Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə36/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

6.4. Davlat ta’lim standartlari

Ta’limni standartlashtirish – insoniyatning ijtimoiy ongida ro’y bergan tub o’zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi qutbda sodir bo’layotgan voqyealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisdan aynan shu tarzda ro’y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqtda yashab turib, bir-birini tushunmaslik ba’zan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni boshi berk ko’chaga kiritib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy axvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo’lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish extiyoji paydo bo’ldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.



Standart - ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o’zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o’quvchini haddan tashqari zo’riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o’quvchi yoshiga mos, uni o’zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo’lishi kerak. Bunda albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xoxishi, extiyoji hisobga olinishi lozim. Ta’lim standartlarini o’zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o’quv jarayoniga tatbiq etishdan oldin o’ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o’tkaziladi va Shu asosda bosqichma-bosqich o’quv jarayoniga kiritib boriladi.

Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo’yayotgan ekan, o’sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo’lgan ijtimoiy sifatlarining minimal chegarasini ham ko’rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka yoxud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat-davlat ta’lim standarti hisoblanadi. Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o’sha ko’rsatkichlarni egallay olmagan bola, yoxud yoshlarda muayyan miqdordagi bilim, ko’nikma, malaka va ma’naviy sifatlarni Shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo’lmaydi.

Bundan ko’rinib turibdiki, davlat ta’lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta’lim muassasalarida ko’zlangan ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko’rsatkichlari qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko’rsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan o’quvchiga singdirilishi lozim bo’lgan sifatlarning jahon bo’yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin