Boshlang’ich ta’lim Boshlang’ich maktab 4-12 yoshli bolalarga mo’ljallangan. Bolalar 4-5 yoshlarida maktabga keladilar. Boshlang’ich sinflarda o’qish haftasiga 5 kun. Bolalar 8 dan 15 gacha maqtabda bo’ladilar. Mashg’ulotlar o’yin Shaklida amalga oshiriladi, dars soatlari chegaralangan emas. Golland maktablarida 15, 20, 30, 40 minutlik darslari o’tiladi. Soat 12 dan 13.30 gacha tushlik tanaffus. Bu paytda bolalar uylarida ovqatlanib keladilar. O’qituvchilar uchun tushlikda 45 minut tanaffus beriladi. Mashg’ulotlar aksariyat potok bo’yicha amalga oshiriladi.
Bu mamlakatda 4 yoshdan kichik bolalar uchun o’quv-tarbiya muassasalari yo’q. Bolalar yaslilari ham bor, lekin ular ta’lim vazirligi tasarrufida emas. Boshlang’ich maktabning dastlabki ikki yili o’quv o’yin rejasida bolalarni o’qishga, yozishga, hisoblashga, rasm solishga, qo’l mehnatiga o’rgatish ko’zda tutilgan. O’quvning keyingi 6 yillik bosqichida bolalarga niderlaid tili, matematika, yozuv, tarix, gsografiya, fizika, jamiyatshunoslik fanlaridan dars o’tiladi. Maxsus maktablarda ilohiyot darslari o’qitiladi. Boshlang’ich maktab o’quvining so’nggi bosqichida bolalarga ingliz tilidan dars beriladi. Boshlang’ich sinfni bitirganlik haqida o’quvchilarga maxsus hujjat berilmaydi.
Bolaning boshlang’ich maktabdagi bilimi, aqliy va jismoniy rivojlanishiga qarab ota-onalar o’rta maktabni tanlaydilar.
O’rta ta’lim.Niderlandiya maktablarida o’rta ta’lim:
— umumiy o’rta ta’lim;
— umumiy ilmiy o’rta ta’lim;
— hunar-texnika ta’limi va hokazolardan tashkil topgan.
O’z navbatida umumiy o’rta ta’lim o’qish muddati 4 yil bo’lgan o’rta va o’quv muddati 5 yil hisoblangan oliy bosqichga bo’linadi. Tayyorlov bosqichi hisoblangan ilmiy o’rta ta’lim ham ikki ko’rinishga ega: gimnaziya va atensum deb ataladigan tipga bo’linadi. Har ikki ko’rinishda ham o’qish muddati 6 yil. Tayyorlov ilmiy o’rta ta’lim oliy ilmiy o’quv yurtlariga kiruvchilarni etishtirib chiqaradi. Hunar-texnika (ularda hunar-texnika) ta’limi quyi hunar-texnika ta’limi, o’rta va oliy hunar-texnika ta’limidan iborat uch bosqichdan iborat. O’quvchilar o’quv yurtlariga kirish uchun topshiradigan sinovlari ularning qaysi bosqich o’quv yurtlariga kirish xohishi va albatta Shunga munosib bilim darajasiga qarab belgilanadi. O’rta ta’lim bosqichi o’quvchilarga o’rta hunar-texnika bilim yurtlariga, oliy tip o’rta maktablari esa oliy toifa hunar-tsxnika bilim yurtlari hamda tayyorlov ilmiy o’quv muassasalarining bitiruvchilariga universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtiga kirib o’qish imkoniyatlarini beradi.
Hunar-texnika ta’limi o’z kasb yo’nalishiga ko’ra quyida-gicha ko’rinishda:
— qishloq xo’jalik ishlari ta’limi;
— iqtisodiyot va ma’muriy ta’lim;
— texnik ta’lim;
— maishiy xizmat va tibbiyot ta’limi;
— ro’zg’or yuritish, xalq hunarmandchiligi ta’limi;
— savdo o’rta ta’limi;
— dengizchilik o’quv yurti va hokazo.
Niderlandiyada yoshlar 16 yoshga to’lgunga qadar o’qishga majbur. Shundan keyin olingan kasb yo’nalishlarini yanada takomillashtirish, yuqori malakaga ega bo’lish uchun o’qishlar yana ikki yil davom ettiriladi. Bunday holda o’quvchi haftaning bir yoki ikki kunida o’qishda bo’lsa qolgan kunlari ishda bo’ladi. Ta’lim standartlari deganda, gollandiyalik ta’lim mutaxassislari reja va dasturlarni tushunadilar.
Niderland maktablari faqat ta’lim bilan Shug’ullanadilar. Maktablarda oshxonalar va bufetlar yo’q. Maktablarda ovqatlantirish, qonunbuzarlikni oldini olish ishlari bilan asosan oila, jamoat tashkilotlari mashg’uldirlar. Maktablarda 60-70 foiz o’zlashtirishni normal holat deb hisoblaydilar. Qolganlari bo’sh yoki o’zlashtirmovchi o’quvchilardir. Bizning tushunchamizdek, «ikkichilar» Niderlandiyada yo’q.
Yangi maktab qurilishini loyihalashtirishga qo’yilgan asosiy talablar quyidagilar:
— sinfda har bir o’quvchi uchun 6-8 m joy bo’lishi;
— yorug’likning me’yorida bo’lishi;
— har bir o’quvchiga etarli maydoshshng mavjudligi (sinfda ham maktab hovlisida ham);
— individual e’tiborning bo’lishi va hokazo.
Maktablarda devor, tom, derazalar oynavand, yorug’ va bahavo qurilgan.