Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Janubiy Koreyada ta’lim tizimlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə212/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

31.10. Janubiy Koreyada ta’lim tizimlari
Janubiy Koreyada “Ta’lim haqida” gi Qonun 1948 yilda qabul qilingan. Ta’lim tizimiga asos qilib an’anaviy g’arb modeli olingan: 6 yil-quyi maktab, 3 yil – o’rta, yana 3 yil – oliy maktab; so’ngra to’rt yillik kollej va bakalavr unvoni beriladi; tanlangan fan yana 2 yil chuqur o’rganilgandan so’ng magistr unvonini olish mumkin. Fan doktori bo’lish uchun yana 3 yil vaqt sarflash lozim.
Mamlakatda oliy o’quv yurtlarining ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Koreyada 104 ta oliy o’quv yurti bor, ularning 80 foizi xususiydir. Hozir mamlakatda oliy o’quv yurtlarida o’qishga qiziqish juda kuchayib ketgan. Har yili maktablarni bitiruvchilarning 40 foizi o’qishga kiradi. Talabalar soni bo’yicha Koreya dunyoda birinchi o’rinda turadi. Lekin, maktabgacha ta’lim bo’yicha oliy ta’lim muassasalari ishida muammolar bor. Talab ehtiyojni qondiria olmayapti. Shuningdek uchun 1982 yilda maktabgacha tarbiya haqida qonun qabul qilindi. Bu erda tarbiyaga bolalar bog’chasida asos solishini yaxshi tushunishadi. Shu tufayli bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Bunda diniy tashkilotlarning hissasi kattadir.
Boshlang’ich maktab masalasiga kelganda (bu maktabga olti yoshlilar kelishadi) sinflarning tig’izligini kuzatish mumkin. Har sinfda 50 nafargacha bola o’qiydi. Dars yuklamalari ham ko’proq. Lekin, o’yinlar dam olish o’quv dasturiga kiritilgan. Shuning uchun dam olishga imkoniyat bor. Boshlang’ich maktabda dars 40 minut davom etadi. O’rta maktabda esa darslar 45 minut.
Oliy maktada darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu erda ikki muxim jihatga to’xtalib o’tish zarur. Oliy maktabga albatta, kirish imtihonlari topshirib kiriladi, o’qishlar pullik.
Boshlang’ich maktabda 9 ta fan o’qitiladi. Koreys tilini o’rganishga alohida e’tibor beriladi. Bundan tashqari arifmetika, ayrim ijtimoiy fanlar ham o’qitiladi.
O’rta maktabda fanlar yana 4 taga ko’paytirilgan. 7-sinfdan boshlab chet tillar o’rgatiladi. Mamlakatda ingliz tiliga e’tibor kuchli. Ko’pchilik bu tilda bemalol gaplasha oladi. Chet tillarni o’qitishga haftasiga 4-5 soat ajratilgan. Koreyslar yana bir tilni-klassik xitoy tilini majburiy ravishda o’rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixi o’rganiladi. Hunar maktablari Koreyada 600 tani tashkil etadi. Bu maktablarning 45 foizi bo’lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari etishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo’jalik ixtisoslari tayyorlanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Ta’lim haqidagi qonun talabalaridan biri Shudir.
Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor kuchli. So’nggi yillarda sport va ilmiy maktablari ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi kata ta’sir ko’rsatdi. Koreyada nogironlarga harakatlanuvchi aravachalar yordamida er osti liftlari mavjud. Maxsus jihozlangan past qilib qurilgan telefon – avtomatlardan nogironlar bemalol foydalanadilar. Shuningdek, rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning aksariyati xususiy yoki diniy tashkilotlarning xayriya mablag’lari hisobiga qurilgan. Davlat maktablarida dinshunoslik o’qitilmaydi. Lekin 3-sinfdan boshlab “Odobnoma” kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12-sinfgacha o’qitilib, haftasiga 2 soat vaqt ajratilgan. Bu fan o’z ichiga dinshunoslik asoslarini ham qamrab olgan bo’lib, qadriyat sifatida o’qitiladi. Ehromlarga sayyohat qilib borish, tarixiy yodgorliklar bilan tanishish, ma’naviyat tarixini o’rganish maktab fanining majburiy davomi hisoblanadi.
Maktablar uchun o’qituvchi kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor beriladi. Koreyadagi barcha talabalarning 6,5 foizi bo’lajak pedagoglardir. Mamlakatda 11 ta o’qituvchilar tayyorlaydigan kollejlar mavjud. Har bir provintsiya o’z kollejiga ega. Boshlang’ich sinflar o’qituvchisi bo’lish uchun 2 yil o’qish kerak. Fan o’qituvchilari birmuncha ko’proq o’qiydi. Koreyada o’qituvchining ish haqi 700 dollarga teng. Agar bunga pedagogika oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishdagi yuqori tanlovni ham qo’shadigan bo’lsak, bu mamlakatda o’qituvchi kasbining e’zozlanishi sabablari ayon bo’ladi.
Janubiy Koreyada ta’lim sohasiga e’tiborning naqadar kattalagini quyidagi misoldan ham ko’rsak bo’ladi: Soliqlar tizimida ta’limiy soliq joriy qilingan: ishlab chiqaruvchilar foydaning ma’lum foizini ta’lim sohasiga o’tkazadi. Davlat byudjetining 24 foizi ta’limga sarflanadi. Mamlakat prezidenti (u xalq ta’limi davlat kengashini boshqaradi) Shaxsan provintsiyalar ta’lim boshqarmalari (bizdagi xalq ta’limi boshqarmalari kabi) boshliqlarini tayinlaydi. Bu ham ushbu mamlakatda ta’lim tizimiga qanchalar zo’r ahamiyat berilishini ko’rsatib turibdi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin