Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə83/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Algoritmli fikrlash – aniq tushunchalar asosida hukm tarzida xulosa chiqarish.

Tanqidiy fikrlash – axborotlarni o‘zlashtirishdan boshlanadigan va xulosa chiqarish bilan tugallanadigan murakkab o‘ylash jarayonidir.

Mustaqil fikrlash – bu insonning muammoni, uni hal qilish yo‘llarini o‘zi ko‘ra olishi va unga mustaqil javob topa olish qobiliya-tidir.

XX asrning so‘ngi choragida psixologik va pedagogik adabiyotlarda ta’lim jarayonining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik yondashuv va tamoyillarni amalga oshirish ko‘plab ta’riflanganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, “aqliy rivojlanish” tushunchasi keng qo‘llaniladi, lekin qanday belgilariga ko‘ra inson aqli, uning aqliy rivojlanish darajasi haqida fikr yuritish mumkin degan savolga bir mazmunli javob berilmaydi. Barcha psixologlar aqliy rivojlanishda ta’lim asosiy, hal qiluvchilik rolini o‘ynashini e’tirof etadi. Bu insonning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. Ma’lumki, insonning psixik rivojlanishi u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy Shart-Sharoitlarda aniqlanadi. O‘z hayotining birinchi kunidanoq bola kattalar ta’siri ostida ijtimoiy tajribani o‘zlashtira boshlaydi. Bu tajribalarni o‘zlashtirish jarayonida bolaning aqliy rivojlanishi, uning insoniy qobiliyatlarining shakllanishi sodir bo‘ladi.


Olimlar orasidagi ba’zi xilma-xillik aqliy rivojlanishda bilimlarning roli qandayligi haqidagi masalani keltirib chiqaradi. Masalan, A.N. Leontev bilimlar bilan aqliy rivojlanish, xuddi Shunday rivojlanish o‘rtasida aniq teng ishorasini qo‘yadi. Uning fikricha, insoniyat tajribasini “o‘zlashtirish” butunlay bola yashayotgan va rivojlanayotgan ijtimoiy Sharoitlarda qo‘lga kiritilganligi bilan xarakterlanadi. Boshqa olimlar(E.N. Kabanov-Meller, V.A. Krutetskiy) bilimlarni ahamiyatini pasaytirmaydi, biroq uni mutlaqlashtirmaydi ham. Ular bilim aqliy rivojlanish Sharti sifatida aks etadi, lekin uning tuzilishiga kirmaydi, deb hisoblashadi. Bu mualliflarning fikricha, aqliy rivojlanish faqatgina bilimni o‘zinigina emas, insonning mazkur bilimni yangi Sharoitlarda qo‘lga kiritish, qo‘llay olish, uzatish imkoniyatidan kelib chiqadi.
Z.I. Kalmыkov quyidagi ta’rifni taklif etadi: aqliy rivojlanish – inson psixikasining individual o‘ziga xosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy Sharoitlar bilan bog‘liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik o‘zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. Amaliy bilimlar zahirasi aqliy rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri sifatida qaralishi kerak.
Amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda aqliy rivojlanishning tuzilishida ta’lim olganlik o‘z aksini topadi. Ta’lim olganlik – bu aql sifatini Shakllantiruvchi Shaxs intellektual xususiyatlarining tizimi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin