Ta'lim tizimidagi islohotlar munosabati bilan boshlang'ich ta'lim oldiga qo'yilgan
talablar ona tili o'qitishda pedagogik texnologiyaning rivojlantiruvchi, differensiatsiya,
shaxsni muayyan maqsadga yo'naltirish, izlanish, muammoli o'qitish, mustaqil ish usullaridan
foydalanishni taqozo etmoqda. Shuni hisobga olgan holda ona tili darslarini samarali tashkil
etishga yordam beradigan, o'quvchining faolligini oshiradigan mustaqil ish, yarim izlanishli
muammoli o'qitish, analiz, sintez, induksiya va deduksiya metodlaridan foydalandik. Mazkur
metodlarga mos metodik ish usullarini ishlab chiqdik. Darslarni aqliy hujum, mustaqil tahlil,
ta'limiy o'yin, turli ko'rinishdagi yozma ishlar, o'z bilimini mustaqil tekshirish kabi usullarda
uyushtirishga alohida e'tibor qaratildi.
Har bir darsning mazmuni va g'oyasidan kelib chiqqan holda dars maqsadi va
metodlarini belgiladik.
O'qish darslarida turli janrdagi asarlarni o'rganishda ham o'quvchilarning badiiy asarni
chuqur o'zlashtirishlarini, asarni tahlil qila olishlarini ta'minlashi kerakligini hisobga olgan
holda metod tanlashga c'tibor qaratildi. O'qish darslarida izohli o'qish, ijodiy o'qish, yarim
izlanishli, reproduktiv metodlardan foydalanish mumkin.
Izohli o'qish
boshlang'ich sinf o'quvchilarining yoshi va saviyasiga mos bo'lgan,
ularning asta-sekin o'sishini ta'minlaydigan metod ekanligi uzoq yillik tajribalarda sinaldi.
Izohli o'qish ongli, tushunib, o'ylab o'qishga o'rgatadi, u o'qilayotgan asar matni ustida
o'ylashga majbur qiladi, yozuvchi ifoda etayotgan voqea-hodisalarni his etishni, asar
mazmunini o'zlashtirishni ta'minlaydi. Izohli o'qishning tamoyillari, o'qishni hayot bilan
bog'lab tashkil etishni, o'qishning
ongli va ta'sirchan bo'lishi uchun o'quvchilarning hayot tajribasiga, taassurotlariga
asoslanishni, o'qishni ko'rgazmali tashkil etishni taqozo etadi. Izohli o'qish o'quvchiga bilim
berishdan tashqari ularni tarbiyalaydi, o'qish malakalarini takomillashtiradi. Izohli o'qish
darslarida o'qitilayotgan asar mazmunini yoritish, lug'at ustida ishlash, o'qilgan matnni qayta
hikoyalash asosiy ish usullaridan hisoblanadi. Izohli o'qish tarixiy mavzudagi asarlarni
o'rganishda, asardagi badiiy til vositalarining vazifalari va ma'nolarini ochishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: