Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə82/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Mantiqiy fikrlash:
  • Bilimlarga mantiqiy ishlov berish usullarini egallash, ya’ni oldin o‘rganilgan va yangi bilimlar orasida umumlashgan aloqadorlikni o‘rnatish;


  • Tushunchalarga tavsif bera olish;


  • Muhokama, isbotlash, rad etish, xulosa chiqarish, faraz, bashorat qilish usullarini egallash bilan xarakterlanadi.




Umumlashgan fikrlash hodisalarni muayyan guruhlarida ko‘p uchraydigan harakat usullari yoki umumiy tamoyillarni topa olish bilan xarakterlanadi.

Nazariy fikrlash:
  • Yuqori darajada umumlashgan bilimlarni egallashga layoqatlilik;


  • U yoki bu sohadagi bilimlarning rivojlanish tamoyillari va ilmiy asoslarini tushunish bilan xarakterlanadi.




Texnik fikrlash texnika bilan ishlashga insonning psixologik tayyorgarligini, iщlab chiqarish jarayonlarining umumiy tamoyillari va ilmiy asoslarini tushunishni talab etadi.

Reproduktiv fikrlash ma’lum turdagi vazifalarni hal etish yoki aniq Sharoitlardagi harakatlarni bajarish uchun zlashtirilgan bilimlarni faollashtirish bilan bog‘liq.

Ijodiy fikrlash oldin unga tanish bo‘lmagan yangi vazifalarni insonning mustaqil hal etishi.

Tizimli fikrlash insonning fanlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olishi, umumiy, jamiyat va tabiat rivojlanish qonuniyatlarini bilishi asosida yuzaga keladi.

Kategorial fikrlash – tushunchalarni bir sinf va guruhlash asosida paydo bo‘ladi. Masalan, “it-ot-mushuk”, ularning qatorida yo‘lbarsni qo‘yish mumkin emas, chunki bu erda faqat uy hayvonlari birlashtirilyapti.

Induktiv fikrlash – xususiy fikrdan umumiy fikrni paydo bo‘lishi orqali yuzaga chiqadi. Faktlardan umumlashma hosil bo‘ladi.

Deduktiv fikrlash – umumiy fikrdan xususiy fikrlash asosida kelib chiqadi. Masalan, qoidadan misollarni keltirib chiqarish.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin