Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Lotin Amerikasi mamlakatlarida ta’lim tizimi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə214/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

31.12. Lotin Amerikasi mamlakatlarida ta’lim tizimi
Lotin Amerikasi mamlakatlari 1961 yilda aqsh taklif etgan iqtisodiy yordam dasturini, ya’ni “Taraqqiyot yo’lidagi ittifoqi” dasturini qabul qilishga majbur bo’ldi. Unda xalq ta’limini rivojlantirishning o’n yillik rejasi ham ifodalangan, umuman, mazkur dasturda maktablar tarmog’ini kengaytirish, o’quv maskanlarini bartaraf etishning, butun jamiyatni zamonaviylashtirishning asosiy omili ekani qayd etilgan, ammo dasturda asosan xorijiy mustamlakachilar va mahalliy zodagonlarning maqsad hamda manfaatlari nazarda tutilgan bo’lib, ularning niyati avvalo xodimlarni etishtirish va taraqqiyparvar jamoatchilikning diqqat e’tiborini dolzarb siyosiy muammolardan chalg’itish edi. 60-70 yillarda Lotin Amerikasidagi barcha mamlakatlarda maorif organlarining faoliyati keskin kuchaydi. Hukumat maktab va universitetlar ishiga, ularni moliyaviy ta’minlashga jiddiy e’tibor berdi. Amerika davlatlararo organlari va BMT tashkilotlarining, avvalo yuneskoning harakatlari tufayli o’qituvchilar tayyorlash, shuningdek, maktab xodimlariga yangicha o’qitish usullarini o’rgatish keng tus oldi. 60- yillar oxiridan ko’pgina Lotin Amerikasi mamlakatlarida maktab va universitet ta’limi tizimi isloh qilina boshlandi. Islohotning asosiy g’oyasi o’quv maskanlarini ma’rifiy mazmundagi yoki mahalliy maqsadlarni ko’zlangan vazifalarni bajarishga, fan texnikani takomillashtirish negizida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat edi.
Ta’lim siyosatini ana Shu tariqa o’zlashtirishlarini Shimoliy Amerika o’quv markazlari asosida ta’limni zamonaviylashtirish deb baholash mumkin edi. Mazkur o’zlashtirishlar pedagogik jihatdan muayyan amaliy maqsadlarni ko’zlashga da’vat etdi. Yosh avlodni o’qitish sohasidagi mazkur o’zgarishlar ko’pchilikni ishonchini oqlamadi va umidini puchga chiqardi. Tub ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirmay, ta’lim sohasida ham muvaffaqiyatlarga erishib bo’lmasligi to’g’risidagi fikrlarni isbotladi.
60-70 yillarda ta’lim sohasini rejalashtirish asta-sekin yo’lga qo’yildi, o’quv yurtlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibga solindi. Maktab ishlarini markazlashtirish kuchaydi va bu hol o’quv dasturlarini tuzish, kadrlardan foydalanish, maktab binolarini kurish kabi ishlarni muvofiqlashtirish imkonini berdi. Mintaqadagi (Barbasdan boshqa) hamma mamlakatlarda bolalarni majburiy ravishda 14 yoshgacha (Peruda 16 yoshgacha) o’qitish joriy etildi. Boshlang’ich maktabdagi, ayrim mamlakatlarda, hatto o’rta maktabdagi o’qish ham bepul qilindi. Lekin bu qoida faqat davlat sektoriga qarashli maktablarga taalluqli edi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining ba’zilarida maktablarning azaliy tizimini o’zgartirish bo’yicha ham islohotlar o’tkazildi. Boshlang’ich maktablarni va o’rta maktablarning dastlabki bosqichlarini birlashtirgan maktab ta’limi bazaviy turkumi tuzildi. Chunki boshlang’ich maktabga asoslanib kelgan kasbkorlik maktablarining umumta’limiy saviyasini oshirish zarur edi. Dastlab 1965 yilda Chilida 8 yilga mo’ljallangan bazaviy turkum tashkil topgan bo’lib, 70-yillarda Boliviya va Braziliyada ham 8 yillik. Peru, Salvador va Venesuelada 9 yillik Argentinada 6 yillik, Yamayka va Kolumbiyada 5 yillik ana Shunday turkumlar joriy etildi. Peru, Panama va boshqa qator mamlakatlarda majburiy ta’lim faqat boshlang’ich maktablarga emas, balki butun bazaviy turkumga ham tatbiq qilindi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining ayrimlaridagi o’quv dasturlarining tor ixtisoslashuvi va muayyan amaliy yo’nalishiga ega bo’lishi yoshlarning umumta’limiy tayyorgarligi uchun zararli bo’lib, tayyorgarlik darajasi pasayishiga olibkeldi. Braziliya, Kolumbiya, Venesueladagi maktablar ixtisoslashtirilganining oqibati ana Shu fikrni yaqqol isbotlaydi. Mazkur islohot aholini ish bilan ta’minlashning, davlat korxonalari uchun kadrlar tayyorlashning ba’zi muhim milliy muammosini va boshqa ba’zi masalalarini hal etish imkonini bergan bo’lsada, qator salbiy natijalarga olib kelishi ham muqarrardir. Chunki ushbu ixtisoslashtirish bir tomonlama xarakterga ega bo’lib, maktab tizimining amerikachalashuviga, uning insonparvarligi buzilishiga sabab bo’ladi.
Mintaqadagi mazkur o’zgartirishlardan ko’zlangan asosiy maqsad ajnabiy manopoliyalar va mahalliy katta kompaniyalar korxonalarini erlik mehnat resurslari hisobidan malakali kadrlar bilan ta’minlash edi. Shunga ko’ra ta’limning isloh qilish dasturining bir tomonlama xarakteri tez orada yaqqol ayon bo’ldi. Shunga qaramay, mintaqada ta’limni isloh qilish, Shu jumladan, o’rta maktablarni ixtisoslashtirish milliy iqtisodiyotni kadrlar bilan ta’minlashda ma’lum darajada yordam berdi. Shuning uchun ham davlat boshlang’ich maktablar bilan bir qatorda o’rta va oliy o’quv yurtlarini ham mablag’ bilan ta’minlashni kuchaytirib bordi. Mintaqada xususiy o’quv yurtlari tarmog’i ham kengaydi. Ta’limning hamma bosqichlaridagi o’quvchilar kontingenti, ya’ni soni ancha ortdi. Lotin Amerikasi mintaqasi 1975 yilda bolalarni boshlang’ich ta’limga jalb etish bo’yicha dunyoda birinchi o’ringa chiqdi va qolgan hamma ko’rsatkichlar bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlardan ancha ilgarilab ketdi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin