Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə201/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

4. Oliy ta’lim – mamlakatda oliy malakali turli kasb mutaxassisliklarini, ilmiytadqiqot ishlari olib borishga qodir kishilarni etishtirib boradi. Turkiyada bunday mutaxassisliklar bo’yicha hozir 235 universitetlar va oliy texnologik institutlar ishlab turibdi. Bu universitetlardan 2 tasi diniy mahkamalar tasarrufidadir. Mamlakatdan tashqarida yashovchi turk millatiga mansub kishilarning (ular 2,5 mln. Dan ortiq) ta’lim-tarbiyasiga ham katta ahamiyat beriladi. Hozir Shunday toifadagi kishilarni o’qitish uchun Turkiya hukumati tomonidan 1,236 ta o’qituvchi ajratilgan. Ularning barchasiga davlat tomonidan haq to’lanadi.
Turkiya hukumati “Milliy maorifining asosiy Qonuni”da maktab ta’limi bilan bir qatorda maktabdan tashqari ta’limga ham katta e’tibor berilgan.
Maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan asosiy talab katta yoshdagilarni o’qish va yozishga o’rgatish; ularga umumiy va kasb-kor bilimlarini berish; savodxonlikdagi nuqsonlarni bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi, Shuningdek, bunday muassasalar fuqarolarga, birinchi galda yoshlarga ijtimoiy hastning ilmiy, tsxnologik, iqtisodiy, madaniy hayotga to’la moslashish uchun Shart-Sharoitlar yaratib beradi. Shuningdek, mtmlar turli sohalarda mehnat qilayotgan kishilarning ishdan ajralmagan holda kasb malakalarini oshirishga imkoniyat tug’diradi. Turkiya Rsspublikasida maktabdan tashqari ta’lim ikki manba orqali beriladi. Ulardan biri maktab bo’lsa, ikkinchisi ustoz-Shogirdlik yo’nalishidir.
Ularning sohalar bo’yicha dasturlari quyidagilar:
1. Umumiy ta’lim dasturlari;
2. Kasb-hunar, texnik ta’lim dasturlari;
3. Shogirdlik va ustalik ta’limi dasturlari;
4. Ochiq ta’lim dasturlari va hokazolar.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarkibiga bulardan tashqari amaliy san’at maktablari, qizlar amaliy san’at maktablari, etuklik institutlari va etuklik texnik ta’lim markazlari ham kiritilgan. Shuningdek, keyingi yillarda o’quvchilar va talabalarning bo’sh vaqtlarini ko’ngilli va sermazmun o’tkazishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu maqsadda til o’rgatish markazlari musiqa, xalq o’yinlari, foto, teatr studiyalari, Shaxmat-shashka klublari, turli sayohatlar uyushtirish, lagerda dam olishni tashkil qilish, hamshiralik, rassomchilik to’garaklari yo’lga qo’yilayotir, ular orqali turli tanlovlar o’tkazish amalga oshirilmoqda.
Talabalar va o’quvchilar uchun sportning turli sohalari bo’yicha sektsiyalar tashkil etilgan, ularda sportning ommaviy turlari bo’yicha turnirlar, musobaqalar tashkil etilmoqda. Qizlar uchun esa qo’lda to’qish, bichish-tikish, pazandalik yo’nalishlaridagi to’garaklar mavjud. Ular tomonndan to’qilgan, tikilgan va tayyorlangan mahsulotlar har yili anqaradagi katta ko’rgazmada namoyish etiladi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin