Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org
17.3. Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi Maktab ma’orifni boshqarish Shakllari va metodlari Respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining har bir bosqichida jamiyat xal qilishi lozim bo‘lgan vazifalarga muvofiq o‘zgarib va takomillashib boradi.
Maktab ichki boshqaruvini boshqarish qoidalari asosida tashkil qilish hozirgi davrining muhim talablaridan biridir. Biz quyida mana shu boshqarish qoidalariga alohida to‘xtalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
1. Demokratizm qoidasi.
Bu qoida hozirgi davrda jamiyatimiz yanada demokratlashtirish, xalqning o‘z-o‘zini boshqarishni chuqurlashtirish bobida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Demokratizmni asossiz ravishda mustaqillishtirish oddiy xodimlar tashabbusining cheklanishiga, sub’ektivizmga olib borishi mumkin. Demokratizm uchun ilmiy asoslangan pishiq-puxta tashkiliy tuzilish yaratib qo‘yilgan bo‘lmasa, mehnatkashlarni jamoat ishlarini boshqarish ko‘nikmalari ruhida tarbiyalash sohasidagi ish zaif bo‘lsa, demokratizmga zid bo‘lgan anarxiya tomonga "og‘ish" sodir bo‘lishi mumkin. Mana shu sabablarga ko‘ra demokratizm bobida jamiyat erishgan rivojlanish darajasiga mos keluvchi to‘g‘ri nisbatni belgilash va davom ettirish hozirgi bozor iqtisodiyoti davridagi muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Demokratik qoida vazifalarni xal etishdagi andozachilikka ham, shuningdek, ko‘pchilikning xohish-irodasini mensimaslikka ham, mahalliy organlarni, mehnat jamoalarini manfaatlariga qarama-qarshi qo‘yishga ham toqat qila olmaydi. Demokratik qoidani amalga oshirilishi tashabbus va izlanishning jamiyat qonunlari va normalariga bekami-ko‘st rioya etishga asoslangan juda ham mustahkam intizomlilik, namunali uyushqoqlik bilan uzviy birligini taqozo etadi. Intizomsiz demokratiya, ayrim xodimlarning hisobot bermaydigan "cheksiz qollegialchiligi" muqarrar ravishda tartibsizlik va boshboshdoqlikni keltirib chiqaradi. Shablonlashtirish kam, yuqoridan turib bir xil andoza bichib berish ham, demokratiyaga butunlay yot narsadir. Bizningcha demokratik qoidaning muhimligini uqtirish bilan birga, uning harakteri yakka boshchililikni qollegiallik bilan qo‘shib olib borishda namoyon bo‘lishini alohida ta’kidlash lozim. Gap shundaki, maktab amaliyotda pedagogik mehnatni ilmiy tashkil qilish muammosi ko‘pincha darsda vaqtdan unumli foydalanishdan, sinfdan tashqari tadbirlardan va o‘qituvchi-tarbiyachilarning ijtimoiy topshiriqlarini tartibga solishdan iborat deb qaraladi. Bular, shubxasiz, muhim, albatta. Lekin pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etish mazmuni ancha keng bo‘lib, unga, avvalo, xodimlarning malakasi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qo‘llanilayotgan metodlar tizimini uzluksiz takomillashtirish va ta’lim-tarbiya jarayoniga texnika vositalarini joriy etish masalalari kiradi.
Unda pedagogik ish rejimini, maktabning kunlar, haftalar, oylar va choraklar bo‘yicha ish tartibini takomillashtirish, pedagoglar kengashi majlislari, ilmiy-uslubiy pedagogik harakterdagi konferensiyalar, yig‘ilishlar, kengashlar kabi tadbirlarni o‘tkazish va bu ishni mohirona rejalashtirish hamda boshqarishni takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
2. Boshqarishning jamoatchilik va shaxsan mas’ullik qoidasi
Jamoa va jamoa maslahati to‘g‘ri rahbarlikning garovidir. Jamoa yo‘li bilan xo‘jalikni boshqarish va unga rahbarlik qilish, eng muhim qarorlarni birgalikda, maslahatlashib ishlab chiqish to‘g‘ri boshqaruvni tashkil qilishning muhim shartidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, umumiy ta’lim maktablarida barcha boshqarish masalalarini o‘zaro muhokama qilish va xal etish, maktabdagi har bir shaxsning muayyan, aniq va qat’iy belgilangan topshiriq hamda amaliy ishlarni bajarish uchun javobgar ekanligini qat’iy belgilash ishi bilan qo‘Shib olib borish, bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bu qoidani yakkaboshchilik bilan qo‘shib olib borish, nihoyatda muhim vazifalarni jamoa bo‘lib xal qilishni ta’minlaydi. Yakkaboshchilikni mustahkamlash xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarlik hissini oshiradi, rahbarlik qilishda qat’iy tartib bo‘lishini va mustahkam mehnat intizomini ta’minlaydi. Maktabning tajribasi Shu narsani yaqqol ko‘rsatmoqdaki: yakka boshchilik jamoa bo‘lib rahbarlik bilan birga qo‘shib olib borilgandagina o‘quvchilarimizga fan asoslaridan chuqur bilim berish va ularni o‘zbek milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdek qiyin hamda sharafli ishda yaxshi natijalarga erisha olamiz.
3. Boshqarishda ijroni tekshirish qoidasi
Ijroni tekshirishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad (tekshirishning asosiy vazifasi)- belgilangan ish rejasi va tadbirlarni amalga oshirishni barbot etish extimolining oldini olishdan, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishdan, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlashdan, ishni amaliy tashkil qilishdan iboratdir. Ijroni tekshirish yuqori tashkilotlar ko‘rsatmalarining va o‘z hujjatlarining qat’iy va so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydi. Bu esa, u yoki bu qarorga zarur tuzatishlar kiritish, bundan buyongi vazifalarni aniqlash, maqsadga erishishning Shakli va yangi metodlarini belgilash imkonini beradi.
To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ijroni tekshirish-xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, xususan, xalq ta’limi tizimini maktab sohasidagi barcha vazifalarni muvaffaqiyatli xal qilishning zarur shartidir. Qaror bilan ijroning birligi, to‘g‘ri rahbarlik uslubining negizini tashkil etadi. Ishning ko‘zini bilib tashkil etilgan ijroni tekshirish ana Shunday birlikni Shubxasiz ta’minlaydi. U xodimlarda, o‘qituvchi va tarbiyachilarda o‘ziga hamda boshqalarga nisbatan yuksak talabchanlik va prinsipiollikni tarbiyalaydi, topshirilgan ish uchun ma’suliyat hissini kuchaytiradi, intizomni mustahkamlaydi. Kishilarda qiyinchiliklarni engishda, sabot matonat, tashabbuskorlikni, muvaffaqiyatga erishish uchun uzluksiz sobit qadamlik bilan ishlashga intilish hislarini tarbiyalaydi.
4. Boshqarishning rejalik qoidasi
Maktab ichidagi boshqaruv apparati faoliyatida muayyan tizimning bo‘lishi muhimdir. Buning ma’nosi avvalo shundan iboratki, bu ish tasodifiy bir-biriga aloqasi bo‘lmagan tadbirlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, balki konkret sharoitni, vaziyatning hususiyatlarini hamda butun pedagoglar jamoasi oldidida, shuningdek, uning ayrim zvenolari oldida turgan vazifalarning hususiyatini qat’iy sur’atda tartibga solingan, bir-biri bilan bog‘langan va chuqur o‘ylab ko‘rilgan tadbirlar yig‘indisidan iborat bo‘lishi kerak. Boshqarishning rejalilik qoidasi, xalq ta’limiga, jumladan, maktabga rahbarlik qilish va uni boshqarish sohasidagi rejalarni xukumatimizning maorif sohasidagi siyosatini va hisobga olgan holda tuzilishi lozim. Rivojlantirishda ishning mohiyatini bilish, maqsadni maxorat bilan hal etishning asosiy bo‘g‘ini bo‘lishi lozim. Shuningdek, xalq ta’limi organlarining, jumladan, maktabning ham rejasini aniq tadbirlar mavzusi asosida maqsadga qaratilganlik, aniq, muntazam va izchil ish olib borish kabi hususiyatlarga ega bo‘lishi, shuningdek, unda u yoki bu tadbirni bajarish uchun javobgar shaxslarni aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
5. Boshqarishning samaradorlik va tejamkorlik qoidasi.
Mazkur qoida asosida boshqarish va rahbarlikning asosiy maqsadi hamda vazifasi xom-ashyo materiallari, mashina va stanoklar, qattiq va yumshoq inventarlar, o‘qituvchilar, texnik xodim va ishchilar, moliya resurslari hamda vaqt byudjetidan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni ta’min etishdan iboratdir. Vaqtni tejash qonunining mohiyati jamiyatdagi o‘sib borayotgan ijtimoiy talablarni qondirish uchun ketadigan sarfni kamayib borishida va butun jamiyat va butun uning har bir a’zosining har tomonlama taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan bush vaqtni ortib borishida ko‘rinadi. Vaqtni tejash va mehnat unumdorligini oshirish bobidagi mazkur qoida to‘liq ma’noda maktabning ichki boshqaruv sistemasiga ham taalluqlidir. Maktab rahbarlari o‘zlarining boshqarish ish sistemalarida o‘qituvchi, tarbiyachi va o‘quvchilarning vaqtini tejash masalasiga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim. Shuning uchun ham maktab ichki boshqaruvini tashkil qilish va uni amalga oshirishda mazkur masalaga e’tiborni kuchaytirishning pedagogik ahamiyati juda ham kattadir.