belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;
dunyoqarashni shakllantirish;
aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;
bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish;
bilish faoliyatini shakllantirish;
doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’limiy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish;
ta’lim oluvchilarni bilish faoliyati metodlari bilan qurollantirish;
fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.
Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim.