Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə81/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

13.2. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning

tarkibiy qismlari
Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi.
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi. Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun “fikrlash” va “aql kuchi” tushunchalariga to‘xtalish lozim bo‘ladi.
Amaliy tajribamimizda fikr so‘zini juda ko‘p uchratamiz. Oddiy qilib aytganda, ob’ektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘lgan tuyg‘u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shundaki, fikrimiz orqali biz ko‘zimiz bevosita ilg‘amayotgan, ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan, bo‘lgan taqdirda ham o‘sha narsaning ichki xususiyatiga aloqador bo‘lgan «sirli» jihatalarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz.6


Fikrlash esa, shaxs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevosita va umumlashgan holda aks ettrish bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, u aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig‘i fikrlash merosiy tushuncha, u barcha inchonlarga xos. Falsafiy, pedagogik, psixologiyk adabiyotlarda fikrlashning 20 dan ortiq turlari ajratib ko‘rsatiladi:
  • mantiqiy;


  • abstrakt(mavhum);


  • umumlashgan;


  • nazariy;


  • texnik;

  • reproduktiv;

  • ijodiy (produktiv);


  • tizimli;


  • kategorial;


  • induktiv;


  • deduktiv;


  • algoritmik;


  • tanqidiy;


  • mustaqil va boshqalar.





Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin