Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə65/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish.

Tarbiyaning umumiy vazifalari:
  • Jamiyat a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;


  • Jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos etarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;


  • Madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;


  • Ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.





10.2. Tarbiya jarayoning o‘ziga xos xususiyatlari

Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  • maqsadga yo‘naltirilganligi;


  • ko‘p qirrali jarayon;


  • uzoq muddat davom etishi;


  • uzluksizligi;


  • yaxlitligi;


  • variativligi;


  • natijalarning oldindan aniqlanmasligi;


  • ikki tomonlamalilik.





10.3. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari

Tarbiya qonuniyatlaribu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar.
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:

  • ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog‘liqligi;


  • tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;


  • faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;


  • tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;


  • tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;


  • tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi (G.I. Щukina);


  • tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish (G.I. Щukina).





Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin