Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə200/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

2. Boshlang’ich maktabda esa bolalar 6 yoshdan 14 yoshgacha ta’lim oladilar. Bu bosqichdagi maktab quyidagi maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi; a) har bir turk farzandiga yaxshi inson bo’lib kamol topish, bilimli bo’lish, uni milliy iftixor ruhida tarbiyalash va fikrlashga o’rgatish; b) har bir turk farzandiga qiziqish, qobiliyati va iste’dodlariga ko’ra ta’lim berish, ularni hayotga, o’qishning keyingi bosqichlariga puxta tayyorlashdan iborat.
Boshlang’ich ta’lim muassasalari maktabgacha tarbiya bosqichidan so’ng ikki qismga: 5 yillik boshlang’ich va 3 yillik o’rta maktablar bosqichiga bo’linadi. Har ikki bosqich maktabini bitirganlik haqida o’quvchilarga attestat beriladi. Bu ikki bosqich maktab Sharoitiga qarab bir maktab bazasida yoki alohida-alohida ikki maktab tarkibida tashkil qilinishi mumkin.
Aholi siyrak va tarqoq qishloqlarda maktab markaziy qishloqlardan birida ochiladi, guruhlashtirish imkoniyati bo’lmagan tumanlarda esa bu ta’lim bosqichi internatlar tipidagi o’quv muassasalari Shaklida amalga oshiriladi.
3. O’rta ta’lim boshlang’ich ta’limga tayanib, kamida uch yillik ta’lim beruvchi umumiy, kasbiy va texnik ta’lim muassasalarini o’z ichiga oladi. Uning asosiy maqsadi barcha o’quvchilarga umumiy o’rta ta’lim va Shunga muvofiq umumiy madaniyat, inson va jamiyat muammolarini o’rgatish, ularni oliy ta’lim bosqichiga, hayotga, kasb-kor sohalariga tayyorlashdir. Bu maqsadlar o’rta umumiy ta’lim, turli dasturlarda kasb-kor o’rgatuvchi texnikqurilish qishloq xo’jaligi yo’nalishlaridagi litseylarda amalga oshiriladi. O’quvning har bir bosqichi bo’yicha alohida-alohida dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilardir:
– ta’limning Oliy bosqichiga tayyorlash dasturi;
– kasbga va oliy ta’limga taysrlash dasturi;
– hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash dasturi va hokazolar.


Litseylar o’z turlariga va jumhuriyat ehtiyojiga ko’ra quyidagicha ixtisoslashtirilganlar:
– umumiy litseylar – o’quvchilarni oliy ta’limga tayyorlaydi, o’qish 3 yil;
– fan lideylari – alohida fanlardan iqtidorli va ijodkor o’quvchilar bilimini va qobiliyatini takomillashtiradi, o’qish 5 yil;
– kichik litseylar – kunduzgi litssylarda o’qish imkoniyati bo’lmaganlar uchun, o’qish 4 yil;
– kasb-hunar litseylari – o’quvchilarga o’z qiziqishlari bo’yicha turli kasb-hunar o’rgatadi, o’qish muddati 3 yil;
– nafis san’at litseyi – ona tili va adabiyoti, rasm, musiqa kabi bo’limlarga ega;
– o’qituvchilar litseylari – boshlang’ich ta’lim bo’yicha o’qituvchilar tayyorlaydi. O’qish muddati 1 yil tayyorlov kursini hisobga olganda 4 yil;
– tijorat va turizm ta’limi litseylari – maishiy xizmat ko’rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish Shahobchalariga va boshqa sohalarga mutaxassislar tayyorlab beradi;
– diniy ta’lim maktablari — imom-xatib hamda din darsini o’tuvchi o’qituvchilar tayyorlaydi;
– maxsus ta’lim maktablari – ular korrektsion maktablar bo’lib, jismoniy-aqliy jihatdan nuqsoni bor bolalar uchun mo’ljallangan;
– texnik litseylar — o’quvchilarga umumiy fanlar bilan bir qatorda industrial kasbhunar ta’limini beradi.
Bundan tashqari Turkiyada qizlar kasb litseyi, qizlar texnik litseyi, qizlar san’at o’rta maktablari, qizlar, o’g’il bolalar xususiy maktablari mavjud.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin