Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar Гамезо М.В, Домашенко И.А. Атлас по психологии М; «Просве-щение»1986 г
Гиппенрейтер Ю.Б Введение в общую психологию: Курс лекций: Учебное пособие для вузов –М.; ЧеРо 1997
Гримак Л.П. Резервы человеческой психики. Введение в психологию активности. — 2-е изд., доп. — М; Политиздат, 1989
Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y
Джемс В. Многообразие религиозного опыта. — СПб.: Андреев и сыновья, 1992.
Джемс В. Психология.- М., 1991
Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y
5-Seminar mashg’ulot. Diqqat va sezgi Mashg’ulot maqsadi: Diqqat haqida tushuncha. Idrokning nerv- fiziologik asoslari. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat, diqqatning xususiyatlari, diqqatning kuchi va bo’linishi. Diqqat ko’lami, diqqat taqsimlanishi,shaxsda diqqat rivojlanishi. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologikasoslari. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi sohasidagi qonuniyatlar. Diqqat va sezgi haqida tushuncha Diqqat va sezgining nerv-fiziologik asoslari Diqqat va sezgi turlari, xususiyatlari Diqqat va sezgi borasidagi psixologik nazariyalar Diqqatning buzilishi Sezgilarning umumiy qonuniyatlari Tayanch tushunchalar Diqqat - ongimizning muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat psixik holat.
Diqqatning barkarorligi - diqqatning ma'lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob'ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtda bir necha ob'ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
Diqqatning ko’chishi - diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob'ektdan ikkinchi ob'ekta ko’chirish.
Dominanta (lot. dorainans-hukmron) - markaziy nerv tizimining vaqtincha hukmron qismi bo’lib, boshqa qismlar faoliyatini tormozlaydi.
Orientasiya refleksi (lot. oriens - sharq reflexus - aks etish) - shartsiz refleksning bir turi, u har qanday yangi qo’zg’ovchi ta'siriga birinchi bo’lib javob beradi.
Taxistoskop (yunon. tachy tez, skopeo - ko’raman) - qat'iy belgilangan qisqa vaqt davomida ko’rish qo’zg’atuvchilarini namoyon qilish sababi. Idrok, xotira, diqqat va boshqa jarayonlarni tadqiqot qilishda ishlatiladi.
Tush ko’rish - uxlab yotgan odam bosh miya yarim sharlari qobiqidagi ba'zi nerv markazlari faoliyati natijasida uyqu vaqtida hosil bo’ladigan ma'lum darajadagi aniq obrazlar.
Adaptasiya(lot. Adaptare moslashtirmoq) - sezgi a'zolarining qo’zg’ovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishi.
Akkomodasiya (yunon. Akkomadatio - moslashish) - ko’zning turli masofadagi narsalarni ko’rishga moslashuvi.
Analizator (yunon. Analusis bo’laklarga ajratish) - murakkab neyrofiziologik tizim, odamga ta'sir etuvchi qo’zg’alishlarni idrok etish va uni tahlil qilish.
Afferentasiya (lot, afferens (afferentis) - keltiruvchi) - tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar orqali sezgi a'zolariga ta'sir etish asosida paydo bo’lgan nerv tizimiga kelib turish jarayoni.
Binokulyar ko’rish - (lot bini - juft, okuliys - ko’z) - bitta ob'ektning o’zini har ikkala ko’z bilan barobar ko’rish.
Veber-Fexner qonuni - qo’zg’ovchi kuchning o’zgarishi bilan hosil bo’lgan muayyan sezgi kuchining o’zgarishi o’rtasidagi o’zaro munosabatni ifodalashdan iborat psixofiziologik qonun.
Vestibulyar apparat (lot. vestibultuu – boshlang’ich, apparatus - asbob) - fazodagi harakatlarning yo’nalishining holati va bunday harakatlar yo’nalishining o’zgarishini kuzatib baholab turishga yordam beradigan analizator (ichki quloqda joylashgan).
Interoreseptiv sezgilar - (lot. interior - ichki, redpiere - olmoq) - ichki a'zolarga joylashgan reseptorlar.
Kinestetik sezgi (yunon. kineo - hapakatga keltiraman) - o’z tana a'zolarining holati va xarakatini propreoreseptorlar ta'siri ostida sezish.
Sezgi - psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida hayvonlarga ham, odamlarga ham xos xususiyat. Voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta'minlaydi.
Sezgi a'zolarining o’ziga xos quvvati - sezgi a'zolarning maxsus quvvati haqidagi qonun bo’lib, bu qonunga binoan sezgi a'zolari tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta'sirini aks ettirmay, balki sezgi a'zolarining o’ziga xos quvvatini qo’zg’ovchi tashqi turtki deb hisoblanadi (M.Myuller).
Sezgi chegarasi - sezgining mutloq chegarasi. Minimal kuchga ega bo’lgan qo’zg’ovchining bilinar - bilinmas ta'sirini sezishga sezgining kuchi chegarasi, qo’zg’ovchining eng yuqori kuchga ega bo’lgan ta'sirini sezishga - sezgining yuqori (maksimal) chegarasi deyiladi.
Sezgirlik - o’ta sezuvchanlik, sezgi a'zolarining o’ziga ta'sir etib turgan qo’zg’ovchilarning salgina yoki unchalik farq qilmaydigan ta'sirini ajrata olish qobiliyati.