Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə213/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

31.11. Xitoy ta’lim tizimi
Xitoy ta’lim tizimining tarixi juda uzoqdir, uning ildizi qadimiy davrlarga borib taqaladi. Xitoyda dastlabki maktablar eramizdan ancha ilgari vujudga kelgan. Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi (eramizdan oldingi V-IV asrlarda yashagan) Kun Tszi (Konfutsiy) qator ilg’or pedagogik g’oyalarni olg’a surgan va xususiy o’qitishga asos solgan.
XXR tashkil topguncha boshlang’ich maktab 1946 yilda rivojlanishning eng yuqori darajasiga etgan. O’Sha paytda Xitoyda 290 mingdan ortiq maktablar mavjud bo’lib, ularda 23 million nafardan ziyod o’quvchilar ta’lim olgan. 1946 yilda boshlang’ich ta’limga bolalarning taxminan 20 foizi jalb qilingan. Shu bilan birga katta yoshli aholining 90 foizidan ko’prog’i savodsiz edi. 1949 yilda xalq inqilobi g’alaba qozonganidan keyin Xitoyda savodsizlikni tugatish va maktab ta’limini keng tus oldirish bo’yicha juda katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Xalq ta’limini isloh qilish to’g’risidagi (1951 yilgi) qarorda bolalar va o’smirlar uchun ham, kattalar uchun ham boshlang’ich hamda o’rta maktablarning keng tarmog’ini yaratish ko’zda tutilgan edi. Islohotga muvofiq o’qish muddati boshlang’ich maktabda 5 yil va o’rta maktabda 6 (3-3) yil qilib belgilandi. Lekin keyinchalik boshlang’ich maktab ham 6 yillik bo’ldi.
XXR tashkil topgan dastlabki yillarda mamlakatdagi maktablar tizimi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish rejalariga muvofiq jiddiy takomillashtirildi. Ammo 1958 yilda Mao Tsze – dun va uning guruhi “katta sakrash” yo’li bilan barcha sohalardagi, Shu jumladan, ta’lim borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atini sun’iy ravishda tezlashtirishga qaror qildi. Shundan so’ng moddiy Sharoitlar hisobga olinmay, ta’limning sur’atlarini jadallashtirish boshlandi, bu harakat ta’lim va tarbiyaning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Yangi tashkil qilingan minglarcha boshlang’ich maktablar tegishli binolarga, darsliklar va o’quv qo’llanmalariga, zarur asbob anjomlar va yaxshi tayyorlangan o’qituvchilarga ega emasdi. Maktab ta’limining inqirozi 1966 yilda nihoyatda kuchaydi. Mamlakatda uzoq vaqt davom etgan 1966 – 1976 yillardagi “madaniy inqilob” davrida Xitoy xalqining aqliy imkoniyatlarini ham zaiflashtirdi. Shunga ko’ra mamlakat rahbariyati ta’lim tizimini qayta tiklash va yanada takomillashtirish tadbirlarini qo’llashga kirishdi.
XKP mkning 1985 yil 27 mayda qabul qilingan “Ta’lim tizimini isloh qilish to’g’risida”gi qarori hozirgi bosqichda ta’limini rivojlantirishning muhim omili bo’ldi. Unda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarini qayta qurish va takomilllashtirish tadbirlari belgilandi. 1986 yil 12 aprelda Umumxitoy xalq vakillari majlisining sessiyasida Xitoy Xalq Respublikasining “Majburiy ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi va bu Qonun 1986 yil 1 iyuldan kuchga kirdi. Mana Shu Qonunga muvofiq majburiy ta’limning muddati boshlang’ich va to’liqsiz o’rta maktabda 9 yil, to’liq o’rta maktabda 3 yil qilib belgilandi. Hozir Xitoyda boshlang’ich maktablarning ikki turi mavjud bo’lib birinchi turida o’qish muddati 5 yil va ikkinchi turida 6 yil. Boshlang’ich va o’rta maktablardagi ta’lim hamma tushunadigan putun xua tilida olib boriladiki, u xitoy tilining pekin shevasiga asoslangan.
Xitoydagi balalarning bir qismi boshlang’ich maktabga kirishdan oldin bolalar bog’chalarida tayyorlanadi. Xitoyda so’nggi 20 yil mobaynida har qaysi oila bittadan bolaga ega bo’lishi siyosati yurgizilishi sababli o’quvchilarning soni ancha kamaydi. Boshlang’ich maktab o’quv rejasiga 9 ta predmet: axloqiy tarbiya, ona tili, arifmetika, “Jamiyat” (tarix, geografiya), tabiatshunoslik, jismoniy tarbiya, ashula va musiqa, badiy tarbiya, mehnat ta’limi kiritilgan. Mana Shu asosiy o’quv predmetlaridan tashqari, haftada 6-8 soat faoliyatning har xil turlariga: mustaqil tayyorlanishga, (1-2 soat), sinf majlislari o’tkazishga (1 soat), sport o’yinlariga (2-3 soat), qiziqishlar bo’yicha mashg’ulotlarga (2 soat) ajratiladi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin