Tayanch tushunchalar: Afaziya — bosh miya po`stloq qismidagi markazlar faoliyatining shikastlanishi natijasida nutqning buzilishi.
Dialogik nutq — ikki yoki undan ortiq ishtiroqchilar birday faol bo`lgan nutq turi.
Ichki nutq — insonning tovushsiz nutq faoliyatining o`ziga xos turi, tafakkurning asosiy quroli.
Identifikatsiya — o`zini boshqa kishining o`rniga qo`yish orqali unga tenglashtirish.
Kommunikatsiya (psixologiyada) — til yoki boshqa belgilar vositasida axborot berish.
Muloqot — ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasidagi axborot ayirboshlash, o`zaro ta`sir va bir - birini tushunishdan iborot jarayon.
Monologik nutq — bir kishining o`ziga yoki boshqalarga yo`naltirilgan nutqi.
Refleksiya — sub`ektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab etish.
Stereotiplashtirish — xulq - atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma`lum va mashhur deb sanalgan, ya`ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini izohlash.
Til — so`z belgilari yig`indisi.
MAVZU: SHAXSNING HISSIY VA IRODAVIY SOHASI REJA: Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.
Emotsiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon-Bard, S.SHaxtyor, D.Zinger). Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo‘yicha).
Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.
1. Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.