52-56-modda, 8-bob 57-61-modda, 9-bob 62-66-modda, 10-bob 67-69-modda, 11-bob 70-75-moddalarni o’z ichiga oladi. Hujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’limtoʻgʻrisida” va “Kadrlartayyorlashmilliydasturitoʻgʻrisida”gi qonunlarni almashtiradi.
    Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha:
    birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
    ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
    nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
    oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
    katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
    jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
    eksternat tartibidagi ta’lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
    mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
    ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
    uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:

    • ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;

    • pedagogik хodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan. 


    Yüklə 7,35 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin