Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə204/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

II bosqichda:
1. O’qilgan mazmunini elementar bayon qilib bera olish;
2. Kitob mavzuida ishtirok etgan Shaxslarni aniqlash, nomini bilish, tasvirlab berish;
3. Sintetik tahlil qila bilish (urg’u, tinish belgilari).


III bosqichda:
1. Ifodali, tez va aniq, ovoz chiqarib hamda o’zicha o’qish, o’qish qoidalarini to’la shakllantirish, savollarga og’zaki va yozma ravishda javob qaytarish, mavzuli rasmlarni izohlab berish;
2. Matndagi noaniq so’zlarii aniqlash va uni tez tarjima qilishni bilish;
3. Sinf kutubxonasini tashkil etishda ishtirok etish;
4. Bayon qilingan axborotni tinglash va to’gri qabul qilish;
5. So’zlarni og’zaki va yozma fonetik tahlil qilib berish;
6. Kitobdan va lugatli adabiyotlardan mustaqil ishlash jarayonida to’la foydalana olish;
7. Soddalashtirilgan matnlar bilan ishlashni bilish.


Yozuv. Yozuvga qo’yilgan talab uch saviyada belgilanadi; yozuv texnikasini o’rganish, yozuvda qalam, ruchka, bo’rda ishlashni bilish, chiziqlarga to’la rioya qilish, yozma va bosma harflarni farqlash, xatolar ustida ishlash malakasini egallash lozim. Yozuv bo’yicha o’quvchi III bosqichda inshosi Shakllangan, tasviri mazmunli, yozuv texnikasini mukammal o’zlashtirgan, ifodada aniq izchillikka ega bo’lmogi darkor.

Oliy ta’lim. Frantsuz yoshlari, Frantsiyaga bilim olish uchun kelgan chet el fuqarolari quyidagi bilim maskanlarida oliy ma’lumot oladilar:
1. Universitetlar;
2. Oliy texnologiya maktablari;
3. Oliy muhandislik maktablari;
4. Oliy arxitektura maktablari;
5. Oliy tijorat maktablari;
6. Siyosiy fanlar oliy maktabi;
7. Oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari;
8. Oliy tibbiyot o’quv muassasalari;
9. Oliy badiiy maktablar;
10. Uzluksiz ta’lim (malaka oshirish oliygohlari va hokazolar).
Oliy ta’lim beruvchi universitetlar o’z talabalariga uch tsiklda bilim beradilar. Birinchi tsikl umumiy yoki biror texnik yoki ilmiy sohada oliy ma’lumot olish bilan yakunlanib, o’qish ikki yil davom etadi. Ikkinchi tsiklda o’qish bir yil davom etadi. Talabalar unigetriz, magistr darajalari bilan yakunlaydilar. Uchinchi tsiklda o’qish birikki yil davom etadi. Bu tsiklda:
- biron-bir predmetni chuqurlashtirib o’rganilganligi haqida diplom (bir yil);
- ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to’g’risida diplom (bir yil);
- uchinchi tsikl doktorlik dissertatsiyasi (bir, ikki yil);
- davlat doktorlik dissertatsiyasi – biron-bir sohani mukammal o’rganib, dissertatsiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Frantsiyada oliy professional ta’lim berish keyingi 20 yil davomida qaror topdi. Bu – qisqartirilgan maxsus ta’lim bo’lib, unda o’qish ikki yil davom etadi. O’quv univsrsitetlar yoki texnik litseylarda amalga oshiriladi. Uning bitiruvchilari ishlab chiqarish sohasida, xizmat ko’rsatish sohasida va boshqa sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydilar. Frantsiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslash-tirilgan. O’qish muddati 2 yil bo’lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. O’qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko’zda tutilgan.
Frantsiyada mingdan ortiq ana Shunday institutlar faoliyat ko’rsatib, ular qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydilar. Bunday institutlarga kirish imtihonsiz amalga oshiriladi. Uning bitiruvchilari ishlab chiqarish sohasida, xizmat ko’rsatish sohasida va boshqa sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydilar.
Frantsiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslash-tirilgan. O’qish muddati 2 yil bo’lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. O’qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko’zda tutilgan. Frantsiyada mingdai ortiq ana Shunday institutlar faoliyat ko’rsatib, ular qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydilar.Bunday institutlarga kirish imtihonsiz amalga oshiriladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin