16.3. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi – o‘quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni tabiiy sog‘lom o‘sishini ta’minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga Shuningdek, vatan mudofaasiga tayyorlashdir.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:
Har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ma’nan rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga muhim hissa qo’shib va ulardagi ozodalik, pokizalik, irodalilik, sabr – bardoshlilik ko’nikmalarini tarkib toptirishdan iboratdir (bosh vazifa);
Sog’liqni mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy takomillashuvga asos yaratish;
Yoshlar ongida harakat turlari to’g’risida tasavvur hosil qilish va ularning kishi sog’lom turmush tarzidagi ahamiyati haqidagi ko’nikma va malakalarni yoshlar ongida shakllantirish;
Kishining harakatlanish jarayoniga tegishli faoliyatini takomillashuviga yordam berish;
Yoshlarning yoshiga, jinsiga mos keladigan jismoniy mashqlar tizimini aniqlash va ularning asosiy harakat faoliyatining rivojlantiruvchi mexanizmlarini (texnologiyalarini) ishlab chiqish;
Jismoniy tarbiya va sport, jismoniy madaniyat va onglilik sohasidagi ma’lumotlarni bayon qilishda axloqiy – irodaviy sifatlarni tarbiyalash, xulq – atvor ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutish;
Yoshlarning sport bilan qiziqish va unga bo’lgan maylligini hosil qilish yordamida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan muntazam ravishda Shug’ullaniSh uchun odatlanishiga yordam berish (ijobiy ta’sir ko’rsatish);
Yoshlar turmush tarzida jismoniy tarbiyaga ongli munosabatda bo’lishni o’rgatish, ya’ni o’z sog’lig’iga ongli munosabatda bo’lishni shakllantirish orqali ularni gigiyena qoidalariga amal qilishni va ertalabki gimnastika qilishga odatlantirish hamda doimiy ravishda sport mashg’ulotlariga qatnashishini tarkib toptirish.
Jismoniy tarbiya kishilarga qulay ta’sir ko‘rsatib, ularning salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Sport- har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning ajoyib vositasidir. U dam olish bilan mehnatni almashtirib turishga yordam beradi, ijodiy his-tuyg‘u manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Qisqasi, jismoniy madaniyat va sport sog‘lom, kuchli, chaqqon, topqir, to‘siqlarni enga oladigan, ona Vatanni ko‘z qorachig‘iday e’zozlovchi vatanparvar, kelajakka ishonch bilan qaraydigan yoshlarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi.
Shu sababli kishilik jamiyatining eng ibtidoiy holatidan hozirgi kunimizga qadar har qanday jismoniy kamolot va to‘qlikni avlodlarning kamolotini ta’minlovchi zanjir deb hisoblab kelishgan.
Demak, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy barkamolligini ta’minlash faqat ota-ona, maktabning ishigina bo‘lib qolmasdan, balki u davlat ahamiyatiga molik ish hamdir.
Jismoniy tarbiyaga bo‘lgan e’tibor, g‘amxo‘rlikning kun sayin oshib borishi bu fikrimizning yorqin dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lgan kundan boshlab, yoshlar tarbiyasini, ularni yaroqli Vatan himoyachisi bo‘lishiga va sportning barcha turlarini jadallashtirish maqsadida bir qator maqtovga sazovor ishlarni amalga oshirdi. Bularga «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha qonun» (1992y), »Sog‘lom avlod dasturi», «Futbolni yanada rivojlantirish bo‘yicha qaror» (1996y), «kurash asotsiatsiyasini tuzish» (1998y) va boshqa yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish o‘rinlidir. Shuningdek, davlatimiz va hukumatimiz rahbarligida tennis bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti kubogi, milliy kurash, u-Shu, taekvando, boks va boshqa turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, o‘zbek kurashini Olimpiya turiga aylantirish maqsadida jahon birinchiliklari o‘tkazilmoqda va hokazo.
Jismoniy tarbiya mazmuni besh xil tushunchalarda o‘z ifodasini topadi. Ya’ni jismoniy kamolot, jismoniy holat diagnostikasi, jismoniy madaniyat, jismoniy-sport ishlari, jismoniy ma’lumot. Jismoniy kamolot- o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki organlarining o‘zgarishi, o‘sishidir. Birinchi navbatda yurak va o‘pka, shuningdek, nerv va harakat tizimi, tana shaklining o‘zgarishi, teri-muskul tizimi, og‘irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy kamolot insondagi jismoniy ma’lumotning o‘sishi borasidagi o‘zgarishlar, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo‘lgan o‘zgarishlar tushuniladi.
O‘quvchilarning jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida kamolot diagnostikasi muhim o‘rin tutadi. U jismoniy tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, jismoniy tarbiya samaradorligi ko‘rsatkichidir. Maxsus usul va jismoniy texnika asosida o‘quvchilarning sog‘liqlarini, har bir alohida shaxs kamoloti saviyasini tadqiq etish, belgilangan me’yor va undan uzoqlanish ko‘rsatkichlarini oldindan belgilash asosida tarbiya uchun doimiy ko‘rsatkich aniqlanadi. Jismoniy etuklik bu badanning tashqi ko‘rinishidagi garmoniya, go‘zallik shakli: jismoniy sifatlarning yuqori darajadagi kamoloti-kuchi, tezligi, chidamliligi va abjirligi barcha tizimlarning mutanosibligi va ularning salomatligidir. Agar diagnostika o‘quvchilarning yoki biron-bir o‘quvchining jismoniy va meditsina ko‘rsatkichlari pasayib ketayotganligini ko‘rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud tizimni o‘zgartirish lozim.
Jismoniy madaniyat tarbiyaning tarkibiy qismidir. Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:
Inson a’zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti- ichki a’zolar, nerv va harakat, suyak-muskul tizimi, badanning uyg‘unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish.
O‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash.
Gigiena qoidalariga ko‘nikish.
O‘quvchilarning har tomonlama mohirligini o‘stirish.
Bo‘lajak ishchi-mehnatkashlarning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb ahamiyati jihatidan shakllantirish, uning ish qobiliyatini oshirish.
O‘quvchilarning jismoniy va yosh hususiyatlari uchun Sharoit yaratish.
Iroda, chidamlilik, qat’iy intizom, do‘stlik va o‘rtoqlik hissi,
kamol topish va o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun harakat qilishni tarbiyalash.
Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini kamol toptirish.
Ko‘rinib turibdiki, jismoniy tarbiya mazmuni etarli darajada kengdir. Ularni amalga oshirish yoshlarimizning turmush tarzini, jismoniy madaniyat va sport asosida mazmunli shakllanishini ta’minlaydi. Yuqoridagi sifatlar, doimiy mashqlar asosida har bir shaxsda o‘z badaniga va uning go‘zal bo‘lishiga intilish, shaxsiy sog‘lig‘ini jamiyat taraqqiyoti bilan, xalq madaniyati bilan bog‘lash sifatlari shakllanadi. Jismoniy tarbiya ta’lim mazmunida ham qaror topadi. Uning vazifasiga o‘quvchilarda tanlangan sohaga aloqador ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, rivojlantirish kiradi. Jismoniy tarbiyaga harbiy tayyorgarlik elementlari ham kiradi. Jismoniy tarbiyani boshqa fanlar orqali ham, xususan, ishlab chiqarish ta’limi orqali ham amalga oshiriladi: jismoniy sog‘lik, badan go‘zalligi va boshqalar qaror topadi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarning ko‘rsatishicha, jismoniy tarbiya o‘quvchi va o‘qituvchilar jamoalarining turmush tarzi va dasturiga aylangandir. Ayniqsa, jismoniy tarbiya daqiqalari, sport va jismoniy tarbiya targ‘iboti, ishlab chiqarish ta’limi texnologiyasi va ishlab chiqarish amaliyoti borasidagi yutuqlarni rag‘batlantirishda, o‘quvchilarning uzoq vaqtgacha ish qobiliyatlarini saqlab turishda, yoshlarimizning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb mazmuniga bog‘lash borasidagi dars jarayonlarida ahamiyati beqiyosdir.
Jismoniy tarbiya sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda ham amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyat-sport ishlari yoki oddiy sport Sho‘balari, klublari, guruhli yoki ommaviy musobaqalar va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quvchilar bilan alohida tarzda ishlash natijasida a’zolari bo‘shashib qolgan, jismoniy kamchiligi bor, darsdan ozod bolalarning sog‘liklarini tiklash ishlari olib boriladi. Ikkinchi ma’noda jismoniy qobiliyatli bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olib ham alohida mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi. Ayrim qobiliyatli bolalar, maktab va boshqa o‘quv yurtlarida o‘qish bilan birga ommaviy sport ishlarida ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritishlari, xatto, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot ham olishlari mumkin.
Maktab va kasb-hunar kollejlarida, litseylarda jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarning jinsiy farqlariga asoslangan holda, shuningdek, kasb turlariga qarab turli vazifalarni hal etish mumkinligini inkor etmaslik kerak. Masalan, o‘quvchi o‘g‘il bo‘lsa unda erkaklik fazilatlari, kuchlilik, aniqlik harakatlarini maromiga sola bilish, dangasalikni bartaraf eta olish, jinsiy etuklik, yaroqlilik shakllantiriladi.
Qizlarda esa harakatlarida muloyimlik, aniqlik, qizlik latofati, qo‘rqoqlikni bartaraf eta olish kabi sifatlar qaror toptiriladi.
Jismoniy tarbiya mazmunida «jismoniy mehnat», «jismoniy ta’sir», «jismoniy jazo» va boshqa iboralar ham uchrab turadi. Jismoniy mehnat-aqliy mehnatdan farqli o‘laroq insonning jismoniy-kuchi, muskul harakatlari qismlari va boshqalar bilan bog‘langandir. Jismoniy mehnat to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tashkil etilishiga qarab yoshlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishini unutmaslik lozim. Har qanday Sharoitda ham jismoniy mehnat turlarini jismoniy tarbiya mazmuniga kiritilish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy ta’sir- bu inson badaniga yo biron-bir buyum bilan, yoki insonlar tomonidan (qo‘l, oyoq, badan orqali) ta’sir ko‘rsatishdir. Yaqin vaqtlargacha bu haqida juda oz fikr bildirilgan va uni nopedagogik ta’sir deb kelingan edi. Pedagogik tajribada o‘quvchilarni aqliy faoliyatlarini rag‘batlantirish maqsadida jismoniy ta’sir ko‘rsatishdan tez-tez foydalandiish mumkinligi isbotlangan. Masalan, bolalarning boshini silash, qo‘lini bolalar elkasiga yumshoq qo‘yish orqali ruhlantirish, partadagi bolalar yoniga o‘tirib hamkorlik bildirish va hokazo va Shunga o‘xshash. Bunday badan tarbiya orqali ta’sir ko‘rsatish o‘quvchilarning tarbiyalash darajalari samaradorligini oshiradi, o‘qituvchi o‘rtasidagi to‘siq bartaraf etiladi va osoyishtalik, bir-biriga ishonch qaror topadi.
Jismoniy jazo-o‘quvchidagi xulqiy kamchilik yoki biron-bir noahloqiy xatti-harakatlarni bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladi. Jismoniy jazoga ochlik e’lon qilish ham kiradi. Bizning maktablarimizda jismoniy jazo bekor qilingan.
Maktablarda o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash uchun quyidagilar bajarilishi Shart:
Shaxsning jismoniy kamolotini nazarda tutgan holda, tarbiyalanuvchining jismoniy madaniyati bo‘yicha turmush tarzini qaror toptirish.
Jismoniy tarbiyani pedagogik jarayonni tashkil etishda tabiiy, madaniy uyg‘unlashish va insoniylikka asoslanib shakllantirish.
Jismoniy tarbiyani aqliy, ahloqiy tarbiya bilan, o‘quvchilarning ma’naviy hayoti bilan bog‘liqligini ta’minlash.
Moddiy texnika, kadrlar bilan va uslubiy jihatdan ta’minlash va hokazo.
Jismoniy tarbiyani ta’bir joiz bo‘lsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash jarayonlarining tarkibiy qismi deb qarash lozim.
Hozirgi kunimiz uchun ya’ni oila va maktabda yoshlarning tabiiy o‘sishlarini ta’minlash zarur bo‘lgan quyidagi qoidalarga rioya qilinishi yutug‘imiz garovidir.
1. Oila va maktabda hamma yoshdagi o‘quvchilar uchun bir kecha kunduzlik rejim o‘rnatish va ularga rioya qilinishini nazorat qilib borish lozim. Mehnat dam olishning, og‘ir mashg‘ulot bilan engil mashg‘ulotning to‘g‘ri navbatlanib turishi, doimo ma’lum vaqtda ovqatlanish, ma’lum vaqtda ochiq havoda bo‘lish, o‘z vaqtida uxlash va hokazolar sog‘lom o‘sishning muhim Shartidir.
2. Tashqi sezgi a’zolarining sog‘lom bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish kerak. Yoshlarimizning aqlan barkamolligi, mehnat va mudofaaga to‘la yaroqli bo‘lishlari uchun tashqi sezgi a’zolarining sog‘lom bo‘lishi juda katta ahamiyatga egadir. O‘quvchilarning ko‘zini chang, tutun va havo iflosliklaridan saqlash: yuvinib turishini maslahat berish lozim. Daftar va kitobni xaddan tashqari yaqinlik bilan o‘qish, yozishlari ularning uzoqni ko‘ra olmaydigan bo‘lib qolishlariga olib kelishini tushuntirish, yaxshi yoritilmagan xonalarda kitob o‘qimaslikni maslahat berish darkor. Quloqlarni kirlanishdan, shamollashidan va ichiga iflos narsalarning kirib qolishidan saqlanishini o‘rgatish kerak. Eng muhim gigienik qoidalarga rioya etish, badanimizni toza tutishimiz lozimligini erinmay tushuntirishimiz Shart.
3. O‘quvchilarning umurtqa pog‘onasi, tos va elka suyaklari egrilanib, ko‘krak qafasi o‘sishdan to‘xtab qolmasligi, uzoqni yaxshi ko‘rolmaydigan bo‘lib qolmasliklari uchun o‘qituvchi ularni sinf mashg‘ulotlari vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirg‘izishlari kerak.
4. O‘quvchilarimizning sog‘lom o‘sishlarida etarli ovqatlanish-
(hayvon, o‘simlik oqsillari, xo‘l meva, suyakning o‘sishi uchun etarli
tuzlar) tartibi to‘g‘ri va tartibli nafas olish haqida(kamida 2-
3 soat ochiq havoda bo‘lish) ga ham g‘amxo‘rlik qilishimiz darkor.
Buning uchun oilada va maktabda engil ishlar bilan Shug‘ullanish,
gimnastika mashg‘ulotlarini bajarish kabilarni joriy etilishi
maqsadga muvofikdir va hokazo.
Yuqoridagi omillarning samaradorligi ota-ona va o‘qituvchilarning ziyraklik va mohirlik bilan tarbiyaviy ishlarini tashkil etishlariga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |