Pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,42 Mb.
səhifə297/330
tarix16.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#181208
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   330
O‘zbekiston respublikasi

Seminar savollari

  • Maktabgacha yoshidagi bolalarning psixik taraqqiyoti.

  • Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlari.

  • Maktabgacha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishi.

  • Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi.

  • Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.

  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar shaxsining shakllanishi.

  • Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari.

Ikkinchi savol: Maktabgacha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishi qanday kechadi? Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlari haqida tushincha bering
Nazorat savollari:

  1. Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va harakatlantiruvchi kuchlari haqida ma’lumot bering.

  2. Maktabgacha yoshidagi davrlarga tavsif bering.

  3. Maktabgacha yoshidagi davrlarni taqalash haqidagi turli nazariyalar haqida ma’lumot bering.

  4. Yuqorida keltirilgan jadvalni izohlang.

Uchinchi savol: Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi, aqliy rivojlanishi, O`quv faoliyatining xususiyatlari, boshlan½ich sinf O`quvchilar shaxsining shakllanishi haqida tushuncha beriladi.
Nazorat savollari:

  1. Kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning o`ziga xos psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Bolalar inteklektual rivojlanishda kichik maktab davrining ahamiyati.

  3. O`quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar.

  4. Kichik maktab yosh davridagi bola shaxsi rivojida yuzaga keladigan yangilanishlar nimalardan iborat?

Psixologik masalalar echish.
1. O`quvchilar 1-sinfda dars haqida o`qituvchiga tez-tez murojaat qilib, Sardorni qarang, kerakli ustun qolib, boshqa ustundagi misollarni echayapti, Anvar unga noto`g`ri ko`rsatib berdi yoki Gulnora misolni mutloqa echmadi deydilar yoki boshqa shunga o`xshash gaplarni aytadilar. Boshqalari o`rtog`ining misol yoki masalani noto`g`ri echayotganini ko`rib qoladida, dars paytida bor ovozi bilan «ana uning xatosi bor» deb baqirib yuboradi. Yo bo`lmasa, hamma jim o`tirgan paytda o`rinlaridan turib, butun sinfga eshitiladigan qilib, «ana Bekzod uchta misolni echmasdan boshqasiga o`tib ketdi» deb yuboradi.
Savol:

  1. – sinf o`quvchilarining bunday xatti-harakatlarini nimalar bilan izohlash mumkin?

  2. O`qituvchining xatti-harakatlari o`quvchilar shaxsni rivojlantirishga ta’sir ko`rsatishi hamda sinfda jamoatchilik munosabatlarining shakllanishiga yordam berish uchun bunday hollarda u qanday harakat qilmog`i kerak?

Bola nima uchun darsga kelmaganligini izohlovchi xat olib keldi. «Sen chindan ham kasal bo`lib qoldingmi?» deb so`raydi undan o`qituvchi. Bola churq etmay turadi. «Xo`sh, bu xatni chindan ham sening onang yozib berdilarmi?» deb so`raydi yana O`qituvchi. Bola javob bermaydi. «Xo`sh, unda bu xatni kim yozdi?» deb so`rashda davom etadi O`qituvchi. «hech kim» deb keskin javob beradi bola.
Savol:

  1. Xo`sh, sizning fikringizcha, bola nima uchun o`qituvchiga shunday javob berdi?

  2. O`qituvchining o`rnida siz bo`lganingizda qanday harakat qilgan bo`lardingiz?

Ushbu mavzu yuzasidan tuzilgan test savollari asosida talabalarning bilimlari mustahkamlanadi.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin