Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə87/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

XIV-BOB. FUQAROLIK TARBIYASI

14.1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari
Tarbiya ko’p qirrali jarayon ekan, bu jarayonda komil insonga xos barcha sifatlar shakllantirilishi, tarbiyaning barcha turlari berilishi lozim. Shaxsni shakllantirish va kamol toptirish jarayonida fuqarolik tarbiyasini berish tarbiyamizning muhim vazifalaridan biridir.
«Ta’lim to’g’riida»gi Qonunda ham yoshlarning fuqarolik tarbiyasiga e’tibor qaratilgan. Qonunning maqsadi fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tilgan. Qonunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga, 5-moddasi esa pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga bag’ishlangan. «Ta’lim to’g’riida»gi Qonunni va boshqa har qanday hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qonunlar, farmonlar, qarorlarni va ularga amal qilishni o’rganish o’quvchilarda fuqarolik yetukligini tarbiyalashda xizmat qiladi.
Milliy istiqlol mafkuramizning bosh maqsadidan qanday fuqaroni shakllantirish davr talabi ekanligini bilib olishimiz mumkin. «Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish mamlakatimizda yashaydigan millati, tili, ap dinidan qat’iy nazar har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir»7.
Fuqarolik tarbiyasining asosini esahuquqiy tarbiya tashkil qiladi desak xato bo’lmaydi. Xalqimiz ko’p asrlik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega.
O’zbekistonimiz mustaqil, demokratik, huquqiy davlat ekan, u insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab boradi. Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa shaxsning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirib bo’lmaydi.
O’quvchilarning ongiga yuksak fuqarolik, ma’naviy barkamollik sifatlarini singdirishda tarbiyaning barcha omil va vositalaridan pedagogik ishning barcha usullaridan odilona, maqsadga muvofiq foydalanish o’zining samarali natijalarini beradi. Jumladan, davlat ramzlari va ularning mohiyatini darslarda va sinfdan tashqari tadbirlarda o’quvchilarga o’rgatib borish o’quvchilarning huquqiy va axloqiy his-tuyg’ulariga, vatanparvarlik qarashlariga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
O’quvchilarda vatanparvarlik va baynalmilallik sifatlarini shakllantirish ham fuqarolik tarbiyasining muhim tarkiblaridan biridir. Vatanga muhabbat Shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, baynalmilallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida vatan boyliklarini ko’paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarda namoyon bo’ladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin