Pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,42 Mb.
səhifə294/330
tarix16.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#181208
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   330
O‘zbekiston respublikasi

Nazorat savollari:

  1. Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va harakatlantiruvchi kuchlari haqida ma’lumot bering.

  2. Yosh davrlarga tavsif bering.

  3. Yosh davrlarni taqalash haqidagi turli nazariyalar haqida ma’lumot bering.

  4. Yuqorida keltirilgan jadvalni izohlang.

Uchinchi savol: Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi, aqliy rivojlanishi, O`quv faoliyatining xususiyatlari, boshlan½ich sinf O`quvchilar shaxsining shakllanishi haqida tushuncha beriladi.
Nazorat savollari:

  1. Kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning o`ziga xos psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Bolalar inteklektual rivojlanishda kichik maktab davrining ahamiyati.

  3. O`quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar.

  4. Kichik maktab yosh davridagi bola shaxsi rivojida yuzaga keladigan yangilanishlar nimalardan iborat?

Psixologik masalalar echish.
1. O`quvchilar 1-sinfda dars haqida o`qituvchiga tez-tez murojaat qilib, Sardorni qarang, kerakli ustun qolib, boshqa ustundagi misollarni echayapti, Anvar unga noto`g`ri ko`rsatib berdi yoki Gulnora misolni mutloqa echmadi deydilar yoki boshqa shunga o`xshash gaplarni aytadilar. Boshqalari o`rtog`ining misol yoki masalani noto`g`ri echayotganini ko`rib qoladida, dars paytida bor ovozi bilan «ana uning xatosi bor» deb baqirib yuboradi. Yo bo`lmasa, hamma jim o`tirgan paytda o`rinlaridan turib, butun sinfga eshitiladigan qilib, «ana Bekzod uchta misolni echmasdan boshqasiga o`tib ketdi» deb yuboradi.
Savol:

  1. 1 – sinf o`quvchilarining bunday xatti-harakatlarini nimalar bilan izohlash mumkin?

  2. O`qituvchining xatti-harakatlari o`quvchilar shaxsni rivojlantirishga ta’sir ko`rsatishi hamda sinfda jamoatchilik munosabatlarining shakllanishiga yordam berish uchun bunday hollarda u qanday harakat qilmog`i kerak?

2. Bola nima uchun darsga kelmaganligini izohlovchi xat olib keldi. «Sen chindan ham kasal bo`lib qoldingmi?» deb so`raydi undan o`qituvchi. Bola churq etmay turadi. «Xo`sh, bu xatni chindan ham sening onang yozib berdilarmi?» deb so`raydi yana O`qituvchi. Bola javob bermaydi. «Xo`sh, unda bu xatni kim yozdi?» deb so`rashda davom etadi O`qituvchi. «hech kim» deb keskin javob beradi bola.
Savol:

  1. Xo`sh, sizning fikringizcha, bola nima uchun o`qituvchiga shunday javob berdi?

  2. O`qituvchining o`rnida siz bo`lganingizda qanday harakat qilgan bo`lardingiz?

Ushbu mavzu yuzasidan tuzilgan test savollari asosida talabalarning bilimlari mustahkamlanadi.
Adabiyotlar:

  1. I.A.Karimov. O`zbekiston Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: “O`zbekiston”. 1995 yil.

  2. I.A.Karimov. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: 1997.

  3. I.A.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O`zbekiston”. 1997.

  4. E.Goziev. Psixologiya. 1994 yil

  5. A. I. Shcherbakov. «Umumiy psixologiyadan amaliy mashg`ulotlar», Toshkent, «O`qituvchi» 1984.

  6. A. I. Shcherbakov. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum. Toshkent, «O`qituvchi», 1991.

  7. M.G.Davletshin., Sh.Do`stmuhammedova. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya, Toshkent, 2004.

  8. Xoxlova. Talabalar uchun psixologiyadan topshiriqlar, Toshkent, 1994.

  9. V.Karimova. Psixologiya, Toshkent, 2000.


Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin