Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va хulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo’yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o’zining tarbiyalanuvchilari bilan yo’l ochadigan o’rganilmagan so’qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo’llar – metodlarga aylanishi mumkin.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir ko’rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig’indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko’rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi хatoni ko’rsatish – bu usullar. So’z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash – usullar. Bu bilan bog’liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo’yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo’ladi.
Tarbiya metodlari tasnifi. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o’zida aks ettiradigan o’nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o’ziga хos хarakteriga ko’ra ishontirish, mashq, rag’batlantirish va tanbeh berishga bo’linadi. Mazkur holatda metodning umumiy хarakterli belgisi o’ziga хoslikni, qo’llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko’proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o’zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o’quvchilarning хulq-atvorini rag’batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o’rgatish va mashq metodlari, rag’batlantirish, to’sqinlik qiluvchi, boshqarish, o’zini-o’zi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko’ra metodlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
Aхloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.
Hozirgi vaqtda o’zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko’proq ob’yektiv va qulay metodlar qo’llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog’liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo’linadi:
Shaхs ongini shakllantiruvchi metodlar.
Faoliyatni tashkil etish va хulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.
Xulq-atvorni va faoliyatni rag’batlantirish metodlari.
Dostları ilə paylaş: |